Saydullaev Bahodir Jo‘raevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “CR-39 izli detektor bilan suyak qoldiqlari va odam sochlaridagi 222Rn va 226Ra ni aniqlash usulini ishlab chiqish”, 01.04.01 – Eksperimental fizikaning asboblari va usullari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4064
Ilmiy rahbar: Vasidov Abdisamat, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponetlar:
Radjapov Sali Ashirovich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim;
Danilova Elena Artavozovna, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi CR-39 detektori yordamida 222Rn eksxalyasiya tezligini va 226Ra solishtirma aktivligini aniqlash uslubini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suyak va tuproqdan hosil bo‘ladigan 222Rn ning α-zarralarini qayd qiluvchi CR-39 iz detektorli o‘lchash kamerasi yordamida qadimgi suyak qoldiqlari va uning atrofidagi tuproqlardagi 226Ra ning solishtirma aktivligini aniqlashning yangi uslubi ishlab chiqilgan;
izli tahlil uslubi yordamida suyak qoldiqlarining yoshi ulardagi va atrofidagi tuproqdagi 226Ra solishtirma aktivligining korrelyasion bog‘lanishlariga to‘g‘ri mutanosibda ekanligi aniqlangan;
instrumental neytron-aktivatsion tahlilidan foydalangan holda yangi topilgan suyak to‘qimalarida 232Th konsentratsiyasining kam miqdorda o‘zgarishi (0.58 ÷ 0.78 mg/kg) ko‘rsatilgan, uranning asosiy manbai tuproq ekanligi shuningdek uranning miqdori (1.5 ÷ 220 mg/kg) ekanligi aniqlangan;
birinchi marta suyak qoldiqlari tarkibidagi radionuklidlarning umumiy solishtirma α-aktivligini aniqlash uslubi ishlab chiqilgan va shu tariqa iz tahlili natijalari, radionuklidlarning umumiy α-aktivligi natijasiga yaqinlashishi ko‘rsatilgan;
birinchi marta inson sochidagi 226Ra konsentratsiyasini aniqlashning yuqori sezgirlikda o‘lchaydigan uslub ishlab chiqilgan va inson sochi hududning radioaktiv bilan ifloslanish ko‘rsatgichi bo‘lib xizmat qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Suyak qoldiqlari va inson sochlarini izli tahlili yordamida 222Rn va 226Ra ni aniqlash uslubini ishlab chiqishda olingan natijalarga asoslanib:
CR-39 iz detektorining o‘lchash kamerasi yordamida qadimgi suyak qoldiqlari va uning atrofidagi tuproq qatlamidagi 226Ra ning solishtirma aktivligini aniqlash uslubi tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining Davlat geologiya muzeyida qo‘llanilgan (Davlat geologiya muzeyining xati 08.06.2023 yildagi 52-sonli xati). Ishlanma natijalaridan foydalanish skelet eksponatlari yuzasidan radon ajralishini kamaytirish va O‘zbekiston Respublikasi radiatsiya xavfsizligi normalari sanitariya me’yorlari doirasida 222Rn hajmiy aktivligini saqlab qolish imkonini bergan;
suyaklardagi 226Ra ning solishtirma aktivligi bo‘yicha skelet eksponatlarining yoshini baholash usuli, shuningdek uran va toriyni aniqlash uchun instrumental neytron aktivatsion tahlili natijalari tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining Davlat geologiya muzeyida qo‘llanilgan (Davlat geologiya muzeyining 08.06.2023 yildagi №52-sonli xati). Natijalardan foydalanish skelet
eksponatlarida atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatadigan og‘ir radioaktiv elementlarning mavjudligi haqida ma’lumot olish imkonini bergan;
izolyasiyalangan kamerada CR-39 iz detektori bilan 222Rn ning α-zarralarini qayd qilish orqali sochlardagi 226Ra ning solishtirma aktivligini aniqlash uslubi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligida ro‘yxatga olingan (Foydali modelga patent №FAP01941, 29.04.2022). Uslubdan foydalanish 226Ra ni aniqlash uchun tahlilni soddalashtirish va narxini kamaytirish imkonini bergan.