Maxmudova Guljaxon Nematdjonovnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash modellarining nazariy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.01–Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Iqt6.
Ilmiy maslahatchi: Vaxabov Abdurahim Vasiqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Nabiev Elshod Ganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xasanov Rustam Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rasulov To‘lqin Sattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash modellarining nazariy asoslarini yanada takomillashtirish va uni amaliyotda qo‘llash mexanizmi samaradorligini oshirishga qaratilgan tizimli ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiyotni modernizatsiyalash kategoriyasiga ishlab chiqarish omillarini takomillashtirish asosida iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidan iborat uzluksiz jarayon sifatidagi tavsifi ishlab chiqilgan va iqtisodiyotni modernizatsiyalash kategoriyasi ta’rifi takomillashtirilgan;
iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayoniga ta’sir etuvchi jamg‘arish normasi, yalpi talab, sug‘urta jamg‘armalari hajmi, xorijiy investisiyalar, texnologiyalar importi, mamlakat eksport salohiyati, xalqaro kreditlar kabi omillarni tavsiflash va tasniflash to‘g‘risidagi uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
iqtisodiyotni modernizatsiyalash modellarining modernizatsiya loyihasi davomiyligi muddati, davlatning o‘rni kabi farqlanish mezonlarini harakatlantiruvchi kuchlari asosida baholash uslubiyati aniqlangan;
milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalashning dasturini samarali amalga oshirish uchun yalpi investisiya normasi kamida 25-35% bo‘lishi zarurligi to‘g‘risidagi taklif asoslangan;
O‘zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiyalash dasturining tarkibi, ustuvor yo‘nalishlari va uni amalga oshirish muddati 20-30 yilni tashkil etish taklifi ishlab chiqilgan.
III. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash modellarining nazariy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
iqtisodiyotni modernizatsiyalash kategoriyasi ta’rifiga takomillashgan nazariy yondashuv, iqtisodiyotni modernizatsiyalashning ijtimoiy tamoyillari, xususiyatlari, omillari, harakatlantiruvchi kuchlari to‘g‘risidagi taklifi va farqlanish mezonlarini asoslanishi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar institutining amaliy faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar institutining 2017 yil 14 dekabrdagi 01/06-670-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbig‘i milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalashning konseptual asoslarini takomillashtirish va amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash imkonini bergan;
iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayoniga ta’sir etuvchi endogen va ekzogen omillarni tavsiflash va tasniflash to‘g‘risidagi uslubiy tavsiyalar O‘zR VMning 2017 yil 11 maydagi 526-f-sonli Farmoyishi 8-ilovasi “2018 yilning asosiy makroiqtisodiy prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish va investision dasturlarini shakllantirish bo‘yicha metodologik qo‘llanma”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 10 apreldagi MM-3-1/20-72-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish iqtisodiyotni yetakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash va tarkibiy o‘zgarishlar dasturlarini shakllantirishning metodologik asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash modellarining farqlanish mezonlarini harakatlantiruvchi kuchlar asosida baholash metodikasi O‘zR VMning 2017 yil 11 maydagi 526-f-sonli Farmoyishi 8-ilovasi “2018 yilning asosiy makroiqtisodiy prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish va investision dasturlarini shakllantirish bo‘yicha metodologik qo‘llanma”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 10 apreldagi MM-3-1/20-72-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga qo‘llanilishi asosida milliy iqtisodiyotning yetakchi soha va tarmoqlarini modernizatsiyalashning maqsadli davlat dasturlari shakllantirishni metodologik asoslari va amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish imkonini bergan;
milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalashning dasturini samarali amalga oshirish uchun yalpi investisiya normasi kamida 25-35% bo‘lishi zarurligi to‘g‘risidagi amaliy taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi amaliyotida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2017 yil 12 sentyabrdagi MM-3-2/20-328-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan O‘zbekistonni 2030 yilgacha bo‘lgan muddatga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasining muqobil prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan;
rivojlangan mamlakatlarda amalga oshirilgan milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash dasturlarini qiyosiy tahlil etish asosida O‘zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiyalash dasturining tarkibi, ustuvor yo‘nalishlari va uni amalga oshirish muddati 20-30 yilni tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilgacha bo‘lgan muddatga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi”ning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2017 yil 12 sentyabrdagi MM-3-2/20-328-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, mamlakat iqtisodiy va ishlab chiqarish salohiyatini to‘la yangilash imkonini bergan.