Xamidova Nigora Karimboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalikning I-II davrida turli yurak nuqsonlari bo‘lgan bolalar antropometrik ko‘rsatkichlarining qiyosiy tavsiflari», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1628.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori., professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Hamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori; Balandina Irina Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi)
Yetakchi tashkilot: Vitebsk davlat tibbiyot universiteti  (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli xil yurak nuqsonlari bo‘lgan bolalikning I-II davridagi bolalarning antropometrik parametrlarining qiyosiy xususiyatlarini yurakning ul`tratovush parametrlari bilan taqqoslagan holda o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
3-12 yoshli yurak nuqsonlari bo‘lgan bolalarda bo‘y - vazn parametrlari (bo‘y, vazn, tana yuzasi maydoni va ko‘krak qafasi aylanasi) sog‘lom bolalar ma’lumotlariga nisbatan 1,02-1,09 baravarga ishonarli darajada kamayganligi aniqlangan;
sog‘lom bolalarga nisbatan yurak nuqsonlari bo‘lgan 10-12 yoshli o‘g‘il va qiz bolalarda aorta va uning qismlari diametrining ishonarli kattalashishi (aortaning diametri, aortaning ko‘tariluvchi va tushuvchi qismlari, aorta yoyining, qorin aortasi diametri) aniqlangan, 10-12 yoshli bolalarda aorta va uning qismlari diametrining oshishi jismoniy va aqliy faollikning oshishi, patologik jarayonning davomiyligi, har ikkala jinsdagi bolalarning jinsiy rivojlanishining boshlanishi sabab bo‘lishi isbotlangan;
yurak bo‘lmachasi va qorinchalari o‘lchamlari (chap bo‘lmacha, o‘ng qorincha, qorinchalararo to‘siq, chap qorincha orqa devori, yakuniy diastolik va sistolik o‘lchamlar) 3-6 yoshli sog‘lom tengdoshlar bilan solishtirganda o‘g‘il bolalarda 66,67-83,3% hollarda va 50% hollarda ishonarli darajada farq qilishi asoslangan;
9-12 yoshli yurak nuqsonlari bo‘lgan bolalarda yurakning funksional holati ko‘rsatkichlari (yakuniy diastolik va sistolik hajm, otilish fraksiyasi, zarb hajmi, yurak qisqarishlari chastotasi) sog‘lom bolalarnikidan ishonarli darajada farq qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 12 iyul №23-Z/89 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: 3-12 yoshli turli xildagi yurak nuksonlari mavjud bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalar antropometrik ko‘rsatkichlarining har bir yosh guruhlarida ishlab chiqilgan me’yoriy milliy standartlari ushbu mintaqadagi bolalarning o‘sishi va rivojlanishini qiyosiy baholashda foydalanish uchun tavsiya etildi hamda asoratlarning oldini olishga yordam berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy natijalar G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.06.2022; №17/2)xamda, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.06.2022; № 18) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 3-12 yoshli turli xildagi yurak nuksonlari mavjud bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalar bo‘y - vazn ko‘rsatkichlarining sog‘lom bolalarning ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy tahlili ma’lumotlari umumiy amaliyot shifokorlari, bolalar shifokori va bolalar kardiologlari uchun tashxislash, kuzatish, davo taktikasini tanlab uning samaradorligini oshirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 3-12 yoshli turli xildagi yurak nuksonlari mavjud bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalar bo‘y - vazn parametrlarini o‘rganish natijasida kasallikning erta tashxislanishi qo‘shimcha diagnostik usullarga sarflanuvchi xarajatlarni kamaytirdi va tekshirilgan 1 nafar bola uchun byujet mablag‘laridan 100000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: 3-12 yoshli turli xildagi yurak nuksonlari mavjud bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalar asosiy jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini aks ettiradigan antropometrik o‘zgarishlarni erta aniqlash har 1 nafar bola uchun sarflanadigan byujet mablag‘lardan 100000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Bolalikning I-II davrida turli yurak nuqsonlari bo‘lgan bolalar antropometrik parametrlarining qiyosiy tavsiflari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2022 yil 9 avgustdagi 04/3003-son xat yuborilgan.
ikknchi ilmiy yangilik: 3-12 yoshli turli xildagi yurak nuqsonlari bo‘lgan bolalarda aorta o‘lchamlarida bo‘ladigan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yuqori xavf yoshidagi bolalar orasida kasallikni tezroq aniqlash va uning og‘ir asoratlarining oldini olish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan natijalar Buxoro viloyat G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.06.2022; №17/2), Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.06.2022; № 18) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 3-12 yoshli turli xildagi yurak nuqsonlari bo‘lgan bolalarda aorta o‘lchamlarida bo‘ladigan o‘zgarishlarni aniqlash orqali maksimal o‘sish davrlarida kasallikning avj olib borishini oldini olish, profilaktik exokardiografik tekshiruvlarni olib borish rejasini ishlab chiqish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 3-12 yoshli tug‘ma va orttirilgan yurak nuqsonlari bo‘lgan bolalarda aortaning ul`tratovush o‘lchamlarida bo‘ladigan o‘zgarishlarni sog‘lom bolalar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash kasallikni dekompensatsiya bosqichiga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlarni 1000000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: 3-12 yoshli turli xildagi yurak nuqsonlari bo‘lgan bolalarda aorta o‘lchamlarida bo‘ladigan o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlar yordamida tibbiyot muassasalarining birlamchi bo‘g‘inlarida kasallikning engil darajalarini ham aniqlash, xavf yoshlarida qat’iy dispanser nazorati va ko‘rikni amalga oshirish orqali har 1 nafar bemor bola hisobiga byudjet mablag‘larini 1000000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Bolalikning I-II davrida turli yurak nuqsonlari bo‘lgan bolalar antropometrik parametrlarining qiyosiy tavsiflari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2022 yil 9 avgustdagi 04/3003-son xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: sog‘lom bolalar va turli xildagi yurak nuqsonlari bo‘lgan bolalarda yurak bo‘lmachasi va qorinchalari o‘lchamlari pediatrik faoliyatdagi nazariy bilimlarni kengaytirishga va tashxislash usullarini optimallashtirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy natijalar G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.06.2022; №17/2)xamda, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.06.2022; № 18) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Yurakning chap bo‘lmachasi, o‘ng qorincha, qorinchalararo to‘siq, chap qorincha orqa devori, yakuniy diastolik va sistolik o‘lchamlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bolalarning o‘sish va rivojlanishini baholash bilan birga ehtimoliy nogironlik holatlarini oldini olib, tashxislashni engillashtirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tug‘ma va orttirilgan yurak nuqsonlari bo‘lgan bolalarning yurak bo‘lmachasi va qorinchalari o‘lchamlari, yakuniy diastolik va sistolik o‘lchamlarning antropometrik ko‘rsatkichlar bilan qiyosiy tahlili natijalari orqali  kasallik asoratlarini oldini olish va davolashga sarflanadigan xarajatlarni 500000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: sog‘lom va yurak nuqsonlari mavjud bolalarning yurak bo‘lmachasi va qorinchalarining ultratovush o‘lchamlarining qiyosiy tahlili postnatal ontogenezda kasallikni kelib chiqishini erta aniqlash orqali har 1 nafar bemor bolaga sarflanadigan xarajatlardan 500000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Bolalikning I-II davrida turli yurak nuqsonlari bo‘lgan bolalar antropometrik parametrlarining qiyosiy tavsiflari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2022 yil 9 avgustdagi 04/3003-son xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: turli yurak nuqsoni bo‘lgan 3 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan o‘gil va qiz bolalar yurakning funksional holati ko‘rsatkichlari aniqlashni hisobga olish kasallikning kechishiga baho berish va jarroxlik amaliyoti natijalarini prognozlash va davolash imkonini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy natijalar G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.06.2022; №17/2)xamda, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.06.2022; № 18) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: sog‘lom va yurak nuqsoni bo‘lgan bolalar yuragining funksional holati ko‘rsatkichlarini o‘zaro taqqoslash bemor bolalarda salbiy o‘zgarishlar tendensiyasini erta aniqlash va shu orqali nogironlikni kamaytirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yurakning yakuniy diastolik va sistolik hajmi, otilish fraksiyasi, zarb hajmi, yurak qisqarishlari chastotasi kabi ko‘rsatkichlarini aniqlash pediatrik amaliyotda joriy qilinishi yurak qon tomir kasalliklarining og‘ir asoratlari oldini olish hisobiga 1 nafar bemor bola hisobiga byujet mablag‘larini 500000 so‘mga, byujetdan tashqari mablag‘larning 270000 so‘mga iqtisod qilish imkoniyatini berdi. Xulosa: 3-12 yoshli turli xildagi yurak nuqsonlari bo‘lgan bolalarda yurakning funksional holati ko‘rsatkichlari sog‘lom bolalarnikidan ishonarli darajada farq qilishi, turli tibbiy ko‘riklar vaqtida kasallikni erta aniqlash va shu orqali operativ muolajalarga ehtiyoji bo‘lgan bemorlar sonini kamaytirish hisobiga 1 nafar bemor bola hisobiga byujet mablag‘larining 500000 so‘mga, byujetdan tashqari mablag‘larning 270000 so‘mga iqtisod qilish imkoniyatini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Bolalikning I-II davrida turli yurak nuqsonlari bo‘lgan bolalar antropometrik parametrlarining qiyosiy tavsiflari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2022 yil 9 avgustdagi 04/3003-son xat yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish