Shukurova Sevara Egamkulovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uyg‘unlashgan damba bilan bir tomonlama siqilgan oqim qonuniyatlari», 05.09.06–Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/T536.

Ilmiy rahbar: Bakiev Masharif Ruzmetovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.27.06.2017.T.10.02.

Rasmiy opponentlar: Muradov Rustam Anvarovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Ikramova Malika Raximberdievna, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: uyg‘unlashgan dambalar konstruksiyalarini, uyg‘unlashgan damba bilan siqilgan oqimning gidravlik parametrlarini hisoblash usullarini  takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

uyg‘unlashgan dambalarni hisoblash usullari turbulent struyalar nazariyalarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;

qirg‘oqlarni samarali himoya qilish maqsadida uyg‘unlashgan damba konstruktiv parametrlari takomillashtirilgan;

o‘zgarmas, o‘zgaruvchan, pog‘onali, ko‘milgan qismli va takomillashtirilgan konstruksiya bilan siqilgan oqimning dinamik o‘qi og‘ishini hisoblash usuli oqimning gidravlik parametrlari asosida takomillashtirilgan;

uyg‘unlashgan damba va o‘zan siqilmagan qismining suv o‘tkazish qobiliyatini aniqlash usuli oqimning gidravlik parametrlari asosida takomillashtirilgan;

uyg‘unlashgan dambalar bilan siqilish zonasida siqilgan oqimning gidravlik parametrlarini hisoblash usullari suv o‘tkazadigan qismlardagi oqimning turli kinetiklik darajasi, bo‘ylama va ko‘ndalang nishabliklarni inobatga olib takomillashtirilgan;

suv o‘tkazadigan qismlari o‘zgaruvchan, pog‘onali va suv chiqaradigan qismli uyg‘unlashgan dambalar tomonidan siqilgan oqim taralishini hisoblash usuli oqimning gidravlik parametrlari asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Uyg‘unlashgan damba bilan bir tomonlama siqilgan oqim usullarini takomillashtirish asosida:

daryo qirg‘oqlarini himoya qiluvchi va o‘zanlarni rostlovchi konstruktiv parametrlari takomillashtirilgan uyg‘unlashgan damba konstruksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan foydali modelga patent olingan («Qirg‘oqni himoyalovchi shpora», №FAP 00925-2014 y.). Natijada daryo qirg‘oqlarini yuvilishdan samarali himoya qilish imkoni yaratilgan;

uyg‘unlashgan damba va o‘zan siqilmagan qismining suv o‘tkazish qobiliyatini hisoblash usuli, suv o‘tkazadigan qismlari o‘zgaruvchan, pog‘onali va suv o‘tkazadigan qismli uyg‘unlashgan dambalar bilan siqilgan oqim taralishini hisoblash usuli Qishloq va suv xo‘jaligi tasarrufiga kiruvchi «O‘zsuvta’mirfoydalanish» respublika birlashmasiga qarashli Qirg‘oqlarni himoyalash dambalari va o‘zanlarni tartibga solish inshootlari boshqarmasiga, Quyi-Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli Karamazi-Qilichbay irrigatsiya tizimlari boshqarmasiga o‘zanlarni rostlashda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 19 dekabrdagi 04/30-1359-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zan holatiga mos bo‘lgan qirg‘oqlarni yuvilishdan himoya qilish inshootini qurish natijasida daryo qirg‘oqlarining yuvilmasligini ta’minlash imkoni yaratilgan;

uyg‘unlashgan dambaning yaratilgan takomillashtirilgan konstruksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasarrufidagi «Davsuvxo‘jaliknazorat» respublika inspeksiyasining taqdimnomasiga binoan «Andijon loyiha-qidiruv ekspedisiya»sida tatbiq etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 19 dekabrdagi 04/30-1359-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining joriy etilishida Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi harbiy qism zonasida Sirdaryo daryosi qirg‘og‘ining yuvilishidan himoya qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish