Djabbarova Shaxnoza Akramjonovnaning
falsafa doktori (Phd) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Grunt to‘g‘onlarda nobarqaror fil`tratsiya intensivligiga suv o‘tkazuvchi inshootlar suv o‘tkazish qobiliyatining ta’siri (To‘polong suv ombori misolida)”, 05.09.06– Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3522
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bakiev Masharif Ruzmetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc. 03/30.12.2021.T.10.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Toshkent arxitektura va qurilish instituti, “Gidrotexnika va geotexnika muxandislik texnologiyasi” kafedrasi professori, t.f.d. Fayziev Xomitxon (05.09.06), O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti “Umumtexnika fanlari” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor Jonqobilov Ulug‘murod Umbarovich (05.09.07).
Yetakchi tashkilot - Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi suv o‘tkazish inshootlarining suv o‘tkazish qobiliyatini grunt to‘g‘on tanasidagi nobarqaror fil`tratsiya shakllanishiga ta’sirini baholash usulini ishlab chiqish va uni grunt to‘g‘onga ta’sirini bashoratlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
suv omborini bo‘shatish me’yorlari va suv sathi absolyut (mutloq) otmetkalari orasidagi o‘zaro bog‘liklik asosida suv o‘tkazish inshootlari suv o‘tkazish qobiliyatini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
tabiiy zichlikdagi hamda to‘g‘on tanasida yoki laboratoriyada yotqizish paytida zichlangan gruntlarning suv berish koeffisientini aniqlash uchun laboratoriya qurilmasi ishlab chiqilgan;
to‘g‘on parametrlari va grunt suv berish koeffisientini hisobga olgan holda, suv omboridagi sathning asta-sekin va bir zumda pasayishida, o‘zak, o‘tish zonalari va yuqori prizmadagi depressiya yuzasining pasayish tezligi bashorat qilingan;
o‘zak va o‘tish zonasi kontaktida chiqish gradientlarini, hamda nobarqaror fil`tratsiyani inobatga olib yuqori qiyalikning ustuvorligini aniqlash usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Laboratoriya qurilmasini takomillashtirish asosida, suv o‘tkazish inshootlari suv o‘tkazish qobiliyatini va to‘g‘on elementlarini hisoblash usullarini takomillashtirish asosida:
laboratoriya qurilmasining konstruktiv parametrlari takomillashtirilgan modeliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga (“Gruntning suv berish koeffisientini aniqlash uchun asbob” FAP01333) patent olingan. Natijasida zichlangan va zichlanmagan gruntning suv berish koeffisientini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
bo‘shatishning me’yoriy tezligiga qarab suv o‘tkazish inshootlari sig‘imini hisoblash usullari “O‘zbekgidroenergo” AJga tegishli “Gidroproekt” AJda joriy etilgan. (“O‘zbekgidroenergo” AJ ning 2023-yil 10-maydagi №06-41/1307-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, To‘polong suv omborining me’yoriy bo‘shatish tezligini hisobga olgan holda, suv o‘tkazish inshootlarining suv o‘tkazish qobiliyatini belgilash imkoniyati yaratilgan.
nobarqaror fil`tratsiya sharoitida depressiya yuzasining pasayish tezligini, chiqish gradientlarini, qiyalik barqarorligini hisoblash usullari “Gidroproekt” AJda joriy etilgan (“O‘zbekgidroenergo” AJ ning 2023-yil 10-maydagi №06-41/1307-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tadbiq etish loyiha bosqichida nobarqaror fil`tratsiya mavjud bo‘lgan grunt to‘g‘onining elementlarini hisoblash imkonini berdi.