Maxkamov Maxkamjon Kozimovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bosh miya qon tomirlari anevrizmalarida 3D anatomiyasini qayta o‘zgartirishni qo‘llagan holda jarrohlik muolajalarining fokus-xirurgik jarrohlik usullarini takomillashtirish», 14.00.28–Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.2.PhD/Tib182.

Ilmiy rahbar: Xadjibaev Abduhakim Muminovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va Xel`sinki universitetining markaziy gospitali.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc 28.02.2018.Tib.62.01.

Rasmiy opponentlar: Kariev G‘ayrat Maratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mamadaliev Abdurahmon Mamatqulovich, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi I.I.Djanelidze nomidagi shoshilinch yordam ilmiy-tekshirish instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: fokusli mikroxirurgik usullarini qo‘llagan xolda bosh miya anevrizmalarini davolashning natijaviyligi va havfsizligini oshirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 

bosh miya qon tomirlari anevrizmalari MSKT-angiografiyasi va 3D rekonstruksiyasining diagnostik ahamiyati aniqlanib, shu asosda kasallikni topografik jihatdan tashxislash va xirurgik davolashning uslubi takomillashtirilgan;

jarrohlik amaliyotidan oldin anevrizmalarga olib boruvchi maksimal qisqa traektoriyani uch o‘lchamli modellash asosida ochiq fokusli mikroxirurgik uslubi ishlab chiqilgan; 

bosh miya anevrizmalarining MSKT-angiografik o‘lchamlariga ko‘ra jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun morfometrik ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan;

 Glazgo oqibatlar ko‘rsatkichlari yordamida bajarilgan fokusli bazal sisternalar disseksiyasi hayotiy muhim bo‘lgan bosh miya anatomik tuzilmalarining jarohatlanish darajasini kamaytirishi va jarrohlik xavfsizligini oshirishi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bosh miya qon tomirlari anevrizmalari bo‘lgan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

bosh miya qon tomirlar o‘zani angioarxitektonikasini uch o‘lchamli modellashga asoslangan bosh miya qon tomirlari anevrizmalarini fokusli xirurgik davolash uslubi amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 25 maydagi 8n-d/130-son ma’lumotnomasi). Bosh miya qon tomirlari anevrizmalari bilan bemorlarni bu uslubda davolash xirurgik davolash sifatini oshirish imkonini bergan;

subaraxnoidal qon quyilishda bosh miya qon tomirlari anevrizmasi va polifokal zararlanishlari bo‘lgan bemorlar diagnostikasi va davolash taktikasini tanlash uslubi amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 25 maydagi 8n-d/130-son ma’lumotnomasi). Davolash-profilaktika chora-tadbirlarining taklif etilgan kompleksi ushbu bemorlarda asoratlar chastotasini kamaytirish, davolash va reabilitatsiya xarajatlarini qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish