Abduraximova Anoraxon Rustamboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tola sifati IV tipga mos hosildor va moydorligi yuqori  g‘o‘za navlarini yaratish (Farg‘ona vodiysi sharoitida)”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Qx1062.
Ilmiy rahbar: Egamov Xusanboy, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSs.05/04.03.2022.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmonqulov Murod Said-Akbarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Axmedov Djamolhon hodjahonovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona vodiysi tuproq-iqlim sharoitlariga mos tezpishar, IV-tip tola beradigan, hosildor, moydorligi yuqori bo‘lgan g‘o‘zaning o‘rta tolali yangi navlarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysi sharoitida kelib chiqishi xar xil bo‘lgan navlarni o‘zaro chatishtirish orqali turli irsiyatga ega bo‘lgan tizmalar yaratilib, ushbu tizmalar orasidan tezpishar, tolasi IV tipga xos qimmatli-xo‘jalik belgilariga ega bo‘lgan T-14, T-17, T-30 va T-76 tizmalar ajratib olingan;
tola uzunligini mahsuldorlik bilan o‘zaro bog‘liqligi (r=0,51-0,54), tola chiqimi bilan (r=0,44-0,47),  tola indeksi (r=0,31-0,33), 1000 dona chigit vazni  (r=0,26-0,28) va tezpisharlik bilan korrelyasion bog‘liqligi (r=-0,04-0,17) aniqlangan;
T-17 asosida geografik jixatdan uzoq bo‘lgan tizmalararo murakkab duragaylash uslubi orqali G. hirsutum L. turiga mansub “SP-204” yangi navi yaratilgan;
T-76 asosida duragaylash orqali IV tipga xos hosildor, moydorligi yuqori bo‘lgan g‘o‘zaning o‘rta tolali  yangi “SP-206” navi yaratilgan;
kelib chiqishi xar xil bo‘lgan tizmalar orasidan T-30 asosida ota-ona shakllariga nisbatan ijobiy belgi-xususiyatlarga ega bo‘lgan g‘o‘zaning yangi “Andijon-Ziyo-2” navi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona vodiysi sharoitida g‘o‘zaning tolasi IV tipga mos hosildor, moydorligi yuqori navlarini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning natijalari asosida:
g‘o‘zaning tolasi IV tipga mos, hosildorligi va moydorligi yuqori bo‘lgan T-14, T-76, T-30 tizmalarning genotipi boyitilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 16 dekabrdagi №07/21-9429-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ajratib olingan ushbu tizmalarning 5-6 kunga ertaroq pishishi (115-117 kun), hosildorligi andoza Andijon-35 naviga nisbatan 4-5 s/ga, tola chiqishi 1,0-1,5 foizga, tolaning shtapel uzunligi 1,5-2,0 dyuymga, chigitining moydorligi 2-3 foizga, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni 6,0 gramga, 1000 dona chigit og‘irligi 110 gramga yuqori bo‘lgan;
duragaylash uslubi orqali olingan T-76 tizmasi asosida o‘rta tolali “SP-206” navi (NAP 00426-raqamli patent) yaratilgan va Andijon viloyatining Andijon tumanidagi “Oltin er saxovati” fermer xo‘jaligida 11,0 gektar maydonga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 16 dekabrdagi №07/21-9429-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Farg‘ona viloyati tuproq-iqlim sharoitiga mos holda yaratilgan zararkunandalarga bardoshli, hosildor “SP-206” navining moydorligi 22 % ni, tezpisharligi 115-117 kun ni, bitta ko‘sakdagi paxta vazni 6,1-6,5 gramni, tola chiqimi 36,0-38,0 % ni, mikroneyr ko‘rsatkichi 4,2-4,3, tolaning shtapel uzunligi 1,34-1,35 dyuymni, tolaning nisbiy uzilish kuchi 33,0 gk/teks ni, paxta hosili 37,2 s/ga ni tashkil etgan;
T-17 tizmasi asosida o‘rta tolali “SP-204” navi (NAP 00364-raqamli patent) yaratilgan va Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining Andijon ilmiy-tajriba stansiyasi tajriba maydonida 9,5 gektar hamda Farg‘ona ilmiy-tajriba stansiyasining 15,0 gektar tajriba maydonlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 16 dekabrdagi №07/21-9429-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘zaning o‘rta tolali “SP-204” navining o‘suv davri 118-119 kun, determinant shaklda ekanligi, bir dona ko‘sakdagi paxta xom ashyosini vazni 6,2-6,4 g,  hosildorligi  42,3-43,8 s/ga, tolaning uzunligi 34,5-35,0 mm, mikroneyri 4,3-4,4, tolasining shtapel` uzunligi 1,19-1,20 dyuym, tolaning nisbiy uzulish kuchi 33,1-34,0 gk/teks, tola chiqimi 38,8-39,9%, 1000 dona chigit vazni 108-110 gramni tashkil etgan;
T-30 tizmasi asosida g‘o‘zaning o‘rta tolali “Andijon-Ziyo-2” yangi navi yaratilgan va Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti o‘quv tajriba xo‘jaligida yangi nav sifatida 2,0 ga maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 16 dekabrdagi №07/21-9429-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Andijon-Ziyo-2” navining o‘suv davri 117-118 kun, bir dona ko‘sakdagi paxta xom ashyosini vazni 6,0-6,6 g., o‘rtacha hosildorligi 38-42 s/ga, 1000 dona chigit vazni 115-120 g, tolaning yuqori shtapel uzunligi 1,17-1,19 dyuym, mikroneyr 4,4-4,5 ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish