Julamanova Dano Ikramovnaning

Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Arteriyalararo anastomoz qo‘yilgan Tetrada Fallo bemorlarni operatsiyadan keyingi davrda olib borish va davolash uslublarini mukamallashtirish», 14.00.37–Anesteziogiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib152.

Ilmiy rahbar: Ibadov Ravshan Alievich, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.28.02.2018.Tib.63.01.

Rasmiy opponentlar: Muxitdinova Xuriya Nuritdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sharipova Visolat Xamzaevna, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «Akademik E.N. Meshalkin nomidagi Milliy tibbiy tadqiqot markazi» federal davlat byudjet muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Fallo tetradasi mavjud bemorlarda o‘mrov osti-o‘pka anastomozini qo‘llash natijalarini operatsiyadan keyingi davrni standartlashtirish yo‘li bilan optimizatsiyalashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 

FT bilan bemorlarni operatsiyadan keyingi erta davrda olib borish takomillashtirilgan;

anastomoz giperfunksiyasi rivojlanish xavfini baholashda yurak faoliyati dinamikasi ayrim ko‘rsatkichlarining (Nakata indeksi, ChQ ODI, AQB, Ps, MVB) ahamiyati ochib berilgan;

O‘O‘Adan so‘ng erta davrda kichik qon aylanish doirasida gipervolemiya rivojlanishining klinik-patogenetik jihatlari aniqlangan;

anastomoz giperfunksiyasi rivojlanish xavfi va xirurgik amaliyot natijasining kriteriylari takomillashtirilgan;

arteriyalararo anastomoz shakllantirilgandan so‘ng yurak gemodinamikasiga boshqariluvchi turniket va boshqaruvchi manjetkaning ta’siri hamda FT bilan bemorlarni xirurgik davolashni optimallashtirish yo‘llari aniqlangan;

FT bilan bemorlarni palliativ operatsiyalardan so‘ng intensiv olib borishning davolash-diagnostika algoritmi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

FT bilan bemorlarda O‘O‘Adan so‘ng davolash taktikasini yaxshilashga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot natijalariga asosida:

«O‘mrov osti-o‘pka anastomozidan so‘ng Fallo tetradasi bilan bemorlarni olib borish taktikasini takomillashtirish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 22 fevraldagi 8n-r/35-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan usul, boshqariluvchi anastomoz va davolash-diagnostika algoritmi, O‘O‘Adan so‘ng FT bilan bemorlarni intensiv olib borishning standartlashtirilgan taktikasini tatbiq etish bemorlarning o‘pka sun’iy ventilyasiyasida bo‘lish va medikamentoz quvvatlash muddatlarini qisqartirish imkonini bergan;

O‘mrov osti-o‘pka anastomozidan so‘ng Fallo tetradasi bilan bemorlarni olib borishning davolash-diagnostika taktikasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 22 fevraldagi 8n-r/35-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar bemorlarni davolash sifatini 65%dan 78%gacha yaxshilash imkonini bergan;

O‘O‘Adan so‘ng FT bilan bemorlar diagnostikasi va davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha tadqiqot ishining olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, jumladan, Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Namangan viloyat Kardiologiya markazi, Andijon davlat tibbiyot instituti yurak-qon tomir xirurgiyasi bo‘limi amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 22 fevraldagi 8n-r/35-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. O‘O‘A giperfunksiyasi rivojlanganida gemodinamik oqibatlarni bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan intensiv davo kompleksini shuntda qon oqimini boshqarish imkoniyati bilan birgalikda qo‘llash qayta operatsiyaga muhtojlikni 7,9%dan 1,3%ga hamda o‘lim ko‘rsatkichi chastotasini 2,1% dan 0 ga tushirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish