Nurmetov Xurshidbek Ikromovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mashinasozlik va yo‘l qurilishi uchun regeneratsiyalangan termoplastlar bilan modifikatsiyalangan kompozision materiallar ishlab chiqish va tadqiq etish», 05.02.01 – «Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi» hamda 02.00.07 – «Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T910
Ilmiy rahbarlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Riskulov Alimjon Axmadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Ibadullaev Axmadjon Sobirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.15/27.02.2020.T.73.02.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abed Nodira Soyibjonovna – texnika fanlari doktori, professor; Adilova (Muxamedova) Ziyoda Gafurdjanovna – texnika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy ikkilamchi qayta tiklangan termoplastlar asosida mashinasozlik buyumlari va polimer-bitum yo‘l qoplamalari olish tarkibi va texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mahalliy homashyolar ikkilamchi termoplastlarning fizik-kimyoviy, reologik, texnologik xossalari va molekulalar destruksion holati ilmiy asoslangan;
ikkilamchi yuqori bosimli polietilen, polipropilen, rezina uvoqlari va «kraton»ning termooksidli destruksiya faollashishi energiyasini xisoblash orqali ularni polimer va polimer-bitum kompozisiyasiga kiritganda tarkibning bir xilligini ta’minlash uchun molyar massa va harorat rejimlari yaratilgan;
ikkilamchi termoplastlar asosida yaratilgan ingredientlarni mashinasozlikda ishlatiluvchi polimer kompozisiyalarni struktura fazasiga, reologik, texnologik, fizik-mexanik, ekspluatatsion xossalariga ta’siri ilmiy asoslangan;
ikkilamchi termoplastlar asosida yaratilgan ingredientlar polimer-bitum kompozisiyasi fazaviy tarkibi, strukturaviy o‘zgarishlari, kristallik darajasi, reologik, texnologik, fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalarini 25% ga oshirishi asoslangan;
ikkilamchi termoplastlar asosida yaratilgan ingredientlarni qo‘shib mashinasozlik buyumlari va yo‘l qoplamalari uchun polimer va polimer-bitum kompozisiyalari tarkiblari va texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Mahalliy ikkilamchi qayta tiklangan termoplastlar asosida mashinasozlik buyumlari va polimer-bitum yo‘l qoplamalari olish tarkibi va texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ikkilamchi termoplastlarni qayta ishlash texnologik jarayoni «Avtomagistral» ixtisoslashgan avtomobil yo‘llarini qurish-ta’mirlash birlashmasi unitar korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2020 yil 28 sentyabrdagi 01-72-son ma’lumotnomasi). Natijada maxalliy ikkilamchi termoplastlarni qayta ishlab mashinasozlik buyumlari va yo‘l qoplamalari olish uchun xomashyolar tayyorlash imkonini bergan;
ikkilamchi termoplastlar asosida yaratilgan ingredientlarni qo‘shib mashinasozlik buyumlari va yo‘l qoplamalari uchun polimer va polimer-bitum kompozisiyalari olish tarkiblari «Avtomagistral» ixtisoslashgan avtomobil yo‘llarini qurish-ta’mirlash birlashmasi unitar korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2020 yil 28 sentyabrdagi 01-72-son ma’lumotnomasi). Natijada ikkilamchi termoplastlar asosida yaratilgan ingredientlarni qo‘shib mashinasozlik buyumlari va yo‘l qoplamalari uchun polimer va polimer-bitum kompozisiyalari olish tarkiblarini maxalliylashtirish imkonini bergan;
ikkilamchi termoplastlar asosida yaratilgan ingredientlarni qo‘shib mashinasozlik buyumlari va yo‘l qoplamalari uchun polimer va polimer-bitum kompozisiyalari olish texnologik jarayoni «Avtomagistral» ixtisoslashgan avtomobil yo‘llarini qurish-ta’mirlash birlashmasi unitar korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2023 yil 22 sentyabrdagi 03-2961/1-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyolardan talab asosida mashinasozlik buyumlari va yo‘l qoplamalari ishlab chiqish imkonini bergan.