Adilxodjaev Sherzod Shuxratovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida byudjet nazoratini amalga oshirishning huquqiy va institusional mexanizmlarini takomillashtirish», 12.00.02–Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Yu179.

Ilmiy rahbar: Malikova Gulchexra Rixsixo‘jaevna, yuridik fanlar doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.27.06.2017.Yu.23.01.

Rasmiy opponentlar: Selimanova Svetlana Mixaylovna, yuridik fanlar doktori; Raximov Abdumannob Ko‘zievich, yuridik fanlar nomzodi.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi  

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida byudjet nazoratini ta’minlash bilan bog‘liq huquqiy va institusional mexanizimlarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

yuridik javobgarlik tizimida ma’muriy, jinoiy, fuqarolik javobgarliklari bilan bir qatorda, moliyaviy-huquqiy javobgarlikni ham kiritish asoslangan;

Hisob palatasining vakolati, huquq va majburiyatlarini qonun darajasida reglamentatsiya qilish maqsadida Hisob palatasi va uning vakolatlari to‘g‘risidagi normani O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga kiritish asoslangan;

O‘zbekiston Respublikasi G‘aznachilik, uning vakolatlarini, huquq va majburiyatlari to‘g‘risidagi normani Byudjet kodeksiga kiritish asoslangan;

mamlakatimizning xalqaro moliya majburiyatlarini milliy qonunchilik bilan muvofiqlashtirish maqsadida davlat moliya va kredit majburiyatlar to‘g‘risidagi normalarni Byudjet kodeksiga kiritish asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekiston Respublikasida byudjet nazoratini amalga oshirishning huquqiy va institusional mexanizmlarini takomillashtirish  tadqiqoti bo‘yicha  olingan ilmiy natijalar asosida:

Hisob palatasi va uning davlat moliya nazorat bo‘yicha amalga oshiradigan vakolatlari to‘g‘risidagi taklif Byudjet kodeksining 174-moddasida   o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2018 yil 7 maydagi  04/1-28-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi qonun doirasida davlat byudjeti nazoratini amalga oshirishda Hisob palatasining vakolatlarini belgilash va tartibga solishga imkon bergan;

yuridik javobgarlik tizimida ma’muriy, jinoiy, fuqarolik javobgarliklari bilan bir qatorda moliyaviy-huquqiy javobgarlik kiritilishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif Byudjet kodeksining 28-bobidagi 187-moddada byudjet intizomini buzish, 188-moddada smeta-shtat intizomini buzish, 189-moddada byudjet hisobini va moliyaviy hisobotni yuritish tartibini buzish hamda 192-moddada byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik kiritilishi bilan o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi 2018 yil 7 may  04/1-28-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif moliyaviy-huquqiy javobgarlikning joriy etilishi byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishining oldini olish va bu huquqbuzarlik uchun qonun doirasida javobgarlikka tortish mexanizmlarini tartibga solishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish