Sayfieva Surayyo Xasanovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Me’da yara kasalliklarini kompleks ul`tratovush tashxisining imkoniyatlari», 14.00.19–Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib213.

Ilmiy rahbar: Fazilov Akram Akmalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.

Rasmiy opponentlar: Ikramov Adxam Il`xamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mit`kov Vladimir Vyacheslavovich (Rossiya Federatsiyasi), tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: A.I. Evdokimov nomidagi Moskva davlat tibbiy-stomatologiya universiteti federal davlat byudjet oliy ta’lim muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: qiziqish sohasida tasvirni nishonli kattalashtirish bilan mul`tiparametrik ul`tratovush tekshiruvi natijalarini baholash yo‘li bilan me’daning surunkali va o‘tkir yaralarini tashxislashni yaxshilashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

me’dadagi yara jarayoni chuqurligi, uzunligi va turlarini baholashda transabdominal mul`tiparametrik ul`tratovush gastrografiyasining imkoniyatlari ochib berilgan;

yara atrofidagi infil`trat chegaralarini ishonchli aniqlash va me’da yara kasalligini yaraga aylangan me’da saratonidan differensiallash uchun to‘qima garmonikasini poliproeksion va polipozision qo‘llash yo‘li bilan me’da turli qismlarining vizual diagnostik tasviri texnologiyasi takomillashtirilgan;

me’daning alohida qavatlari va yara kasalligining ehtimol asoratlari vizual tasvirini yaxshilash uchun hajmli skanirlashning 3D «yumshoq» rejimini qo‘llash texnologiyasining samaradorligi aniqlangan;

me’daning yaraga aylangan saratonining o‘z vaqtida differensial tashxislash maqsadida me’da yara kasalligida impul`s to‘lqinli, rangli, energetik dopplerografiyaning imkoniyatlari va diagnostik ahamiyati aniqlangan;

me’da yara kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni kompleks tekshirish diagnostik algoritmida transabdominal mul`tiparametrik ul`tratovush tekshiruvining ahamiyati aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Me’da kasalliklari ul`tratovush diagnostikasi sifatini takomillashtirishga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Me’da yara kasalligida transabdominal exografiyaning innovatsion texnologiyalari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 22 yanvardagi 8n-d/11-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan davolash-diagnostika algoritmi va dasturlar me’da kasalliklari prognozi mezonlarini unifikatsiyalash, me’da devoridagi yallig‘lanish-destruktiv o‘zgarishlar va operativ amaliyotga ko‘rsatmalar verifikatsiyasini optimallashtirish imkonini bergan;

transabdominal ul`tratovush tekshiruvining optimallashtirilgan texnologiyasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 22 yanvardagi 8n-d/11-son ma’lumotnomasi). Me’dani transabdominal mul`tiparametrik ul`tratovush diagnostikasining taklif etilgan uslubi va usuli noinvaziv yo‘l bilan me’da yaralarining vizual diagnostik tasvirini olish imkonini bergan;

me’da kasalliklari ul`tratovush diagnostikasi sifatini takomillashtirishga bag‘ishlangan tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Qashqadaryo viloyati tibbiy-diagnostika markazi, Qarshi shahridagi «Saman» xususiy tashxislash markazi va Toshkent shahridagi «MDS-Servis» MChJ amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 22 yanvardagi 8n-d/11-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Yara kasalligini tashxislashga taklif etilgan kompleks yondashuv me’da qon bilan ta’minlanishiga o‘z vaqtida adekvat baho berish, ehtimol asoratlar xavfini aniqlash, ko‘rsatilayotgan terapevtik yordam sifatini oshirish, davolash muolajasining xarakteri, turi va shoshilinchligini aniqlash va umuman olganda diagnostika sifati darajasining ijobiy ko‘rsatkichini 75,9%dan 93,9%gacha oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish