Shakirova Farog‘at Boltaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion rivojlanish negizida barqaror iqtisodiy o‘sish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.01–Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Iqt612.
Ilmiy rahbar: Xamiraev Odil Xamizaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Nabiev Elshod Ganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rasulov To‘lqin Sattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: innovatsion rivojlanish negizida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash mexanizmini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda innovatsion infratuzilmaning tarkibiy qismi hisoblangan texnoparklar tashkil etish va ularga er solig‘i, foyda solig‘i, mol-mulk solig‘ini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berish zarurligi asoslangan;
respublikamiz hududlarida innovatsion iqtisodiyotning texnologik ukladini tashkil etuvchi erkin iqtisodiy zonalarning huquqiy-tashkiliy jihatlarini takomillashtirish va ular sonini ko‘paytirish negizida mamlakatga jalb etilayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarning hajmini ko‘paytirish va innovatsion salohiyatini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
innovatsion mahsulotlar yaratish, intellektual mulk ob’ektlari bozorini shakllantirish va ularni mustaqil monitoring tizimi orqali tezkor ravishda rasmiylashtirish hamda ishlab chiqarishga tatbiq etishga oid ilmiy takliflar ishlab chiqilgan;
innovatsion ishlanmalarning patentlash tartibini soddalashtirish va ularning intellektual mulk ob’ektlarini muhofazalashni takomillashtirishga bag‘ishlangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Innovatsion rivojlanish negizida barqaror iqtisodiy o‘sish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
milliy innovatsiya tizimida innovatsion infratuzilmaning moddiy, texnik-texnologik asoslaridan biri hisoblangan texnoparklarni tashkil etish va ularga soliq hamda bojxona imtiyozlarini berish taklifi “Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi innovatsiya texnoparki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi loyiha hujjatlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2017 yil 25 dekabrdagi AD-3-1/9-9-293-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2017-2018 yillarda uch korxona tomonidan investisiya maqsadlari uchun 594,3 mln. so‘m miqdoridagi mablag‘lar sarflash imkoniyati yaratilgan;
erkin iqtisodiy zonalar – innovatsion iqtisodiyotning moddiy, texnik-texnologik negizini yaratuvchi manbalar hisoblanishi, ularni tashkil etishning huquqiy-tashkiliy masalalarini hal etish va sonini ko‘paytirish chora-tadbirlari majmuasini ishlab chiqish hamda ularga soliq va bojxona imtiyozlarini berish lozimligi haqidagi takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-4931-son Farmoni, 2017 yil 7 avgustdagi “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-3175-son farmonini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2017 yil 25 dekabrdagi AD-3-1/9-9-293-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga qo‘llanilishi asosida 2017 yilning 9 oyi davomida erkin iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari ixtiyorida 36,9 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘ qoldirilgan;
innovatsion ishlanmalarni patentlash tartibini soddalashtirish va intellektual mulk ob’ektlarini muhofazalashning huquqiy-institusional asoslarini takomillashtirishga oid ilmiy takliflari “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi to‘g‘risidagi nizom”ning 2-bob 5-moddasini tayyorlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2016 yil 9 dekabrdagi 01/27-08-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatida mamlakatimizda yaratilgan innovatsion mahsulotlar, ishlanmalarni patentlash tartibini soddalashtirishga, intellektual mulk ob’ektlarini muhofazalash hamda mualliflik huquqlarini himoyalash tizimini samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
innovatsion ishlanmalar bo‘yicha berilgan patentlarning yagona reestrini yuritish, ularning samarali ishlashi ustidan monitoring qilishni vakolatli davlat organi zimmasiga yuklatish lozimligi to‘g‘risidagi amaliy tavsiyalari “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi to‘g‘risidagi nizom”ning 2-bob 6-moddasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2016 yil 9 dekabrdagi 01/27-08-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatida berilgan patentlarning yagona reestrini yuritish, ularning amaliyotga dahldorligi va tatbiq etilishi ustidan vakolatli davlat organi tomonidan monitoring o‘rnatish tizimini tashkil etish imkonini bergan.