Yarashev Quvondiq Safarovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surxondaryo botig‘i paragenetik landshaft komplekslari va ularni geoekologik rayonlashtirish», 11.00.01–Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2017.3.PhD/G28.

Ilmiy rahbar: Abdulqosimov Ali, geografiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G.01.06.

Rasmiy opponentlar: Nigmatov Asqar Nigmatullaevich, geografiya fanlari doktori, professor; Boymirzaev Karimjon Mirzaaxmedovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davdat pedagogika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Surxondaryo botig‘ining geosistemalarini paragenetik prinsip asosida geoekologik rayonlarga ajratish va geoekologik vaziyatni optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Surxondaryo botig‘i landshaftlari paragenetik komplekslar ekanligi asoslangan va ularning o‘rta masshtabli kartalari yaratilgan;

viloyatning qishloq xo‘jalik va meliorativ kartasining asosi bo‘lgan  agrolandshaftlar (geokimyoviy) kadastri ishlab chiqilgan;

Surxondaryo botig‘i vujudga kelgan geoekologik vaziyatining (qoniqarli, mo‘’tadil, o‘rtacha, keskin) paragenetik landshaftlarini baholash asosida geoekologik rayonlarga ajratilgan;

landshaft komponentlarida akkumulyasiya bo‘layotgan kimyoviy birikmalar va texnogen chiqindilarning inson salomatligiga ta’siri paragenetik aloqadorlikda aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Surxondaryo botig‘i paragenetik landshaft komplekslari va ularni geoekologik rayonlashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

Surxondaryo botig‘i paragenetik landshaft komplekslarini shakllantiruvchi omillarga doir asoslangan ma’lumotlar viloyat er resurslaridan foydalanishda O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2018 yil 3 martdagi 02-02-1686-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyat tabiat komplekslari kartasini yaratish va botiq hududidagi er resurslaridan ilmiy asosda samarali foydalanish imkonini bergan;

paragenetik landshaft komplekslari strukturasiga doir dala-tadqiqot ma’lumotlari va yaratilgan kartalar viloyat qishloq xo‘jalik erlarini baholashda O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2018 yil 3 martdagi 02-02-1686-son ma’lumotnomasi). Natijada agrolandshaftlar kadastri ishlab chiqilgan, shuningdek viloyatni qishloq xo‘jalik va meliorativ kartalarini yaratish imkonini bergan;

Surxondaryo botig‘ida vujudga kelgan geoekologik vaziyatni baholash, geoekologik rayonlashtirish hamda geoekologik vaziyatlarni optimallashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 27 martdagi 0121/515-son ma’lumotnomasi). Natijada Surxondaryo viloyatining sanitar-gigienik holatini yanada aniqroq baholash imkonini bergan;

landshaft komponentlarida akkumulyasiya bo‘layotgan kimyoviy birikmalar va texnogen chiqindilarning inson salomatligiga ta’sirini aniqlashdagi natijalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 27 martdagi 0121/515-son ma’lumotnomasi). Natijada Surxondaryo viloyati sog‘liqni saqlash tizimini 2017-2021 yillarda rivojlantirish strategiyasini takomillashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish