Narkuziev Anvar Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Kishik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda infratuzilma faoliyatidan foydalanishni takomillashtirish”, 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2682
Ilmiy rahbari: Xajiev Baxtiyor Dushaboevich iqtisodiyot fanlari dotsenti.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor G‘ofurov Ubaydullo Vaxobovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Suyunov Dilmurod Xolmurodovich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda infratuzilmalardan foydalanishni oshirish, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish yuzasidan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari quyidagilardan iborat:
kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirish mexanizmi iqtisodiy siyosatning infratuzilmaviy chora-tadbirlari majmuini shakllantirishda “yumshoq infratuzilma” hamda “qattiq infratuzilma” ob’ektlarini parallel rivojlantirishga bog‘liqligini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati samaradorligiga “yumshoq” hamda “qattiq” infratuzilmalarning ta’sirini baholashda hududlarni infratuzilma rivojlanganlik darajasiga ko‘ra “past darajada rivojlangan” [0≤Iy/q≤0,35], “o‘rta darajada rivojlangan” [0,36≤Iy/q≤0,75], “yuqori darajada rivojlangan” [0,76≤Iy/q≤1,0] kabi mezon va chegara diapazonlari asosida toifalash taklifi ishlab chiqilgan;
hududdagi ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmadan foydalanishni takomillashtirishda uning tarkibidagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati uchun xususiyatli bo‘lgan ob’ektlarni bevosita va bilvosita hamda zanjirli ta’sir ko‘rsatishi darajasi jihatidan guruhlash, shunga ko‘ra infratuzilmani rivojlantirishga tabaqalashgan holda yondashish asoslangan;
O‘zbekistonda infratuzilma tizimi rivojlanishi ta’sirida kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatidagi o‘zgarishlarning eksponensial vaqtli qatorlar va o‘rtacha tortilgan harakatlanuvchi modellar yordamida 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda infratuzilma faoliyatidan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar asosida:
kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirish mexanizmi iqtisodiy siyosatning infratuzilmaviy chora-tadbirlari majmuini shakllantirishda “yumshoq infratuzilma” hamda “qattiq infratuzilma” ob’ektlarini parallel rivojlantirishga bog‘liqligini aniqlash asosida takomillashtirish taklifi 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2022 yil 21 oktyabrdagi 28-03-10/6-486 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi respublika hududlarida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini o‘zaro muvofiq holda rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati samaradorligiga “yumshoq” hamda “qattiq” infratuzilmalarning ta’sirini baholashda hududlarni infratuzilma rivojlanganlik darajasiga ko‘ra “past darajada rivojlangan” [0≤Iy/q≤0,35], “o‘rta darajada rivojlangan” [0,36≤Iy/q≤0,75], “yuqori darajada rivojlangan” [0,76≤Iy/q≤1,0] kabi mezon va chegara diapazonlari asosida toifalash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 dekabrdagi “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-287-son Farmonida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2022 yil 21 oktyabrdagi 28-03-10/6-486-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari hamda hisoblash usullarining haqqoniyligi va shaffofligini ta’minlovchi tuman va shaharlarni tegishli toifalarga ajratishning axborot tizimini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
hududdagi ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmadan foydalanishni takomillashtirishda uning tarkibidagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati uchun xususiyatli bo‘lgan ob’ektlarni bevosita va bilvosita hamda zanjirli ta’sir ko‘rsatishi darajasi jihatidan guruhlash, shunga ko‘ra infratuzilmani rivojlantirishga tabaqalashgan holda yondashish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini tashkil qilish va ularni muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-271-son Qarorining 2022-yilda maxsus iqtisodiy, kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investisiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tadbirlari yig‘ma parametrlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2022 yil 21 oktyabrdagi 28-03-10/6-486-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi maxsus iqtisodiy zonalar, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hamda kichik sanoat zonalarini qattiq infratuzilma tarkibiga kiruvchi ichimlik va oqova suv tarmoqlarini, avtomobil yo‘llarini, tabiiy gaz tarmoqlarini hamda irrigatsiya tarmog‘ini qurishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda infratuzilma tizimi rivojlanishi ta’sirida kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatidagi o‘zgarishlarning eksponensial vaqtli qatorlar va o‘rtacha tortilgan harakatlanuvchi modellar yordamida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasining 2022-2024-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi loyihasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2022 yil 21 oktyabrdagi 28-03-10/6-486-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning 2023-2024-yillar uchun maqsadli mo‘ljallarga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan.