Djuraeva Nigora Muxsumovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurak ishemik kasalligini nurli va genotipik tashxisiga ko‘p variantli yondashuvlar», 14.00.19–Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib203.
Ilmiy rahbar: Ikramov Adxam Il`xamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Sinisin Valentin Evgen`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Kurbanov Ravshanbek Davletovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik; Xodjibekov Marat Xudaykulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «A.V. Vishnevskiy nomidagi milliy tibbiy tadqiqot markazi» federal davlat byudjet muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: MSKT KG va genofenotipik omillarni assotsiativ baholashni hisobga olgan holda kasallikning turli klinik shakllarida taktika algoritmlarini ishlab chiqish asosida YuIKni kompleks nur tashxislashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘zbek populyasiyasida YuIK rivojlanishida xavf variantlari mul`tigenetik tahlili asosida 5 ta eng ahamiyatli polimorfizm va 12 ta AGT, VDR va MTHFR genotiplari aniqlangan;
koronar o‘zan holatini baholashda invaziv koronar angiografiya bilan qiyosiy ravishda MSKT koronarografiya diagnostik qimmati aniqlangan;
MSKT koronarografiya natijalarining, ayniqsa, manfiy natijaning prognostik qimmati borasida, optimal mezonlari aniqlangan va yuqori darajada aniqligi isbotlangan;
YuIKda koronar arteriyalar zararlanishining xarakteri va xususiyatlarini tashxislashda 640-kesimli MSKT sezgirligi, maxsusligi va umumiy aniqligi baholangan;
YuIK klinik kechishi xarakterini baholashda immunobiologik markerlar integral koeffisientlarining (limfotsitlarning neytrofillarga va trombotsitlarga nisbati) diagnostik ahamiyati aniqlangan;
MSKT koronarografiya va immunobiogenetik profilni tekshirish bilan aterokal`sinoz og‘irligini individual aniqlash asosida koronar arteriyalar kal`sinatsiyasi rivojlanishi xavf omillarini baholashning klinik-diagnostik mezonlari aniqlashtirilgan;
nur tashxis tekshiruv usullari va o‘zbek populyasiyasidagi genotiplashni qo‘llagan holda YuIKning turli klinik shakllari bo‘lgan bemorlarni tashxislash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
YuIKni birgalikdagi nur va genotipik diagnostikasiga mul`tivariant yondashuv bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
«Yurak ishemik kasalligini tashxislashda koronar ateriyalarni kontrastlash bilan kompyuter tomografiya» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 2 fevraldagi 8N-d/23-son ma’lumotnomasi). Tavsiyalarni tatbiq etish koronar arteriyalar patologiyasini tashxislash sifatini yaxshilash va 3D formatda ularning holatini baholash, aterosklerotik pilakcha strukturasini aniqlash, koronar arteriyalar devorlari zararlanishi xarakteri va uzunligini aniqlash, shuningdek miokardial ko‘prikchalar va koronar arteriyalar rivojlanish anomaliyalari borligini aniqlash imkonini bergan;
YuIK klinik belgilari bo‘lgan bemorlarni tekshirish uchun MSKT koronarografiya vaqtida koronar arteriyalarni vena ichi kontrastlash metodologiyasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 2 fevraldagi 8N-d/23-son ma’lumotnomasi). YuIK kechishi og‘irligini kompleks baholashni optimallashtirishning taklif etilgan usuli invaziv diagnostik muolajalarning perioperatsion asoratlari xavfini pasaytirishga ko‘mak bergan;
fenogenotipik omillarning o‘zaro ta’sirini kombinatsiyalangan baholash yo‘li bilan koronar arteriyalar aterokal`sinozi shakllanish xavfini erta tashxislash metodologiyasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 2 fevraldagi 8N-d/23-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan metodologiya neytrofillarning limfotsitlarga nisbati va trombotsitlarning limfotsitlarga nisbatini integral koeffisientlarini qo‘llagan holda koronar arteriyalar aterokal`sinozi shakllanishi irsiy xavf omillarining o‘zaro ta’sirini kombinatsiyalashgan baholashni tatbiq etish yo‘li bilan YuIK bo‘lgan bemorlarni erta tashxislash va davolash natijalarini yaxshilash imkonini bergan;
YuIKni nur va genotipik diagnostikasiga mul`tivariant yondashuv bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, akademik V.Vohidov nomli Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi kompyuter va magnit-rezonans tomografiya bo‘limi, Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining nur tashxis bo‘limi, «Fedorovich klinikasi» MChJ QK nur tashxis bo‘limi, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi nur tashxis bo‘limi amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 2 fevraldagi 8N-d/23-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. YuIK bo‘lgan bemorlarni tashxislashga taklif etilgan kompleks yondashuvning qo‘llanishi koronar o‘zan holatini o‘z vaqtida ob’ektiv baholash, ehtimol asoratlarning xavfini aniqlash, bemorlar yashab qolishi va hayot sifatini yaxshilash, har qanday amaliyotning xarakteri, turi va shoshilinchligini aniqlash va umuman olganda tashxislash sifati darajasining ijobiy ko‘rsatkichini 84,2%dan 93,9%gacha oshirish imkonini bergan.