Abdullaev Ulug‘bek Xakimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Binar mikroto‘ldirgichi asosidagi modifikasiyalangan betonlarning strukturasi va xossalari”, 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T2329.
Ilmiy rahbar: Adilxodjaev Anvar Ishanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.04 raqamli Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Hasanov Baxriddin Baratovich, texnika fanlari doktori, professor; Ilyasov Allanazar Torexanovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli tabiatli kul uchqindisi va ohaktosh asosidagi binar mikroto‘ldirgichni qo‘llash yo‘li bilan ekspluatatsion xossalari yaxshilangan o‘ta yuqori sifatli, uzoqqa chidamli va korroziyabardosh bo‘lgan beton olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
minimal bog‘lovchi iste’moli bilan M400 oddiy portlandsementi asosida yuqori sifatli, uzoqqa chidamli va korroziyabardosh betonlarni olish imkoniyati, IES kul uchqundisi va ohak asosidagi binar mikroto‘ldiruvchning potensial faolligini hisobga olgan xolda asoslandi;
belgilangan texnologik va ekspluatatsion ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kompozitlarni olish imkoniyati va ularning struktura shakillanish jarayoniga, binar mikroto‘ldirgichning yo‘naltirilgan ta’siri isbotlandi;
ohaktoshni sementli bog‘lovchi tarkibidagi gipsni 1,5 % gacha kamaytirish hisobiga qotishini sekinlashtiruvchi sifatida qo‘llanilishi ettrengit va taumasit minerallarining hosil bo‘lishini sezilarli qisqartirish imkoniyatlarini berishi va shuning evaziga sementli kompozitning sulfatli korroziyaga qarshi chidamliligi ortishini ta’minlashi aniqlandi;
binar mikroto‘ldirgich tarkibidagi ohaktoshning mavjudligi sement toshining uzlyuksiz g‘ovaklarini kolmatatsiya qilinishi uning o‘tkazuvchanligini bartaraf qilinishiga olib kelishi va bundan tashqari amorf kremniy oksidining kalsiy gidroksidini to‘la bog‘lamasligi hamda muhitning talab etiluvchi pH ko‘rsatkichini ta’minlashi hisobiga karbonizasiyaga va ishqor yuvilinuvchanligiga qarshi turg‘unligining ortishiga olib kelishi isbotlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Binar mikroto‘ldirgichi bilan modifikatsiyalangan beton strukturasining shakllanish qonuniyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
binar mikroto‘ldirgichi va superplastifikatordan foydalanib kompleks-modifikatsiyalangan betonlarning optimal tarkiblari "BINOKOR TEMIRBETON SERVIS" MChJ QK korxonasida joriy qilingan ("O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasining 2023 yil 12 oktyabrdagi 05/15-2071-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, B15 sinfli betn uchun yig‘ma beton va temir-beton ishlab chiqarishda kompleks qo‘shimchalar bilan optimal tarkib va texnologiyalarni joriy etishdan olingan iqtisodiy samaradorlik 1 m3 beton uchun 66 097 so‘mni tashkil etdi (2023 yil narxlarida). Tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish sement sarfini 1,25 baravar kamaytirish bilan birga, muzlashga bardoshlilikni 1-1,5 baravar va betonning suvga o‘tkazmasligini bir markaga oshirishga imkoniyat yaratdi;
"BINOKOR TEMIRBETON SERVIS" MChJ QK korxonasi laboratoriyasida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan texnologik yo‘riqnoma ("Texnologicheskaya instruksiya TI-207103754 - 40:2023 po proizvodstvu blokov betonnix dlya sten podvalov po O‘z DSt 778-97 iz kompleksno-modifisirovannogo betona s binarnim napolnitelem") talab etilgan xossalar majmuiga ega buyumlarni ishlab chiqarishni ta’minladi. Kutilayotgan iqtisodiy samarasi 396 mln. so‘mni tashkil etadi (2023-yilgi narxlarida).