Azizov Baxram Muzaparovichning

fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘oriladigan sharoitda bug‘doyningurug‘lik va texnologik sifat ko‘rsatkichlarini takomillashtirish», 06.01.08–O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Qx41.

Ilmiy maslahatchi: Atabaeva Xalima Nazarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.

Rasmiy opponentlar: Siddiqov Ravshanbek Inomjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Teshaev Fatullo Jo‘raqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Bobomirzaev Pirnazar Xursanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon viloyatining o‘tloqi bo‘z va Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida turli kuzgi bug‘doy navlarining urug‘lik va texnologik sifat ko‘rsatkichlarini oshirishni ta’minlaydigan etishtirish texnologiyalarini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk borsug‘oriladigan bo‘z tuproqlar sharoitida Davlat reestriga kiritilgan yumshoq bug‘doy navlarining biologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda donning urug‘lik va texnologik sifat ko‘rsatkichlarini oshirishning texnologik elementlari maqbullashtirilgan;

markaziy mintaqa sharoitida turli stress omillarni, mineral oziqlantirish usullari va me’yorlarini, ekish muddati va me’yorini bug‘doyning urug‘lik sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan;

urug‘ sifatini kuzgi bug‘doyning o‘sishi, rivojlanishi, hosil elementlarining shakllanishi, don hosildorligi va sifatiga ta’siri ilmiy asoslangan;

sug‘oriladigan bo‘z tuproqli erlarda kechki azotli oziqlantirishni kuzgi bug‘doy navlarida don hosildorligining shakllanishi va donning texnologik sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan va eng maqbul oziqlantirish me’yor va muddatlari ishlab chiqilgan;

sug‘oriladigan sharoitda birinchi marta kuzgi bug‘doyni ildizdan tashqari oziqlantirishning donning texnologik sifat ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’siri o‘rganilib, karbomid suspenziya eritmasi qo‘llashni maqbul muddat va me’yorlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Sug‘oriladigan sharoitda bug‘doyning urug‘lik va texnologik sifat ko‘rsatkichlarini takomillashtirish  bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasi  asosida:

g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklar uchun «Sug‘oriladigan sharoitda kuzgi bug‘doy etishtirish texnologiyasi bo‘yicha tavsiyanoma», «Kuzgi bug‘doyni ildizdan tashqari oziqlantirish bo‘yicha tavsiyalar» ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 20 oktyabrdagi 02/21-549-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyalar g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida don hosilini oshirishda keng qo‘llanilgan;

kuzgi bug‘doyni ildizdan tashqari oziqlantirish texnologiyasi Toshkent viloyatining Yuqori chirchiq tumanida «Tangiberdi ota» fermer xo‘jaligida 49 gektar, «Muazzam tadbirkor» fermer xo‘jaligida 53 gektar, «Raximjon tadbirkor» fermer xo‘jaligida 37,5 gektar, «Xusanov Shokirali» fermer xo‘jaligida 44,9 gektar va O‘rta Chirchiq tumani «Voxidjon agro» fermer xo‘jaligida 16,5 gektar, «Ulug‘bek fayz agro» fermer xo‘jaligida 30 gektar, «Istiqlol Geo agro» fermer xo‘jaligida 34 gektar, jami viloyat bo‘yicha 265 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 20 oktyabrdagi 02/21-549-son ma’lumotnomasi). Natijada kuzgi bug‘doy ildizdan tashqari oziqlantirilganda fermer xo‘jaliklarida don hosildorligi oshishi bilan birga don tarkibidagi oqsil miqdori 1-3 foizga, kleykovina miqdori 2-3 foizga ortishi aniqlangan;

kuzgi bug‘doyning urug‘lik va texnologik sifat ko‘rsatkichlarini oshirishni ta’minlovchi  maqbul ekish muddatlari, me’yori, sug‘orish tartibi va suspenziya qo‘llash texnologiyalari 265 gektar g‘alla maydoniga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 20 oktyabrdagi 02/21-549-son ma’lumotnomasi); Natijada kuzgi bug‘doyning umumiy barg sathining ortishi, fotosintez jarayonining jadallashishi kuzatilgan hamda gektaridan o‘rtacha 73,4 sentner don hosili olingan, iqtisodiy samardorlik o‘rtacha 2,1 mln. so‘m va rentabellik darajasi 81 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish