Ochilova Mexriniso Razokovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz va o‘zbek tillarida raqs va musiqa terminlar elektron lug‘atini yaratishning lingvistik asoslari», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2284.
Ilmiy rahbar: Toirova Guli Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Fazilat Shukurovna, filologiya fanlari doktori, professor; Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddinovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz-o‘zbek tillarda raqs va musiqa terminlar elektron lug‘atini yaratishning lingvistik asoslarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillari musiqa va xoreografiya (raqs) terminosistemasida inson kognitiv va madaniy-lisoniy faoliyatining verballashuvi natijasida yuzaga keladigan neologizm va okkazionalizmlar semantik-pragmatik aspektda polisemiya, omonimiya, sinonimiya qonuniyatlari doirasida mantiqiy qiymat kasb etishi isbotlangan;
inglizcha-o‘zbekcha musiqa va xoreografiya (raqs) terminlar elektron lug‘ati tuzishning shartlari, parametrlari, yaratilgan usullari, shakllantirilgan ma’lumotlar bazasi soha ma’lumotlarini almashish va izohlash, terminlar o‘rtasidagi munosabatlarni tavsiflash, sohaga oid so‘z tanlash va dalillash kabi zamonaviy leksikografik tamoyillar asosida namoyon bo‘lishi dalillangan;
qiyoslanayotgan tillaridagi musiqa va xoreografiya (raqs) terminlarining semantik (ma’no) jihatlari genetik-kulturologik, ijtimoiy-tarixiy va lisoniy-madaniy omillar ta’sirida shakllanganligi va ushbu jarayonda ikki tilli terminlar elektron lug‘at shunchaki tasvirlovchi «illyustrativ material» bo‘lmay, o‘zbek xalqining ruhiyati, san’ati va madaniyati haqida tasavvur hosil qiluvchi manba sifatida xizmat qilishi asoslangan;
qiyoslanayotgan tillar milliy korpusining leksik-semantik munosabatdosh birliklar bazasini yaratish, milliy korpus asosida parallel tillar korpusini takomillashtirish tarjima lug‘atlari hamda o‘zbek tili milliy korpusi o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlik qonuniyatlari doirasida shakllanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz-o‘zbek tillarda raqs va musiqa terminlar elektron lug‘atini yaratishning lingvistik asoslari jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillari musiqa va xoreografiya(raqs) terminosistemasida inson kognitiv va madaniy-lisoniy faoliyatining verballashuvi natijasida yuzaga keladigan neologizm va okkazionalizmlar semantik-pragmatik aspektda polisemiya, omonimiya, sinonimiya qonuniyatlari doirasida mantiqiy qiymat kasb oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda F–1-FA-0-13229 raqamli “Hozirgi qaraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 19-maydagi 216/1-son ma’lumotnomasi). Natijada ikki tilli elektron lug‘atni yaratish tamoyillari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari shakllantirilib, tarjima leksikografiyasiga oid materiallar va xulosalar o‘zbek lug‘atchiligi uchun muhim ilmiy-nazariy asos bo‘lib, ularning ilmiy tajribasi boyitilgan;
inglizcha-o‘zbekcha musiqa va xoreografiya(raqs) terminlar elektron lug‘ati tuzishning shartlari, parametrlari, yaratilgan usullari, shakllantirilgan ma’lumotlar bazasi soha ma’lumotlarini almashish va isohlash, terminlar o‘rtasidagi munosabatlarni tavsifsash, sohaga oid so‘z tanlash, ularni izohlash va dalillashda zamonaviy leksikografik tamoyillar asosida namoyon bo‘lishiga oid nazariy va amaliy materiallardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018 yillarda amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va halqarolashtirish” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 19-dekabrdagi 3640/30.02.01- son ma’lumotnomasi). Natijada inglizcha-o‘zbekcha terminlar elektron lug‘atining takomillashuviga xizmat qilgan;
qiyoslanayotgan tillaridagi musiqa va xoreografiya(raqs) terminlarining semantik (ma’no) jihatlari genetik-kul’turologik, ijtimoiy-tarixiy va lisoniy-madaniy omillar ta’sirida shakllanganligi va ushbu jarayonda ikki tilli terminlar elektron lug‘at shunchaki tasvirlovchi «illyustrativ material» bo‘lmay, o‘zbek xalqining ruhiyati, san’ati va madaniyati haqida tasavvur hosil qiluvchi manba sifatida xizmat qilishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Dolzarb mavzu”, “Intervyu plyus”, “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza” kabi turkum ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 13-sentyabrdagi №1/237-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashuvi haqidagi ma’lumotlar radiokanal ijodiy jamoasining mavzu doirasida chuqurroq mulohaza yuritishi uchun zamin yaratilgan.