Ravshanov Shavkat Ne’matillaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bolalar va o‘smirlarda tug‘ma braximetatarziyalarning tashxisi va xirurgik davolashni takomillashtirish», 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.1.PhD/Tib95.

Ilmiy rahbar: Saliev Murodjon Muhammadovich, tibbiyot fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.28.02.2018.Tib.62.01.

Rasmiy opponentlar: Irismetov Murod Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori; Nazarova Nigora Zikrillaevna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent;

Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston Respublikasi Travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish instituti (Qozog‘iston Respublikasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: tug‘ma braximetatarziyasi bo‘lgan bolalarda diagnostika va jarrohlik usullarini takomillashtirish orqali davolash natijalarni yaxshilash.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 

braximetatarziyaning barcha anatomik variantlari qamrab olingan ishchi tasnifi va uning asosida sixli va sterjenli moslamalarni qo‘llashga, yondosh oyoq kaft suyaklarini korreksiya qilish hamda yozuvchi paylarni uzaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan;

braximetatarziyaning davolashgacha va davolashdan keyingi oyoq panjasida chiziqli va burchakli rentgenologik belgilar hamda ikkilamchi o‘zgarishlari aniqlanib, ular orasidagi o‘zaro korrelyasion munosabatning mavjudligi isbotlangan;

braximetatarziyaning turi, soni, oyoq kaft suyagi kaltaligi darajasiga qarab sterjenli  va sixli osteosintez usuli takomillashtirilgan va unga osteotomiyani o‘tkazishning turli lokalizatsiyalari va distraksiya darajasi ko‘rsatmalari ishlab chiqilgan;

sixli va sterjenli osteosintez apparatlaridan foydalanish bilan birga kechadigan jarrohlik amaliyotlarida oyoq kaft suyaklarining suyaklanish xususiyatlari taqqoslama o‘rganilib, distraksion regeneratning shakllanishi fiksatsiya usuliga bog‘liq ekanligi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bolalar va o‘smirlarda tug‘ma braximetatarziyalarning diagnostikasi va jarrohlik davolash usullarini takomillashtirishga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Oyoq kaft suyaklari va oyoq panja suyaklarini o‘stirish uchun ishlab chiqilgan moslama» uchun Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (FAP 00901, 30.04.2014y.) va uning yordamida ishlab chiqilgan davolash usulubi sog‘liqni saqlash amaliyoti faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 13 dekabrdagi 8n-d/66-son ma’lumotnomasi), jumladan, Respublika ixtisoslashgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Farg‘ona, Andijon va Navoiy viloyatlarining ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazlarida qo‘llanilmoqda;

«Oyoq panjasining kaft suyaklarini uzaytirish uchun moslama» uchun Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (FAP 00900, 07.04.2014y) va uning yordamida ishlab chiqilgan davolash uslubi sog‘liqni saqlash amaliyoti faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 13 dekabrdagi 8n-d/66 ma’lumotnomasi), jumladan, Respublika ixtisoslashgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Farg‘ona, Andijon va Navoiy viloyatlarining ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazlarida qo‘llanilmoqda.

Yangiliklarga obuna bo‘lish