Fozilov Uktam Abdurazzoqovich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda tish-jag‘ anomaliyalarini erta tashxislash va ortodontik davolash usullarini takomillashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2. DSc /Tib709.
Ilmiy konsul`tant: Olimov Siddiq Sharifovich, tibbiyot fanlari doktori
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04. 2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Xabibova Nazira Nasullaevna, tibbiyot fanlari doktori; Nurieva Natal`ya Sergeevna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya federatsiyasi), Abubekir Eltas tibbiyot fanlari doktori, professor (Turkiya).
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg davlat universiteti (Rossiya federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda tish-jag‘ anomaliyalarini erta tashxislash va ortodontik davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yuqori jag‘ biosimetriyasining uch tomonlama total torayishini samarali davolovchi, asoratlarsiz, tez va bemor uchun qulay usulda kengaytira oladigan ortodontik moslama ishlab chiqilgan, unda lab mushaklarini bo‘shashtiruvchi lab pilotlari mavjudligi, yuqori jag‘ni sagital yo‘nalishda surish kuchining ortishi kabi ikkita xususiyat uning yaqin analoglarida mavjud emasligi isbotlangan;
ilk bor yuz-jag‘ sohasi nuqsoni bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda hayotining birinchi kunidayoq og‘iz bo‘shlig‘i obturatori qo‘yish orqali bir vaqtning o‘zida so‘rish, yutish, nafas olish funksiyalarini tiklashga erishilgan, obturatorni erta qo‘llash natijasida tug‘ma nuqson bilan tug‘ilgan bolalarda ona ko‘kragini emizish orqali tabiiy oziqlantirish asoslangan;
ilk bor aralash tishlov davrida yuqori jag‘ning ikki tomonlama to‘liq yorig‘i bo‘lgan bolalarni davolashda jag‘ yuqori markaziy fragmentini distal tomonga siljitish, ikki yon fragmentlarni transverzal yo‘nalishda kengaytirish, miofunksional muvozanatni tiklash, yumshoq tanglay qismini ortodontik moslama bilan uzaytirish orqali nuqsonni yopish va nutqni shakllantirishga erishilgan, yuqori jag‘da joylashtiriladigan moslamaning bazis qismida yuqori tanglay germetikligini ta’minlovchi qoplamaning bo‘lishi, bunda qoplamaning, ham nafas olish, ham nutq shakllanishiga imkon berishi boshqa analoglardan ko‘ra afzalligi aniqlangan;
tish-jag‘ tizimi anomaliyalari asorati bo‘lgan doimiy tishlar tishlovi davridagi patologik oklyuziyalarni davolash uchun tish emali rezistentligi o‘rtacha va yuqori, KPO darajasi past bo‘lganda olinmaydigan ortodontik moslamalar, tish emali rezistentligi past, KPO darajasi yuqori bo‘lganda ortodontik echiladigan plastinka bazisli moslama qo‘llanilganda davolashning klinik samaradorligi, ortodontik davolashning olis natijalari (6 va 12 oy) samaradorligi isbotlangan;
tish-jag‘ tizimi anomaliyalarida bolalarning birinchi sut tishlari chuqquncha, shakllanayotgan va shakllangan sut tishlar tishlovlari, erta va kechki almashinuv tishlovlari, shakllangan doimiy tishlar tishlovi davrlari uchun ortodontik profilaktik tadbirlar har bir patologiyaga mos ilk bor optimallashtirilgan, unga amal qilinishi deformatsiyalarning oldi olinishi, mushaklar miofunksional muvozanatini tiklash orqali patologik oklyuziyalar bartaraf qilinishi, tishlarning simmetrik, ketma ketlik, aniq vaqt va tartibda chiqish qoidalari buzilishi, tish qatorlarining shakl va ko‘rinishi o‘zgarishlariga olib kelshining oldi olinishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 5 dekabr` №23-Z/090 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: yuqori jag‘ uch tomonlama total torayishini samarali davolovchi ortodontik moslama ishlab chiqilganligi, uning yaqin analoglaridan ustunligi ko‘rsatilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy ma’lumotlar Surxondaryo viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (27.09.2023 y.; № 24-T) hamda Buxoro viloyati Olot tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (28.09.2023 y.; № 177-T) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy ahamiyati yuz-jag‘ anomaliyalari bo‘lgan bolalarni tish-jag‘ tizimi holatini aniqlash va bu holatda stomatologik yordam ko‘rsatish birinchi qatnovidanoq bemorlarning anamnezlari va tashhislashga asoslanib, samarali davolashga erishilishi, takomillashtirilgan ortodontik moslamalar, III tomonga kengaytiruvchi plastinka bazisli ortodontik apparatlar bilan samarali davolash usullarini stomatologlar amaliyotida muvaffaqiyatli foydalanish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi tish-jag‘ anomaliya va deformatsiyalarini og‘irlik darajasiga qarab, yuqori jag‘ yalpi torayishi aniqlangan bemorlar yoshini hisobga olib, kompleks davolash, qatnov sonini 25-30% gacha kamaytirilishi, 8-10 oylik davolash muddatini 6-8 oygacha kamaytirilganligi, ikkita ortodontik apparat o‘rniga bitta takomillashtirilgan ortodontik apparat qo‘llanilishi, bemorlar chaynov samaradorligini fiziologik holati tiklanishi, klinik belgilarining yaxshi tomonga o‘zgarishi, sog‘lomlashtirishga erishilganligi bilan izohlangan. Bir bemorda tashhislash uchun xarajatlar miqdori 145 000 so‘m bo‘lgani holda bemorlar cheklangan sonini 21 nafar bemor kompleks davolashda davo muddati 5 qatnovga qisqarishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik hisoblab chiqildi va byudjet mablag‘larini 4 mln 972 ming 968 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorlikni hisoblashda profilaktika va bemorlarda asoratlarning oldini olish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirishga erishildi. Xulosa: yangi ortodontik moslamani davolash amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 145 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: «Yuqori jag‘ torayishi hisobiga yuzaga kelgan patologik okklyuziyani davolash usullarini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2023 yil 7 oktyabrda 04/5742-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: yuz-jag‘ sohasi nuqsoni bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda hayotining birinchi kunidayoq og‘iz bo‘shlig‘i obturatori qo‘yish orqali bir vaqtning o‘zida so‘rish, yutish, nafas olish funksiyalarini tiklashga erishilganligi, aralash tishlov davrida yuqori jag‘ning ikki tomonlama to‘liq yorig‘i bo‘lgan bolalarni davolashda ortodontik moslama bilan yumshoq tanglay funksional qismini uzaytirish orqali nuqsonni yopish va nutqni shakllantirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy ma’lumotlar Surxondaryo viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (27.09.2023 y.; № 24-T) hamda, Buxoro viloyati Olot tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (28.09.2023 y.; № 177-T) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy ahamiyati yuz-jag‘ anomaliyasi bo‘lgan bolalarni ortodontik moslama va kompleks terapevtik usullardan foydalanib, davolashning tavsiya etilgan texnikasi bemorlarning tezroq tuzalishi, poliklinikaga qatnash kunlarini qisqartirish va bemorlar, ular oila a’zolarining hayot sifatini yaxshilash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi har bemorni tashhislash uchun xarajatlar miqdori 145 000 so‘m bo‘lgani holda 21 nafar bemor kompleks davolashda davo muddati 5 qatnovga qisqarishi hisobiga byudjet mablag‘larini 4 mln 972 ming 968 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorlikni hisoblashda profilaktika va bemorlarda asoratlarning oldini olish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirishga erishilgan. Xulosa: yangi ortodontik moslamani davolash amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 236800 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: «Yuqori jag‘ torayishi hisobiga yuzaga kelgan patologik okklyuziyani davolash usullarini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2023 yil 7 oktyabrda 04/5742-sonli xat yuborilgan.
uchnchi ilmiy yangilik: yuqori jag‘ total torayishida qo‘llaniladigan ortodontik moslama ishlab chiqilib, uning chizmasi asosida 3D ko‘rinishi tayyorlanib, foydalanish uchun tavsiya qilinganligi, yuz-jag‘ sohasi anomaliyasi bor chaqaloqlarda hayotining birinchi kunidayoq og‘iz bo‘shlig‘i obturatori qo‘yish orqali bir vaqtning o‘zida barcha funksiyalar (so‘rish, yutish, nafas olish) tiklanishiga erishilganligi, xeyloloplastika, velloplastika va uronoplastika operatsiyalarigacha qo‘llash tavsiya etilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy ma’lumotlar Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (26.09.2023 y.; № 58-i) hamda, Navoiy viloyat Qiziltepa tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (29.09.2023 y.; № 962) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy ahamiyati tish-jag‘ anomaliyasi bor bo‘lgan bolalarda takomillashtirilgan usullardan foydalanib, ortodontik davolashning tavsiya etilgan texnikasi bemorlarning tez tuzalishi, poliklinikaga qatnash kunlarini qisqartirish, bemorlar va ular oila a’zolarining hayot sifatini yaxshilashga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi tadqiqot davomida byudjet mablag‘larini 4 mln 972 ming 968 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergani holda iqtisodiy samaradorlikni hisoblashda asoratlarning oldini olish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirishga erishilgan. Xulosa: yangi ortopedik moslamaning davolash amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 145 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: «Yuqori jag‘ torayishi hisobiga yuzaga kelgan patologik okklyuziyani davolash usullarini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2023 yil 7 oktyabrda 04/5742-sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: patologik oklyuziyalarni davolash uchun tish emali rezistentligi o‘rtacha va yuqori, karies-plomba-olish darajasi past olinmaydigan ortodontik moslamalar, tish emali rezistentligi past, karies-plomba-olish darajasi yuqori bo‘lganda ortodontik echiladigan moslama qo‘llanilganda davolashning klinik samaradorligi, ortodontik davolashning olis natijalari (6 va 12 oy) samaradorligi isbotlangan, ishlatish yo‘llari mukammallashtirilganligi, tish-jag‘ deformatsiyalarini ortodontik moslamalar bilan davolash tugagach kasallik residivini oldini olish maqsadida ortodontik profilaktik tadbirlar tavsiya etilganligi bilan asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Surxondaryo viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (27.09.2023 y.; № 24-T) hamda, Buxoro viloyati Olot tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (28.09.2023 y.; № 177-T) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy ahamiyati patologik okklyuziya hamda tish-jag‘ anomaliyalari bo‘lgan bolalarda erta tashhislash usullaridan foydalanib, ortodontik davolash tavsiya etilgan texnikasi bemorlarning tez tuzalishi, poliklinikaga qatnash kunlari qisqartirishi, bemorlar va ular ota-onalarining hayot sifatini yaxshilash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi bir nafar bemor uchun tish-jag‘ anomaliyalarini erta tashhislash uchun xarajatlar miqdori 37380 so‘m; davolash harajati 742 000 so‘mni tashkil qilgan. Kompleks davolashda davolash muddatini 5 martaga qisqarishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik hisoblangan, tadqiqot bajarish hisobiga byudjet mablag‘larini 5 461 120 so‘mga iqtisod qilish imkonini berganligi bilan izohlangan. Xulosa: yangi tashxislash va davolash amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 109 222 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: «Patologik oklyuziya hamda tish-jag‘ deformatsiyalarini erta yoshli bolalarda tashhislash orqali og‘ir patologiyalarni oldini olish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2023 yil 7 oktyabrda 04/5742-sonli xat yuborilgan.
beshinchi ilmiy yangilik: Umumiy amaliyot stomatologlariga ambulator sharoitda tish-jag‘ anomaliyalarini ortodontik moslamalar bilan davolash tugagach kasallik residivini oldini olish maqsadida ortodontik profilaktik tadbirlar tavsiya etilganligi va davolash samaradorligini oshirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (26.09.2023 y.; № 58-i) hamda Navoi viloyati Qiziltepa tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (29.09.2023 y.; № 962) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy ahamiyati tish-jag‘ anomaliya va deformatsiyalarini qulay, oson, ommabop, kam xarajatli, mukammal usullardan foydalanib, erta aniqlash va takomilashtirilgan ortodontik davolash tavsiya etilganligi, bemor bolalarning tezroq tuzalishi, poliklinikaga qatnash kunlarini qisqartirilishi va bemor bolalarning hayot sifatini yaxshilashga imkon berganligi bilan asoslangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi davolash harajati 742 000 so‘mni tashkil qilganligi, kompleks davolashda davolash muddatini 5 martaga qisqarish hisobiga iqtisodiy samaradorlik belgilandi va umumiy tadqiqot hisobiga bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 5 461 120 so‘mga,byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 200 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: yangi tashhislash va davolash amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 5 461 120 so‘mga,byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 200 000so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: «Patologik oklyuziya hamda tish-jag‘ deformatsiyalarini erta yoshli bolalarda tashhislash orqali og‘ir patologiyalarni oldini olish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2023 yil 7 oktyabrda 04/5742-sonli xat yuborilgan.