Abdullaeva Guzal` Jaloliddinovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tuzga sezuvchan arterial gipertoniyaning, suv va tuzlar almashinuvini boshqaruvchi genlarning ishtirokidagi klinik va farmakogenetik tamoyillari», 14.00.06–Kardiologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Tib293.

Ilmiy maslahatchi: Xamidullaeva Gulnoz Abdusattarovna, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy medisina markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.26.04.2018.Tib.64.01.

Rasmiy opponentlar: Gadaev Abdigaffor Gadoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rozixodjaeva Gulnora Axmedovna, tibbiyot fanlari doktori; Abdullaeva Charos Abdudjalilovna, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Kardiologiya ilmiy-tadqiqot tibbiyot markazi federal davlat byudjet muassasasining A.L. Myasnikov nomidagi Klinik kardiologiya ilmiy-tadqiqot instituti (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi:  tuzga sezgirlikni va suv-tuz almashinuvida ishtirok etuvchi genlar polimorfizmini hisobga olgan holda tuzga sezgir arterial gipertoniyaning yurak-qon tomir remodellanishi jarayonlariga ta’sirini va antigipertenziv terapiya jihatlarini asoslashdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘zbek millatiga mansub AGli bemorlarda nishon a’zolarning ishonchli ifodalangan shikastlanishi, yaqqol chap qorincha gipertrofiyasi/disfunksiyasi va qon tomir endoteliysi disfunksiyasi rivojlanishi hamda tonggi sistolik va diastolik arterial bosim ko‘tarilishining yuqori tezligi tuzga sezuvchanlik bilan uzviy bog‘liqligi asoslangan;

tuz va suv almashinuvini ekspressiyalovchi genlarning (ADD-1, CACNA1c, EDNRA, CYP3A5) genotip va allelarining taqsimlanishi AGli bemorlarda ham sog‘lom shaxslarda, ham farqlanmaganligi aniqlangan, irsiylanishning genetik modellari asosida CYP3A5/G6986A geni polimorfizmining G-alleli o‘zbek millatiga mansub shaxslarda AGga moyillik omili ekanligi isbotlangan;

tuzga sezgir AGli bemorlarda CYP11V2/S-344T genining T-alleli va CACNA1/52797G>A genining A-allelining tuzga sezgir gipertoniya bilan shartlanishi, tuzga rezistent AGda tuzga sezgirlikka nisbatan ADD-1/G460T genining G-alleli o‘zbek populyasiyasida ishonchli ravishla ko‘p uchrashi asoslangan;

AGli bemorlarda indapamid va zofenopril bilan monoterapiyaga, shuningdek, perindopril/indapamid va indapamid/lerkanidipin bilan kombinatsiyali terapiyaga osh tuziga sezgirlik va rezistentlikni hisobga olgan holda differensial yondashuv ishlab chiqilgan;

AGli bemorlarda ADD-1/G460T geni G-alleli va CYP11B2/S-344T geni T-alleli tashuvchilarda indapamidning yuqori antiremodellovchi afzalliklari asoslangan hamda ASE/ID geni D-alleli va CYP11B2/S-344T geni T-alleli AGli bemorlarda zofenoprilning antigipertenziv va antiremodellovchi samaradorligini chegaralashi bilan shartlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

AGning klinik-gemodinamik jihatlarini tadqiq qilish va farmakoterapiyaning optimal rejalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

“Tuzga sezgir arterial gipertenziyali bemorlarda antigpertenziv terapiya tayinlashga differensial yondashuv” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 12 fevraldagi 8n-r/27-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan uslubiy tavsiyanomaning joriy etilishi tuzga sezgir AGni gipertoniklar orasida tashxislash usulini tatbiq qilish, davolashda indapamid qo‘llanilishining ijobiy samarasini ko‘rsatdi, bu esa AGli bemorlarda osh tuzini iste’mol qilishni cheklash bo‘yicha preventiv tadbirlarni o‘tkazish imkonini bergan;

tuzga sezgir AGning klinik-gemodinamik determinantlarini, erta diagnostika va farmakoterapiyani optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliy tibbiyotga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi, Toshkent viloyat kardiologik dispanseri, Sirdaryo  viloyat kardiologik dispanseri amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 23 martdagi 8n-d/53-son ma’lumotnomasi). Joriy etilgan natijalar tuzga sezgir AGni erta diagnostika qilishga, kasallikning klinik kechishini va asoratlar rivojlanishi xavfini o‘z vaqtida baholashga, davolash va kasallik profilaktikasiga samarali yondashishga, bemorlar hayot sifatini yaxshilashga metodik asos hisoblangan;

osh tuziga ta’m sezgirlik bo‘sag‘asini aniqlash asosida tuzga sezgir va rezistent AGni individuallashtirilgan differensial davolash amaliyotga, jumladan Sirdaryo va Toshkent viloyatlari kardiologik dispanserlari, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi konsul`tativ poliklinikasiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 12 fevraldagi 8n-r/27-son ma’lumotnomasi). Bunda indapamidning monoterapiyasi tuzga sezgir AGli bemorlarda, zofenoprilning monoterapiyasi tuzga rezistent AGli bemorlarda qo‘llanilishi maqsadli arterial bosimga erta erishish va davolashga ketgan mablag‘larni 20%ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish