Zayniev Farxod Nuritdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aholi daromadlarini tartibga solishning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt1222
Ilmiy rahbar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, PhD.03/29.12.2022.I.133.02.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Anvar Sultonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Elmurodov Shoxjaxon Fayrat o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda aholi daromadlarini tartibga solishning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholini manzilli moliyaviy qo‘llab-quvvatlash davlat siyosati samaradorligini oshirish maqsadida kambag‘allikni – “Tanlov va imkoniyatlarning mavjud emasligi” va qashshoqlikni – “Daromad va resurslar mutlaq taqchilligi” kabi mezonlari ishlab chiqilgan;
aholi daromadlaridagi tengsizlik darajasini minimallashtirishda jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish tizimida ipoteka kreditlarini qaytarishga yo‘naltirilgan daromadlarni soliq solinmaydigan daromadlar tarkibiga kiritish taklifi ishlab chiqilgan;
aholi daromadlarini tartibga solishda ijtimoiy yo‘nalishdagi moliyaviy mexanizm samaradorligini oshirish maqsadida oliy va professional ta’lim muassasalarida o‘qish uchun tijorat banklaridan olingan ta’lim kreditlari va foizlarini qoplashga yo‘naltirilgan daromadlarga nisbatan soliq bazasida chegirmalar berish tavsiya etilgan;
aholi daromadlarining strategik kontekstda o‘sib borish prognozlarining ssenariysi variantlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Aholi daromadlarini tartibga solishning moliyaviy mexanizmini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida:
kam ta’minlangan aholining ijtimoiy qatlamini manzilli qo‘llab-quvvatlash davlat siyosati samaradorligini oshirish maqsadida dissertatsiya tadqiqotida “kambag‘allik” va “qashshoqlik” tushunchalarining chegaraviy mezonlari taklif qilingan. Aholining shaxsiy tasarrufida bo‘lgan daromadlar tarkibidagi iste’mol fondlari savatchasining tarkibi va dinamikasi asosida aniqlanadigan “kambag‘allik chegarasi” bo‘yicha berilgan takliflar tizimidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 avgustdagi 544-son qarori ilovasidagi “Aholining minimal iste’mol xarajatlari qiymati va kambag‘allik chegarasini hisoblash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 2 martdagi №01/00-04/19-1317-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi natijasida aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash siyosatining samaradorligi oshgan;
hududlarda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va daromadlar tengsizligini kamaytirishda moliyaviy instrumentlar manbalarining aniq belgilanishi yuzasidan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil
3 dekabrdagi PQ-31-son Qarorining 5-bandi a va b kichik bandlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining
2023 yil 2 martdagi №01/00-04/19-1317-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 2022 yil uchun oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasidagi 10 trln so‘m kreditlar, aholining o‘zini o‘zi band qilishi, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratilgan
1218 mlrd so‘m mablag‘larning yuqori ijtimoiy samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
aholi daromadlarini izchil oshirish va undagi tengsizlik darajasini minimallashtirishda jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish tizimida vertikal va gorizontal tenglik tamoyillarining ta’minlanishiga yo‘naltirilgan soliqqa tortish tizimini optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Xususan, ipoteka kreditlarini qaytarishga daromadlar hisobiga daromad solig‘i bo‘yicha soliq solinmaydigan daromad summasini oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan taklif O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 30 dekabrdagi “2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-813-son Qonunida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 2 martdagi №01/00-04/19-1317-sonli ma’lumotnomasi). Oliy va professional ta’lim muassasalarida o‘qish uchun tijorat banklaridan olingan ta’lim kreditlari va foizlarini qoplashga yo‘naltirilgan daromadlarga nisbatan soliq imtiyozi qo‘llanishi bo‘yicha taklif Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil
2 martdagi №01/00-04/19-1317-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amalga joriy qilinishi natijasida nisbatan kam ta’minlangan aholining ipoteka va ta’lim kreditlarini to‘lashga yo‘naltirilgan daromadlari soliqdan ozod qilingan;
aholi daromadlarining strategik kontekstda o‘sib borishi prognozlarining ssenariysi variantlari ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 2 martdagi №01/00-04/19-1317-sonli ma’lumotnomasi).