Ismagilov Damir Kanganovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sportga yo‘naltirilgan jismoniy tarbiya asosida talabalarni jismoniy takomillashtirishni optimallashtirish metodlarini ishlab chiqish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped83.
Ilmiy rahbar: Koshbaxtiev Il`dar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Yugay Lev Pavlovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, Iseev Shamil Tagirovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sportga yo‘naltirilgan jismoniy tarbiya asosida talabarni jismoniy takomillashtirishni optimallashtirish metodlarini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida mini-futbolni qo‘llash tuzilmasi takomillashtirilgan;
mini-futbol asosida talabalarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligini o‘z ichiga olgan sportga yo‘naltirilgan jismoniy tarbiya samaradorligi asoslangan;
ishlab chiqilgan modullar asosida mini-futbol bo‘yicha mashg‘ulotlarning tajribada asoslangan o‘quv dasturining (I modul individual taktik harakatlarni o‘rgatish va takomillashtirish, II modul o‘quv va o‘rtoqlik o‘yinlari, III modul maxsus mashqlar, mustaqil mashg‘ulotlar) samaradorligi tajribada asoslangan;
mini-futbol amaliy mashg‘ulotlari orqali talabalarning jismoniy tayyorgarligini oshirish metodi vaziyatli – o‘yin maydonida vaziyatni yaratuvchi shart-sharoitlar va holat uyg‘unligi hamda o‘qituvchi-talabaning axborot-kommunikatsion – bevosita muloqot va axborot almashish jarayoni kabi usullar bilan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sportga yo‘naltirilgan jismoniy tarbiya asosida talabalarni jismoniy takomillashtirishni optimallashtirish metodlarini ishlab chiqish bo‘yicha nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:
jismoniy tarbiyaga ixtisoslashmagan oliy o‘quv yurti talabalarining mini-futbol asosida sportga yo‘naltirilgan jismoniy tarbiyasi jarayonida qo‘llanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 29 yanvardagi 89-03-320-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning tezlik-kuch sifatlari 10%ga, o‘yin faoliyati 10,7%ga, kuch sifati 7%ga oshishiga xizmat qilgan;
jismoniy tarbiyaga ixtisoslashmagan oliy o‘quv yurtlari talabalarining jismoniy tarbiya jarayoniga tatbiq etilgan (“Futbol nazariyasi va uslubiyati” darsligi, ro‘yxatga olish raqami – 32-013). Natijada talabalarning jismoniy tayyorgarligi 10%ga yaxshilanishiga xizmat qilgan;
mini-futbol asosida sportga yo‘naltirilgan ijismoniy tarbiya dasturi (indivi-dual taktik harakatlarni o‘rgatish va takomillashtirish; o‘quv va o‘rtoqlik o‘yinlari; maxsus mashqlar, mustaqil mashg‘ulotlar moduli) talabalarning jismoniy tarbiya jarayoniga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 29 yanvardagi 89-03-320-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning kuch sifati 10-11%ga, chaqqonlik sifati 11-13%ga ortishiga xizmat qilgan;
mini-futbol amaliy mashg‘ulotlari orqali talabalarning jismoniy tayyorgarli-gini oshirish metodi amaliyotga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 29 yanvardagi 89-03-320-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning vaziyatli – o‘yin maydonida vaziyatni yaratuvchi shart-sharoitlar va holat uyg‘unligi hamda o‘qituvchi-talabaning axborot-kommunikatsion – bevosita muloqot va axborot almashish jarayoni takomillashishiga xizmat qilgan.