Ne’matov Bobirbek Ilhomjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalar-o‘smirlar sport maktablari shug‘ullanuvchilarini g‘ovlar osha yugurish texnikasiga o‘rgatish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped454.
Ilmiy rahbar: Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Usmonxodjaev Ta’lat Saidovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Soliev Hamidullo Hoshimjonovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 10–12 yoshli engil atletikachilarni g‘ovlar osha yugurish texnikasi elementlariga o‘rgatish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi 10-12 yoshli bolalarni g‘ovlar osha yugurish texnikasi elementlariga o‘rgatishda nostandart yig‘ma g‘ov yaratilgan;
o‘smir engil atletikachilarni g‘ovlar osha yugurish texnikasi elementlariga o‘rgatishda ularning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligini inobatga olgan holda g‘ovlar balandligi va g‘ovlar orasidagi optimal o‘lchamalari aniqlangan;
10-12 yoshli bolalarni g‘ovlar osha yugurish texnikasi elementlariga o‘rgatishda yaratilgan nostandart yig‘ma g‘ovdan foydalanish shug‘ullanuvchilarning jismoniy holati, faolligi va kayfiyatiga ijobiy ta’siri pedagogik tajribada isbotlangan;
bolalar-o‘smirlar sport maktablarida boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi o‘smir yoshdagi bolalarning g‘ovlar osha yugurish texnikasi elementlariga o‘rgatish metodikasi takomillashtirishgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalar-o‘smirlar sport maktabi shug‘ullanuvchilarini g‘ovlar osha yugurish texnikasi elementlariga o‘rgatish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va metodologik hamda amaliy takliflar asosida:
Namangan shahridagi ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar olimpiya o‘rinbosarlari sport maktabi o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga joriy qilingan (Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 01-07-0889-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘ovlar osha yugurish texnika elementlariga o‘rgatishda shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligini inobatga olgan holda g‘ovlar balandligi (50-60 sm) va maxsus mashqlarni bajarishda g‘ovlar orasidagi masofaning (6,0–7,5 metr) optimal o‘lchamlarini aniqlashga erishilgan;
yaratilgan engil, yig‘ma g‘ovlar ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar olimpiya o‘rinbosarlari sport maktabi engil atletika o‘quv-mashg‘ulotlariga joriy qilingan (Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 01-07-0889-son ma’lumotnomasi). Natijada 10-12 yoshli engil atletikachilarda g‘ovga “hujum qilish” 26,6%ga, g‘ovdan “oshib o‘tish” 38,2%ga, “erga qo‘nish” 29%ga yaxshilanib, g‘ovlar osha yugurish texnikasi elementlari oqilona o‘zlashtirilishiga xizmat qilgan;
10-12 yoshli bolalar uchun ularning yoshi, jinsi va jismoniy tayyorgarligini hisobga olgan holda yaratilgan engil yig‘ma g‘ovlari Namangan shahridagi “Pahlavon” bolalar-o‘smirlar sport maktabida engil atletika o‘quv-mashg‘ulotlariga joriy qilingan (Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 01-07-0889-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh engil atletikachilarning g‘ovlar osha yugurish texnikasi elementlarini o‘rgatishda maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish natijasida o‘quv-mashg‘ulotlari jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar olimpiya o‘rinbosarlari sport maktabida boshlang‘ich tayyorgarlik bosiqichida shug‘ullanuvchi o‘smir engil atletikachilarning o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga takomillashtirilgan metodika joriy etilgan (Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 01-07-0889-son ma’lumotnomasi). Natijada 10-12 yoshli engil atletikachilarning tezkor-kuch sifatlarini 17-19%ga, tezlik sifatini 12-13% ga, koordinatsion qobiliyatlarini 23-25%ga o‘sishiga erishilgan.