Ibrohimova Lobar Ibrohim qizining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Postnatal ontogenez davrlarida to‘sh-qovurg‘a kompleksining shakllanishiga eksperimental  qandli diabetning ta’siri», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2020.3.PhD/Tib1395.
Ilmiy rahbar: Rasulov Hamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmatova Muqaddas Xoltaevna, tibbiyot fanlari doktori; Papat`ya Kelech, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘Sh davlat universiteti (Qirg‘iziston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: eksperimental qandli diabet ta’sirida to‘sh qovurg‘a kompleksi tuzilmalari (suyak-tog‘ay, boylam apparati)ning morfologik o‘sishi va rivojlanish dinamikasini postnatal ontogenez bosqichlarida baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qandli diabet chaqirilgan kalamushlardan tug‘ilgan avlodlar to‘sh-qovurg‘a kompleksi anatomik tuzilmalarining (suyak-tog‘ay va boylam) postnatal shakllanishi xususiyatlari kompleks tarzda morfologik tahlili me’yoriy ko‘rsatkichlar bilan solishtirilishi homiladorlik davridagi eksperimental qandli diabet chaqirilgan kalamushlardan tug‘ilgan avlod to‘sh-qovurg‘a tuzilmalarining postnatal o‘sish va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan.
to‘sh-qovurg‘a kompleksi tuzilmalarining xujayralari differensiallashuvi va diabet ta’sirida funksional buzilishi bilan birga kechganligi, xondrotsitlar differensiallashuvining sekinlashishi natijasida o‘sish sur’atining orqada qolishi ko‘rinishlarida namoyon bo‘lishi isbotlangan.
qandli diabet chaqirilgan homiladorlikdan tug‘ilgan avlodda to‘sh proliferativ qatlami yupqalashib, tog‘ay ustunchalari va ularning hujayra koloniyalari parametrlarining kamayishi, minerallar almashinuvi hamda suyaklanish markerlari ko‘rsatkichlari o‘zgarishlarining o‘zaro to‘g‘ri proporsionalligi aniqlangan.
qandli diabet chaqirilgan homilador kalamushlarda aktrapid preparati bilan korreksiyalash giperglikemiyaning salbiy ta’sirini sezilarli pasayishi, to‘sh-qovurg‘a kompleksi tuzilmalarining o‘sish plastinkasi tog‘ayi differensiallashuvi mo‘’tadillashishiga, lekin boylam tuzilmalari fibroarxitektonikasiga negativ ta’siri  sezilarli kamayishi  isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 10 noyabrdagi №03/112 sonli xulosasiga ko‘ra:
Ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor qandli diabet chaqirilgan kalamushlardan tug‘ilgan avlodlar to‘sh-qovurg‘a kompleksi anatomik tuzilmalarining (suyak-tog‘ay va boylam) postnatal shakllanishi xususiyatlari kompleks tarzda morfologik tahlili, me’yoriy ko‘rsatkichlar bilan solishtirilishi, homiladorlik davridagi eksperimental qandli diabet chaqirilgan kalamushlardan tug‘ilgan avlod to‘sh-qovurg‘a tuzilmalarining postnatal o‘sish va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: qandli diabet bilan og‘rigan onalardan tug‘ilgan bolalarda to‘sh-qovurg‘a kompleksi rivojlanishiga ta’sir etuvchi xavf omillarini amaliy va nazariy jixatlari takomillashtirilib, avlodlarda kelib chiquvchi tug‘ma nuqsonni rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarni kamaytiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Andijon viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarning reabilitatsiya qilish va protezlash  markazining 05.07.2023 yildagi 20-sonli buyruq hamda,  Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 05.07.2023 yildagi 31/5-I/CH sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘suvchi organizmda to‘sh-qovurg‘a kompleksida o‘sish zonalari va pay-boylam tuzilmalari morfologik tuzilishini va uning tarkibiy o‘zgarishlarini o‘rganish natijalari diabet ta’sirida organizmda postnatal ontogenezda yuzaga keladigan tayanch-harakat tizimi patologik jarayonlari, xususan ko‘krak qafasi deformatsiyalarining murakkab mexanizmini ochishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) qandli diabet ta’sirida avlodlarda kelib chiqadigan o‘zgarishlarni morfologik tahlillari va me’yoriy ko‘rsatkichlar bilan solishtirish, ularda rivojlanadigan nuqsonlarni kamayishiga olib kelishi, buning hisobiga davolash uchun sarflanadigan xarajatlarni 50% ga kamaytirishga erishiladi. 2)  prenatal davrda homilador onalarda qandli diabetni vaqtida aniqlash va homiladorlikni to‘g‘ri olib borish  hisobiga ko‘p xarajatli va ko‘p vaqt talab qiluvchi tekshiruv usullarini qo‘llash sarf xarajatlarni o‘rtacha har bir bola uchun 100 000 so‘mga kamaytiradi; Xulosa: eksperimental qandli diabet modeli ta’sirida avlodlarda kelib chiqadigan o‘zgarishlarni yuqorida keltirilgan tekshiruv usullaridan foydalanish 100 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi, bu qandli diabet bilan og‘rigan onalardan tug‘ilgan bolalarda tug‘ma nuqsonlar bilan tug‘ilish xavfini kamaytirib, nuqsonli bolalarga bo‘lgan sarf-xarajatni sezilarli iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Postnatal ontogenez davrlarida to‘sh-qovurg‘a kompleksining shakllanishiga eksperimental  qandli diabetning ta’siri»  mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2023 yil 6 noyabrdagi 03/2374-sonli xati yuborilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: to‘sh-qovurg‘a kompleksi tuzilmalarining hujayralari differensiallashuvi va diabet ta’sirida funksional buzilishi bilan birga kechganligi, xondrotsitlar differensiallashuvining sekinlashishi natijasida o‘sish sur’atining orqada qolishi ko‘rinishlarida namoyon bo‘lishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: eksperimental tadqiqot natijalari asosida homiladorlikda qandli diabet chaqirilgandan so‘ng, to‘sh-qovurg‘a kompleksi tuzilmalari xujayralari morfologiyasini o‘rganish, kuzatilishi mumkin bo‘lgan ko‘krak qafasi deformatsiyalarini oldini olish imkonini beruvchi samarali usul sifatida tavsiya etiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Andijon viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarning reabilitatsiya qilish va protezlash  markazining 05.07.2023 yildagi 20-sonli buyrug‘i hamda  Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 05.07.2023 yildagi 31/5-I/CH sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: keltirilgan morfologik tahlillarning natijalari, taklif etilgan algoritmlar gestoz diabetga kompleks yondashuvdan foydalanish, ulardan tug‘iladigan avlodlarda to‘sh-qovurg‘a kompleksida kelib chiqadigan deformatsiyalarni oldini olib, aholi ijtimoiy ahvolini yaxshilashga erishiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) qandli diabet ta’sirida avlodlarda to‘sh-qovurg‘a kompleksi tuzilmalari xujayralari morfologiyasini o‘rganish, ularda kelib chiqadigan o‘zgarishlarni va ko‘rsatkichlarni me’yor bilan tahlil qilib solishtirish, avlodlarda rivojlanadigan nuqsonlarni hamda xavf guruhi omillarini  kamayishiga olib kelishi hisobiga diagnostika uchun sarflanadigan xarajatlarni 35 % ga kamaytirishga erishiladi. 2) to‘sh-qovurg‘a kompleksi deformatsiyalari belgisini exosur’atda tashxislash travmatolog-ortopedlar va pediatrlar tomonidan aniqlanadi, ya’ni unga maxsus malaka oshirgan shifokorlarning keragi yo‘qligi  isbotlanib, ortiqcha sarf xarajatlar bilan yangi kadr tayorlashni shart emasligi hisobiga  iqtisod qilishga erishiladi. Xulosa: qandli diabet ta’sirida avlodlarda to‘sh-qovurg‘a kompleksi deformatsiyalari belgisi isbotlangan yangi tug‘ilgan chaqaloqning tug‘ruqdan keyingi erta tashxisini talab qilishi ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 60 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 30 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Postnatal ontogenez davrlarida to‘sh-qovurg‘a kompleksining shakllanishiga eksperimental  qandli diabetning ta’siri»  mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2023 yil 6 noyabrdagi 03/2374-sonli xati yuborilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: qandli diabet chaqirilgan homiladorlikdan tug‘ilgan avlodda to‘sh proliferativ qatlami yupqalashib, tog‘ay ustunchalari va ularning hujayra koloniyalari parametrlarining kamayishi, minerallar almashinuvi hamda suyaklanish markerlari ko‘rsatkichlari o‘zgarishlarining o‘zaro to‘g‘ri proporsionalligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: qandli diabet ta’sirida avlodlarda to‘sh-qovurg‘a kompleksi tuzilmalari, xususan o‘suvchi zonasi tog‘ay plastinkasi parametrlarining kamayishi, minerallar almashinuvi hamda suyaklanish markerlari ko‘rsatkichlarini aniqlash suyak tuzilmalarida suyaklanish jarayonini belgilovchi ko‘rsatkich bo‘lib, suyaklarning o‘sishi hamda shakllanishini batafsil va zamonaviy usullarda chuqur o‘rganish, amaliy tibbiyotda anologik holatlarda davolash va reabilitatsiya jarayonlarini oqilona o‘tkazishga imkon beradi, kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olishga sabab bo‘ladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Andijon viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarning reabilitatsiya qilish va protezlash  markazining 05.07.2023 yildagi 20-sonli buyruq hamda  Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 05.07.2023 yildagi 31/5-I/CH sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qandli diabet ta’sirida avlodlarda to‘sh-qovurg‘a kompleksi tuzilmalari, xususan o‘suvchi zonasi tog‘ay plastinkasi parametrlari, minerallar almashinuvi hamda suyaklanish markerlari ko‘rsatkichlarini erta aniqlash  suyak tuzilmalarida suyaklanish jarayonini me’yorlashuviga, bu esa  kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish va aholi ijtimoiy ahvolini yaxshilanishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) qandli diabet ta’sirida avlodlarda to‘sh-qovurg‘a kompleksi tuzilmalari, xususan, o‘suvchi zonasi tog‘ay plastinkasi parametrlarining kamayishi, minerallar almashinuvi hamda suyaklanish markerlari ko‘rsatkichlarini aniqlash suyak tuzilmalarida suyaklanish jarayonini belgilovchi ko‘rsatkich bo‘lib, suyaklarning o‘sishi hamda shakllanishini batafsil va zamonaviy usullarda chuqur o‘rganish, ularda kelib chiqadigan o‘zgarishlarni va ko‘rsatkichlarni me’yor bilan tahlil qilib solishtirish, avlodlarda rivojlanadigan nuqsonlarni hamda xavf guruxi omillarini  kamayishiga olib kelishi hisobiga diagnostika uchun sarflanadigan xarajatlarni 50 % ga kamaytirishga erishiladi. Xulosa: qandli diabet ta’sirida avlodlarda to‘sh-qovurg‘a kompleksi tuzilmalari, xususan o‘suvchi zonasi tog‘ay plastinkasi parametrlarining kamayishi minerallar almashinuvi hamda suyaklanish markerlari ko‘rsatkichlarini aniqlash yangi tug‘ilgan chaqaloqning tug‘ruqdan keyingi erta tashxisini talab qilishi ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 120 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 70 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Postnatal ontogenez davrlarida to‘sh-qovurg‘a kompleksining shakllanishiga eksperimental  qandli diabetning ta’siri»  mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2023 yil 6 noyabrdagi 03/2374-sonli xati yuborilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: qandli diabet chaqirilgan homilador kalamushlarda aktrapid preparati bilan korreksiyalash giperglikemiyaning salbiy ta’sirini sezilarli pasayishi, to‘sh-qovurg‘a kompleksi tuzilmalarining o‘sish plastinkasi tog‘ayi differensiallashuvi mo‘’tadillashishiga, boylam tuzilmalari fibroarxitektonikasiga negativ ta’siri  sezilarli kamayishi  isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: qandli diabet chaqirilgan homilador kalamushlarda aktrapid preparati bilan korreksiyalash giperglikemiyaning salbiy ta’sirini sezilarli pasayishiga olib keladi, to‘sh-qovurg‘a kompleksi tuzilmalarining o‘sish plastinkasi tog‘ayi differensiallashuvi mo‘’tadillashishiga, amaliy tibbiyotda anologik holatlarda davolash va reabilitatsiya jarayonlarini oqilona o‘tkazishga imkon beradi, kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olishga sabab bo‘ladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Andijon viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarning reabilitatsiya qilish va protezlash  markazining 05.07.2023 yildagi 20-sonli buyruq hamda  Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 05.07.2023 yildagi 31/5-I/CH sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qandli diabet chaqirilgan homilador kalamushlarda aktrapid preparati bilan korreksiyalash giperglikemiyaning salbiy ta’sirini sezilarli  pasayishiga olib keladi,  bu esa  ulardan tug‘ilgan  avlodlar  to‘sh-qovurg‘a kompleksi tuzilmalarining o‘sish plastinkasi tog‘ayi differensiallashuvi mo‘’tadillashishiga va oldini olish mumkin bo‘lgan to‘sh-qovurg‘a kompleksi tuzilmalarining turli patologiyalarini oldini olishga,  shuningdek  aholi ijtimoiy ahvolini yaxshilanishiga erishiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) qandli diabet chaqirilgan homilador kalamushlarda aktrapid preparati bilan korreksiyalash giperglikemiyaning salbiy ta’sirini sezilarli pasayishi, to‘sh-qovurg‘a kompleksi tuzilmalarining o‘sish plastinkasi tog‘ayi differensiallashuvi mo‘’tadillashishiga va boylam tuzilmalari fibroarxitektonikasiga negativ ta’siri  sezilarli kamayishiga olib keladi va ularda rivojlanadigan nuqsonlarni kamayishiga olib kelishi, buning hisobiga davolash uchun sarflanadigan xarajatlarni 50% ga kamaytirishga erishiladi; 2) prenatal davrda homilador onalarda qandli diabetni aktrapid preparati bilan o‘z vaqtida va uzviy ravishda  korreksiyalash, homiladorlikni to‘g‘ri olib borish  hisobiga ko‘p xarajatli va ko‘p vaqt talab qiluvchi tekshiruv usullarini qo‘llash sarf xarajatlarni kamaytiradi. Xulosa: qandli diabet chaqirilgan homilador kalamushlarda giperglikemiyaning salbiy ta’siri natijasida, to‘sh-qovurg‘a kompleksi tuzilmalarining o‘sish plastinkasi tog‘ayi differensiallashuvi buzilishi  va boylam tuzilmalari fibroarxitektonikasiga negativ ta’siriga olib keluvchi omillarni erta bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 100 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 80 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Postnatal ontogenez davrlarida to‘sh-qovurg‘a kompleksining shakllanishiga eksperimental  qandli diabetning ta’siri»  mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2023 yil 6 noyabrdagi 03/2374-sonli xati yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish