Abriev Ruziqul Buronovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarixiy-me’moriy obidalarni ta’mirlash va qayta tiklash tarixi (Zarafshon vohasi misolida)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2017.2.PhD/Tar118.
Ilmiy rahbar: Xasanov Baxtiyor Vaxapovich, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tarix instituti, DSc.06.01.2018.Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar:Murtazaeva Rahbar Hamidovna, tarix fanlari doktori, professor; Ahmedov Muhammad Qosimovich, arxitektura doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zarafshon vohasidagi VIII–XIX asrlarda qurilgan va hozirgi kunga qadar etib kelgan me’moriy obidalarni 1991–2011 yillarda saqlash, ta’mirlash va qayta tiklash amaliyotini tahlil qilish va tizimli ravishda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash va qayta tiklashning Movoraunnahr, Farg‘ona va Xorazm maktablari zamirida zamonaviy ilmiy, me’moriy-uslubiy asoslarga ega va jahon sivilizatsiyasida o‘ziga xos milliy – “O‘zbek milliy maktabi”ga asos solinganligi yoritib berilgan;
madaniy me’ros ob’ektlarini davlat tomonidan muhofazalash to‘liq amalga oshirilishi yuzasidan shaharlar bosh rejalari ishlab chiqilishida ilk bor xalq me’morchiligi qadriyatlari pasportlashtirilgani, tarixiy arxitektura yodgorliklari tarkibiga kiritilgan noyob turar joy ob’ektlari buyicha batafsil tarxlar tuzilgani, tipik va antiqa turar joylar davlat himoyasiga olinishiga tavsiyanomalar ishlab chiqila boshlanganligi manbalar asosida yoritilgan;
madaniy me’ros ob’ektlariga, jumladan Zarafshon vohasining me’moriy yodgorliklarini ta’mirlashga ularning ilk tarixiy qiyofasini saqlagan holda yondoshilganligi hamda Samarqand va Buxoro shaharlari tarixiy markazlarining daxilsizligini ta’minlashda «maxsus chiziq» amaliyotidan foydalanilgani tarixiy dalillar asosida ochib berilgan;
Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyo bosib olinganidan so‘ng XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab mamlakatimiz xududiga me’moriy yodgorliklarni ta’mirlashning Evropacha muhandislik konservatsiyasi va kontrofors usullarining kirib kelganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tarixiy-me’moriy obidalarni ta’mirlash va qayta tiklash tarixi tadqiqoti davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
Zarafshon vohasida tarixiy me’moriy obidalarni ta’mirlash va qayta tiklash tarixiga oid ilmiy natijalardan Samarqand Davlat birlashgan tarixiy-me’moriy va badiiy muzey-qo‘riqxonasining “Mustaqillik ekspozisiyasi”ni shuningdek tegishli bo‘limlarni ilmiy-uslubiy materiallar bilan boyitishda foydalanilgan (Madaniyat vazirligining 2018 yil 8 yanvardagi 01-11-08-87-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi me’moriy yodgorliklar tarixini o‘rganishga,yosh avlodni madaniy me’rosga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan;
Zarafshon vohasi tarixiy shaharlari misolida zamonaviy shaharsozlik amaliyoti buyicha olingan natijalaridan 2012-2016 yillarda bajarilgan F1-FA-0-11986 raqamli “O‘zbekiston shaharlari tarixi: an’analar, urbanizatsiya va transformatsiya jarayonlari (eng qadimdan hozirgacha)” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 28 dekabrdagi 13-93-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi O‘zbekistonda xalqaro turizmning rivojlanishiga hamda qadimgi shaharsozlik an’analarini saqlagan holda zamonaviy shaharsozlikni modernizatsiyalash strategiyasi bo‘yicha ilmiy bilimlarni rivojlantirish imkonini bergan;
Zarafshon vohasi me’moriy yodgorliklarini saqlash, ta’mirlash amaliyotiga oid ilmiy natijalaridanO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatog‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining “Mustaqillik yillarida tarixiy adolatning tiklanishi, qatog‘on qurbonlari xotirasining abadiylashtirilishi, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilgan tarixiy ishlar (1991 yildan keyingi davr)” nomli 10-bo‘lim ekspozisiyasini boyitishda foydalanilgan (Qatog‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 118-25-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi mustaqillik yillarida bu sohada amalga oshirilgan ishlar haqida muzeyga tashrif buyuuruvchilarga zarur ma’lumotlarni berish, shu bilan birga fuqarolarimiz, yoshlarimizda tarixiy-me’moriy obidalarga hurmat tuyg‘ularini kuchaytirishdek muhim vazifani bajarishga yordam bergan.