Olimova Nargiz Gulamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Paxta tozalash korxonalarida chang tozalash uskunalarining samaradorligini oshirish usullarini tadqiq etish”, 05.09.03 – “Issiqlik ta’minoti. Ventilyasiya, kondisionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3771
Ilmiy rahbar: Boboev Sobirjon Muradullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.26/27.02.2020.T.109.01.
Rasmiy opponentlar: Xayriddinov Botir Egamberdievich – Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti kafedra professori, texnika fanlari doktori, (05.09.03).
Ismanxadjaeva Muxaya Rixsievna - Toshkent arxitektura-qurilish universiteti kafedra professor, texnika fanlari nomzodi (05.09.03).
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik qurilish instituti.
II.Tadqiqotning maqsadi: Paxta tozalash korxonalarida paxtani qayta ishlash jarayonida yuqori samarada ishlaydigan yangi chang tozalash uskunasining konstruktiv echimini ishlab chiqish hamda uning parametrlari va ish rejimlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
havoni changdan tozalashda chang-havo oqimida suv tomchisining kattaligi va changni tozalash kamerasining texnik xususiyatlarining tomchilar harakati va dinamikasining traektoriyasiga ta’sir kuchlari matematik model va eksperimental tadqiqotlar natijalari asosida aniqlangan;
namlantirish kamerasining konstruktiv o‘lchamlari va forsunkalar o‘rtasidagi bog‘liqliklar olingan, paxta changining xususiyatlari va miqdori gravimetrik (changni quritish va tortish) usuli yordamida aniqlangan.
chang tozalash samaradorligini oshirish maqsadida takomillashtirilgan chang tozalash uskunasidagi yirik chang zarrachalarni chuktirishga ichki quvur diametrini kengaytirish asosida erishilgan.
yirik dispers paxta tolalariga namlik ta’sir qilmaydigan va mayda dispers chang zarrachalarini tutib qoluvchi forsunkali jalyuzi o‘rnatib takomillashtirilgan uskuna yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxta changini tozalash uskunalarining samaradorligini oshirish usullarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Konstruktiv chang tozalash uskunasi Samarqand viloyati Pastarg‘om tumani Juma shahrida joylashgan “Samarqand Kamalak invest tekstil” MChJga qarashli paxta tozalash korxonasi ishlab chiqarish sexida sinab ko‘rilgan (“Samarqand Kamalak invest tekstil” MChJning 2023 yil “08” sentyabrdagi 22/08.09.03-son ma’lumotnomasi va dalolatnomasi), natijada atmosferaga chang chiqaruvchi manbada atmosferaga tashlanayotgan paxta changining miqdori yangi yaratilgan nam holda tutib qoluvchi chang tozalash uskunasi o‘rnatilgandan keyin chang tozalash jarayonigacha 1,49 g/s; 37,3 t/yil, tozalagandan keyin 0,042 g/s; 1,06 t/yil, yangi o‘rnatilgan uskunaning tozalash samaradorligini 97,2% ga etkazish imkonini bergan;
“Samarqand Kamalak invest tekstil” MChJga qarashli paxta tozalash korxonasi ishlab chiqarish sexiga atmosferga tashlanadigan paxta changlarini nam holda tutib qoluvchi konstruktiv uskuna o‘rnatilgan (Oʻzbekiston Respublikasi tabiat resurslari vazirligining 2023 yil “1” dekabrdagi 03-03/3-7654-son ma’lumotnomasi), natijada atmosferaga tashlanadigan paxta changining miqdori uskuna o‘rnatilgan manbada 3,98 t/yilga kamayish, paxta changini ushlab qolish samaradorligini 10,7% ga oshirish, korxona uchun 51,577 mln. So‘mlik iqtisodiy samara keltirish imkonini bergan (Samarqand viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bosh boshqarmasi 15.09.2022 y. № 01-2969 ma’lumotnomasi).