Li Didining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va xitoy badiiy matnlarida metaforalarning kognitiv tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1510.
Ilmiy rahbar: Normurodova Nozliya Zarilovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Nursultan Djusupov Mahanbaetovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xoliqov Bahodir  Aliqulovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz va xitoy badiiy matnlaridagi metaforik ifodalardan konseptual metaforalarning ishlash mexanizmini tekshirish va  konseptual integratsiya nazariyasi va metaforani ingliz va xitoy tillaridagi konseptual metaforalarning o‘xshash va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xitoy va ingliz tillari (badiiy matnlarida)dagi konseptual metaforalarning semantik-stilistik, kognitiv, pragmatik, madaniy o‘zaro tarixiy, diniy, siyosiy tamoyillarning farqli va o‘xshash jihatlari aniqlanib, kontekstual va madaniy omillarning konseptual metaforalarning shakllanishi va talqiniga til va madaniyatning milliy tafakkur tarzi va ijtimoiy-madaniy xususiyatlarini ta’sir qilishi aniqlash orqali madaniy fonlarning ahamiyati dalillangan;
 konseptual metafora bilimning turli turlari va shakllarini ifodalashi, lingvistik va ekstralingvistik (ensiklopedik), jamoaviy va individual (subektiv-baholovchi), ma’lum – noma’lum (yangi, paydo bo‘lgan), aniq - yashirin (taxmin qilingan)   o‘lchovlarni o‘z ichiga olishi aniqlangan;
konseptual metaforalar kognitiv va lingvistik mexanizmlar, interkonseptual tuzilish va assotsiativ faollashuv tomonidan boshqariladigan izohlash salohiyati bilan ifodalanadigan lingvistik belgilar sifatida qaralishi isbotlangan;
 ingliz va xitoy badiiy matnlarida metaforalarning yangi konseptual xususiyatlarining integratsiya jarayoni ikki xil konseptual soha o‘rtasidagi semantik ziddiyatlarni,  konseptual xaritalash va konseptual integratsiyani o‘z ichiga olgan kognitiv munosabatni ko‘p makonli loyihalash orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va xitoy badiiy matnlarida konseptual metaforalarni kognitiv o‘rganish natijasida olingan ilmiy xulosalar asosida:
talabalarning madaniy kompetentliligini rivojlantirish imkoniyatlari universal - kasbiy, umumkasbiy va maxsus kompetensiyalarni, autentik manbalarga bo‘lgan ijodiy munosabatiga aloqadorligini barqaror ta’minlash hamda milliy madaniyat qomusiy bilimlariga moslashtirish asosida takomillashtirishga oid ilmiy xulosalardan  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2023-yillarda bajarilgan IL-52-tur-21091433 raqamli  “O‘zbek milliy madaniyatiga xos atamalarga oid maqolalar bazasini yaratish (Vikipediya elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida)” mavzusidagi loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 26-iyundagi 01/6-1282-son ma’lumotnomasi). Natiajada badiiy matnlarda konseptual metaforalarni kognitiv tadqiq qilishning ilmiy-nazariy xulosalar kognitiv tilshunoslikdagi konseptual metaforalar hamda metaforaning kognitiv va madaniy nazariyasi haqida yangi tushunchalarni anglashga imkon bergan va bu bilan bog‘liq yangi faktlar ilmiy istifodaga olib kirilgan;
konseptual metafora tamoyili asosida konseptual integratsiya nazariyasi kognitiv mexanizmining munosabati yoritilganligiga doir ilmiy  xulosalardan  2022-yil Xitoyning Tyanshuy Normal Universitetida bajarilgan “隐喻意识与英语词汇教学 (Metaforani anglash va ingliz tilidagi lug‘atni o‘rgatish)”  nomli loyihada foydalanilgan (Xitoy Xalq Respublikasi Tyanshu universitetining 2022-yil 26-dekabrdagi 8-422-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha kognitiv tendensiyalarga oid yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan;
metafora va madaniyatni o‘zaro bog‘liqligi, badiiy matnlarda uyg‘unlashib, milliy madaniyat talqinining muhim ko‘rinishi ekanligi haqidagi faktologik manbalarga asoslangan ishonchli ma’lumotlar va xulosalardan Xitoyning Tyanshu Normal universitetida bajarilgan  “中英文跨学科文学鉴赏教学 (Xitoy va ingliz tillarida fanlararo qadrlashni o‘qitish)” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Xitoy Xalq Respublikasi Leshan Normal universitetining 2023-yil 20-martdagi 7-752-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ingliz va xitoy badiiy matnlaridagi konseptual metaforalarni o‘rganish badiiy asarni anglash kursini o‘rgatish uchun foydali bo‘lib, bu talabalarning adabiyotni tushunish qobiliyatini oshirish va madaniy bilimlarini rivojlantirishga oid  bilimini yangi ma’lumotlar bilan boyishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish