Shavkatova Zilola Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘zani 76 sm qator orasida parvarishlashda ko‘chat qalinligi va o‘g‘itlar me’yorini ishlab chiqish (Samarqand viloyati sharoitida)”, 06.01.01 – Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Qx614.
Ilmiy rahbar: Karabaev Ikramjan Turaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Odiljon Olimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Tursunov Ibrohim Abduxalimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zani Buxoro-102 navini 76 sm qator orasida parvarishlashda maqbul mineral o‘g‘itlar me’yori va ko‘chat qalinligini ishlab chiqish hamda fermer xo‘jaliklari va agroklasterlarga tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning Buxoro-102 navini 76 sm qator oralig‘ida parvarishlashda maqbul ko‘chat qalinligi va mineral o‘g‘itlar me’yori ishlab chiqilgan;
g‘o‘zaning Buxoro-102 navini 76 sm qator orasida parvarishlashda ko‘chat qalinligi 80-90 ming tup/ga bo‘lgan, mineral o‘g‘itlarni yillik me’yori N180P126K90 kg/ga miqdorda qo‘llanilganda tuproqning hajm massasi haydov (0-30 sm) qatlamda 0,006-0,026 g/sm3 kam zichlashgan, g‘ovakligi 0,3-1,0 % va agronomik jihatdan qimmatli fraksiyalar miqdori 1,0-2,1 % ga ortib yaxshilangani aniqlangan;
g‘o‘zaning Buxoro-102 navini 76 sm kenglikdagi qator orasida parvarishlashda ko‘chat qalinligi 80-90 ming tup/ga bo‘lgan, mineral o‘g‘itlar N180P126K90 kg/ga me’yorida qo‘llanilganda ko‘saklar soni 0,5-1,1 dona, bir ko‘sakdagi paxta vaznini 0,2-0,3 grammgacha yuqori bo‘lib, 0,4-1,3 s/ga gacha qo‘shimcha hosil olinishi isbotlangan;
g‘o‘zani 76 sm qator orasida parvarishlashda mineral o‘g‘itlar N180P126K90 kg/ga me’yorda qo‘llanilib, ko‘chat qalinligi 80-90 ming dona/ga bo‘lganda boshqa variantlarga nisbatan o‘rtacha uch yilda sof foyda 1155,3-3017,8 ming so‘mgacha, rentabellik darajasi 6,8-15,2 % gacha, ko‘chat qalinligi 110-120 ming tup/ga, mineral o‘g‘itlarni yillik me’yorlarini N200P140K100 kg/ga miqdorda bo‘lganda esa sof foyda 1244,4-2789,2 ming so‘mgacha, rentabellik darajasi 2,2-11,7 % gacha yuqori bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand viloyatini tipik bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning “Buxoro-102” navini 76 sm qator kengliklarida parvarishlashning maqbul ko‘chat qalinligi va mineral o‘g‘itlar me’yorlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“G‘o‘zaning Buxoro-102 navini 76 sm qator kengliklarida parvarishlashning maqbul oziqlantirish me’yorlari va ko‘chat qalinliklari” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 24 dekabrdagi 07/21-21-9747-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma Samarqand viloyatining paxtachilik fermer xo‘jaliklari va klasterlarda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
tipik bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning Buxoro-102 navini qator orasi 76 sm kenglikda parvarishlash agrotexnologiyasi Samarqand viloyati Narpay tumani “Maroqand sifat” paxta-to‘qimachilik klasterini 182 gektar maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 24 dekabrdagi 07/21-21-9747-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘za ko‘chat qalinligi 80-90 ming tup/ga qoldirib, mineral o‘g‘itlar N180P126K90 kg/ga me’yorda qo‘llanilganda, oziqa maydoni ortib, ildiz tizimi yaxshi rivojlanib, paxta hosili 41,2 s/ga ni tashkil etib, birinchi terim hosili 25-30 % gacha ortgan, qo‘shimcha hosil esa 4-5 s/ga olinib, sof foyda 5951,3 ming so‘m/ga ni, rentabellik darajasi esa 15-17 % ga yuqori bo‘lgan;
g‘o‘zani 76 sm qator kenglikda parvarishlab, yuqori hosil olish agrotexnologiyasi Samarqand viloyati Payariq tumanida joylashgan “Payariq klaster” paxta-to‘qimachilik klasterining 155 gektar maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 24 dekabrdagi 07/21-21-9747-son ma’lumotnomasi). Natijada, mineral o‘g‘itlar me’yori N180P126K90 kg/ga belgilangan, ko‘chat qalinligi 110-120 ming tup/ga miqdorda qoldirilganda, boshqa qator kengliklari hamda mineral o‘g‘it me’yorlarida parvarishlanganga nisbatan o‘sish rivojlanishi yaxshilanib, bir ko‘sakdagi paxta vazni 0,4 gramgacha ortib, qo‘shimcha 5-6 s/ga gacha paxta hosili olinib, sof foyda 6237,0 ming so‘m/ga gacha, rentabellik darajasi esa 18-20 % gacha yuqori bo‘lishiga erishilgan.