Artiqov Askar Akbarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malakali futbolchilarda texnik usullarning maqsadli aniqligini takomillashtirish metodikasi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped289.
Ilmiy rahbar: Abdiev Abdulla Nosirovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Xankel`diev Sher Xakimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Akramov Jasur Anvarovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: malakali futbolchilarda texnik usullarning maqsadli aniqligini takomillashtirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malakali futbolchilarning mashg‘ulotlari jarayonida texnik usullarning maqsadli aniqligini takomillashtirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan mashqlar hajmi aniqlangan;
texnik usullarning maqsadli aniqligini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ixtisoslashtirilgan mashqlardan foydalanish hamda ularni mashg‘ulotlar jarayonida bajarish sharoitlarini musobaqa o‘yin talablariga muvofiqlashtirish samaradorligi aniqlangan;
futbolchilar texnik usullarining maqsadli aniqligi turli darajadagi o‘yinlarda aniqlangan;
yuqori malakali futbolchilarda texnik usullarning maqsadli aniqligini takomillashtirish metodikasi ishlab chiqilgan va asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Malakali futbolchilarda texnik usullarning maqsadli aniqligini takomillashtirish metodikasi bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
“Lokomotiv” jamoasining tayyorgarlik jarayonlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 01-07-08-577-son ma’lumot-nomasi). Natijada “to‘pni olib qo‘yish” texnik usulining aniqligi 18,2% ga; o‘yin jarayonidagi “egallab olish” texnik usuli 26,6% ga; “havodagi yakkakurashlar” 27,9%; darvozaga zarba berish usulida esa 25,7% ga o‘sgan.
“Bunyodkor” yoshlar jamoasining o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 01-07-08-577-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘yin usullarining aniqligi 72,3% ga, aniq to‘p uzatishlar 24,5% ga, jarima maydoni tashqarisidan darvozaga zarba berishda 27,9% ga yaxshilanishiga xizmat qilgan;
“Paxtakor” yoshlar jamoasining tayyorgarligiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 01-07-08-577-son ma’lumot-nomasi). Natijada yuqori tezlikda to‘pni aniq uzatish usuli 7,3% ga, yuqori tezlikda harakatlanayotgan sherigiga aniq to‘p uzatish esa 14,6% ga, yuqori tezlikda harakatlanayotib xuddi shunday tezlikda harakatlanayotgan sherigiga to‘pni uzatish 10,4% ga oshgan;
O‘zbekiston “U-23” terma jamoasi o‘quv-mashg‘uotlar jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 01-07-08-577-son ma’lumotnomasi). Natijada “konstruksiyalaydigan” aniq uzatmalar 15,9% ga, “bosib o‘tadigan” uzatmalar 19,6% ga, “o‘tkir” uzatmalar 12,9% ga, “to‘pni egallab olish” 26,7% ga va darvozaga “zarbalar” 20,4% ga o‘sishiga xizmat qilgan.