Xoshimxo‘jaeva Moxirux Muzaffarovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Olamning lisoniy tasvirida fitonimlar (ingliz, rus va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil85.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Univesiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.

Rasmiy opponentlar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Kayumova Venera Favarisovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: fitonimik leksik birliklarning semantik-motivatsion nominatsiyasi qonuniyatlari va ingliz, rus, o‘zbek olam lisoniy tasvirining shakllanishidagi o‘rni hamda ularning mushtarak va farqli tomonlarini yoritib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

«Shakl», «Lokativ», «Funksional foydalalish», «Rang», «Tekstura», «Vaqt», «Ta’m», «Miqdor», «O‘sish yo‘llari», «Hid», «Tovush» tushunchalari asosida  ingliz, rus va o‘zbek tillari fitonimik leksikasida motivatsiyaning tipologiyasi ishlab chiqilgan;

maxsus etnomarkerlangan leksik-semantik doiralarda ingliz, rus va o‘zbek fitonimlarining til tashuvchilari tafakkurida o‘simlik haqidagi bilimlarning qayd etilishi bilan bog‘liq asimmetriya asoslab berilgan;

ingliz, rus va o‘zbek tillari fitokomponentli frazeologizmlarining  inson tafakkuri va madaniyati bilan bog‘liq konseptual-ideografik va konnatatsion xususiyatlari aniqlangan;

qiyoslanayotgan tillar fitokomponentli frazeologizmlari tarkibida o‘simlik va uning xususiyatlari til tashuvchilari uchun ramzlar, estetik etalonlar va atrof-muhit haqidagi ma’lumotlar konseptualizatsiyasi uchun kategoriyalar vazifasini bajarishi dalillangan;

fitonimlar va fitokomponentli frazeologik birliklar ingliz, rus va o‘zbek lisoniy olam tasvirida aks etishi ekstralingvistik omillar – madaniyat, tarix, mentalitet, georafik joylashuv va bioxilma-xillik bilan belgilanishi  isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Olamning lisoniy tasvirida fitonimlarning tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

fitonimlar – o‘simliklar nomlari to‘g‘risida keltirilgan motivologik ma’lumotlar VA-KXF-5-008 raqamli «Pomidor kuyasi (Tuta absolula)ning tarqalish areali, zarar keltiradigan o‘simlik turlari hamda zarar keltirish darajasi» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining  2018 yil 2 fevralidagi 02/21-81-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘simliklar nomlari to‘g‘risida keltirilgan motivologik ma’lumotlar loyiha mazmunini etnobotanik havolalar bilan to‘ldirilishiga xizmat qilgan;

fitonimlar – o‘simliklar nomlarining ilmiy nomi (binar tizimda turkum va tur nomi ko‘rinishida) va lisoniy birlik sifatida (xalq nomlari tizimida faqat turkum nomi ko‘rinishida) ishlatilishi hamda shevaga xos ekvivalentlari va ushbu nomlar o‘rtasidagi farqlar borasidagi xulosalar O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutida Koreya respublikasining Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish (RDA) tashkiloti bilan hamkorlikda bajarilgan «Qishloq xo‘jalik ekinlari namunalarini yig‘ish, urug‘lar unuvchanligini qayta tiklash va birlamchi baholash» mavzusidagi xalqaro loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining  2018 yil 2 fevralidagi 02/21-81-son ma’lumotnomasi). Ushbu xulosalar Koreya qishloq xo‘jalik ekinlari va navlarining tavsiyanomasini yoritishda nomlarni aniq va to‘g‘ri keltirilishiga xizmat qilgan;

ingliz tili fitonimlarining motivatsion belgilarga ko‘ra tahlili natijasida olingan motivatsion-nominativ xususiyatlari borasidagi  xulosalardan «Dunyo bo`ylab» telekanalida «Children and nature» singari turkum ko‘rsatuvlarni tayyorlashda  foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 2017 yil 9 avgustidagi 08-14-351-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar yosh tomoshabinlarga ingliz tilini o‘rgatish jarayonida tabiatning bir qismi bo‘lgan o‘simliklarning ingliz tili tashuvchilari til olamida tasvirlanishi haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan teleko‘rsatuv mazmunini boyitishga xizmat qilgan;

dissertatsiya doirasida yaratilgan «Plantarium» o‘simliklar nomlarining elektron lug‘ati Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 2 fevralidagi 02/21-81-son ma’lumotnomasi). Natijada institutda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarida chet el adabiyotlarini sharhlashda, matnlarni ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida, ayrim o‘simliklar nomlarining nafaqat inglizcha balki ruscha, lotincha va mahalliy nomlarini aniqlashda asos bo‘lgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish