Karimov Ma’rufjon Mamirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“Abdulla Qodiriy “O‘tkan kunlar” romanining inglizcha tarjimalarida tasviriy vositalarning lingvokulturologik tadqiqi (sinekdoxa, o‘xshatish va kinoya misolida)” mavzusi; 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil1146.
Ilmiy rahbar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Shaxobitdinova Shoxida Xashimovna, filologiya fanlari doktori, professor, Abduvaliev Muhammadjon Arabovich filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi A.Qodiriy “O‘tkan kunlar” romanining inglizcha tarjimalarida leksik-stilistik bo‘yoqdorlikni saqlash, aks ettirish hamda qayta tiklash muammolarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy matnga xos konnotativ ma’noga ega leksik birliklarning tag ma’nolarini izohlab ko‘rsatish, asliyat matnidagi ma’nolariga mos ekvivalentlarni topisfh sabablariga ko‘ra badiiy, implikasiya va eksplikatsiya amallari vositasida tarjima qilish samaradorligi asoslangan;
badiiy matnning pragmatik qiymatini tarjimada qayta yaratishda asliyat matnidagi tasviriy vositalarning o‘quvchiga tushunarli bo‘lishi maqsadida leksik-semantik va lingvokulturologik omillarning ustuvorligi ochib berilgan;
sinekdoxa, o‘xshatish, kinoya ifoda vositalari badiiy matnda qo‘llanishining kognitiv, pragmatik, lingvomadaniy jihatlarini yoritib berish asnosida konseptual-pragmatik asoslari aniqlangan;
sinekdoxa, o‘xshatish hamda kinoya stilistik vositalarini tarjima qilish tuzilmalari ishlab chiqib, ularning stilistik xususiyatlarini tarjimada analogiya, dominant leksika asosida aks ettirish usullari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Abdulla Qodiriy “O‘tkan kunlar” romanining inglizcha tarjimalarida tasviriy vositalarning lingvokulturologik tadqiqi mavzusida olib borilgan tadqiqot asosida:
badiiy matnga xos konnotativ ma’noga ega leksik birliklarning tag ma’nolarini izohlab ko‘rsatish, asliyat matnidagi ma’nolariga mos ekvivalentlarni topish sabablariga ko‘ra badiiy, implikasiya va eksplikatsiya amallari vositasida tarjima qilish samaradorligi o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish kabi ilmiy xulosalardan Andijon davlat universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F1-18-raqamli “Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida foydalanilgan va o‘quvchiga tasviriy vositalar pragmatik tarjimasining muhim usullarini, roman tarjimalari mohiyatini o‘quvchiga pragmatik etkazish usullarini ko‘rsatib berishga xizmat qilgan (Andijon davlat universiteti 2023-yil 28-yanvardagi 39-01-248-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ommaviy nutqiy madaniyatni shakllantirishga doir aniq diskurslarga doir tavsiyalarining nazariy asosi ta’minlangan;
badiiy matnning pragmatik qiymatini tarjimada qayta yaratishda asliyat matnidagi tasviriy vositalarning o‘quvchiga tushunarli bo‘lishi maqsadida leksik-semantik va lingvokulturologik omillarning ustuvorligi kabi masalalar borasidagi tadqiqot natijalarida Farg‘ona davlat universitetida 2020-2022-yillarga mo‘ljallangan UZ800-20-GR-0040 “2020 Access Microscholarship Program Fergana State University” xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universiteti 2023-yil 5-apreldagi 01-13-34-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim va madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy ishlar yanada samarali tashkil etilgan;
sinekdoxa, o‘xshatish, kinoya ifoda vositalari badiiy matnda qo‘llanishining kognitiv, pragmatik, lingvomadaniy jihatlarini yoritib berish asnosida konseptual-pragmatik asoslarini ilmiy tadqiq etishga doir natijalaridan Andijon viloyat televideniyasi muharririyati tomonidan tayyorlangan “Assalom Andijon”, “Xazinamsan kitob” ko‘rsatuvlari senariysini tayyorlashda (2021-2022-yillar davomida) foydalanildi. (Andijon viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 17-fevraldagi 01-24/14 - son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tarjimachiligi va uning taraqqiyot tendensiyalari, shu bilan birga badiiy tarjima va unda milliy o‘ziga xoslikning ifodalanishi haqida ma’lumot berildi, natijada teletomoshabinlar tarjimashunoslik va adabiyotshunoslik borasidagi yangiliklardan xabardor bo‘lishda ilmiylik mezoni ta’minlandi.