Ibragimov Boburhsoh Boxodir o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soliq ma’muriyatchiligi uslubiyotini takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Iqt451.
Ilmiy rahbar: Isroilov Bohodir Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Toshmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Pulatov Dilshod Xaqberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
To‘raev Shavkat Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi soliq ma’muriyatchiligini tashkiliy-uslubiy mexanizmlarini takomillashtirish hamda soliq to‘lovchilar va soliq organlari o‘zaro hamkorlik darajasini oshirishga oid taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuridik shaxslar soliq qarzdorliklarini to‘lash muddatini o‘zgartirish uslubi soliq to‘lovchining faoliyat muddati o‘n yilgacha bo‘lgan holatda mol-mulk garovi bilan, o‘n yildan ortiq bo‘lgan holatda garov va kafilliksiz soliq to‘lash muddatini o‘zgartirish huquqini taqdim etish asosida takomillashtirilgan;
soliq monitoringi asosida soliq nazoratini amalga oshirish uslubiyoti daromad hajmidan qat’iy nazar o‘z xohishiga ko‘ra tegishli axborotlarni o‘z vaqtida va sifatli taqdim etib borayotgan soliq to‘lovchilar uchun qo‘llash tartibini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
foydalanilmayotgan obʼektlarni yuqori stavkalarda mol-mulk soligʼiga tortish tartibini bekor qilish hamda umumbelgilangan tartibda soliqqa tortishni joriy etish asosida mol-mulkdan samarali foydalanishni ragʼbatlantirish taklifi asoslangan;
soliq majburiyatlarini bajarish amaliyotini soliq hisobotlarini taqdim etish talablarini buzganlik uchun belgilanuvchi moliyaviy jazoni bekor qilish hamda soliq hisobotlarini tuzish majburiyatini soliq organlari zimmasiga o‘tkazish asosida takomillashtirish taklifi asoslangan;
tarmoq va sohalar kesimida yashirin iqtisodiyot darajasini bandlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha hisoblash uslubiyotini iqtisodiy faol aholining soliq huquqbuzarliklarini sodir etgan ulushini inobatga olgan holda aniqlash orqali takomillashtirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Soliq ma’muriyatchiligi uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tafliflar asosida:
yuridik shaxslar soliq qarzdorliklarini to‘lash muddatini o‘zgartirish uslubi soliq to‘lovchining faoliyat muddati 10 yilgacha bo‘lgan holatda mol-mulk garovi bilan, 10 yildan ortiq bo‘lgan holatda garov va kafilliksiz soliq to‘lash muddatini o‘zgartirish huquqini taqdim etish asosida takomillashtirish to‘g‘risidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 202l-yil 14-sentyabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 15-noyabrdagi 05-10/2340-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida, 2022-yilda 8973 ta soliq to‘lovchilarning 804,3 milliard so‘m miqdoridagi soliq qarzlari muddati  uzaytirilishiga erishilgan;
soliq monitoringi asosida soliq nazoratini amalga oshirish uslubiyoti daromad hajmidan qat’iy nazar o‘z xohishiga ko‘ra tegishli axborotlarni o‘z vaqtida va sifatli taqdim etib borayotgan soliq to‘lovchilar uchun qo‘llash tartibini joriy etish asosida takomillashtirish to‘g‘risidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 202l-yil 14-sentyabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 15-noyabrdagi 05-10/2340-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida yillik moliyaviy hisobot bo‘yicha daromad hajmi 10 milliard so‘mdan 5 milliard so‘mga kamaytirilishiga erishilgan;
foydalanilmayotgan obʼektlarni yuqori stavkalarda mol-mulk soligʼiga tortish tartibini bekor qilish hamda umumbelgilangan tartibda soliqqa tortishni joriy etish asosida mol-mulkdan samarali foydalanishni ragʼbatlantirish takomillashtirish to‘g‘risidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 202l-yil 14-sentyabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 15-noyabrdagi 05-10/2340-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida 1 foiz soliq to‘lovchilarga nisbatan moliyaviy jazo chorasi qo‘llanilmagan va 2022-yil 6-oyida soliq to‘lovchilarning 45,7 milliard so‘m miqdordagi aylanma mablag‘lari ko‘payishiga xizmat qilgan;
soliq majburiyatlarini bajarish amaliyotini soliq hisobotlarini taqdim etish talablarini buzganlik uchun belgilanuvchi moliyaviy jazoni bekor qilish hamda soliq hisobotlarini tuzish majburiyatini soliq organlari zimmasiga o‘tkazish asosida takomillashtirish to‘g‘risidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 202l-yil 14-sentyabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022- yil 15-noyabrdagi 05-10/2340-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida 18,5 ming soliq to‘lovchilarga hisoblangan 1,7 trillion so‘m soliqlarni hisoblash to‘xtatilgan va 20,5 ming soliq to‘lovchilarga nisbatan hisoblangan 1,8 trillion so‘mlik boqimanda qarzdorlik hisobdan chiqarilishiga erishilgan;
tarmoq va sohalar kesimida yashirin iqtisodiyot darajasini bandlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha hisoblash uslubiyotini iqtisodiy faol aholining soliq huquqbuzarliklarini sodir etgan ulushini inobatga olgan holda aniqlash orqali takomillashtirish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining “Kuzatilmaydigan iqtisodiyotni statistik baholash bo‘yicha uslubiy Nizom”da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022-yil 11-noyabrdagi 01/1-03-21-62-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida yashirin iqtisodiyot hajmini aniqlash uslubiyoti soddalashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish