Aripova Nozima Abrarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tizimli sklerodermiya turli kechish variantlarida qon zardobidagi sitokinlarning klinik ahamiyati» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1874.
Ilmiy rahbar: Djuraeva Elnora Rustamovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Xalmurad Sadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Akbar Xatamovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tizimli sklerodermiyaning turli kechish variantlarida qon zardobidagi sitokinlarning klinik va diagnostik ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tizimli sklerodermiyaning turli kechish variantlarida faol yallig‘lanish sinamalarining qon zardobidagi sitokinlar bilan o‘zaro bog‘liqlik darajasi aniqlangan;
kasallikning diffuz shaklida antinuklear antitana va topoizomeraza 70 ga qarshi antitananing 1,5-2 barobarga limitirlangan shakliga nisbatan balandligi, aksincha antisentromer antitana ko‘rsatkichlarining limitirlangan shaklida 2 barobar ortishi erta tashxisiy mezonlar sifatida asoslangan;
tizimli sklerodermiyaning diffuz shaklida 50% dan ortiq bemorlarda qo‘l yirik va o‘rta arteriyalarida kollateral tip, limitirlangan shaklida esa asosan magistral tipdagi qon oqimi kuzatilishi asoslangan;
tizimli sklerodermiyaning turli klinik variantlarida interleykinlar (xususan, interleykin-4) kasallikning fibroz jarayonini rivojlanishida prognostik markyor sifatida qo‘llanilishi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 09 oktyabrdagi 10/033 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: tizimli sklerodermiyaning turli kechish variantlarida faol yallig‘lanish sinamalarining qon zardobidagi sitokinlar bilan o‘zaro bog‘liqlik darajasi aniqlangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi revmatologiya bo‘limi bo‘yicha 28.01.2023 yildagi 17-I-sonli buyruq hamda Surxondaryo viloyati Sherobod tuman ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi revmatologiya bo‘limi bo‘yicha 30.01.2023 yildagi 124-T-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan;
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: faol yallig‘lanish sinamalari, qon zardobidagi sitokinlar miqdorini kasallikning turli klinik shakllarida aniqlash uni erta tashxislash va prognozlash sifatini yaxshilashga, asoratlarning oldini olish natijasida ko‘p xarajatli va qo‘shimcha vaqt talab qiluvchi tekshiruv, davolash usullarini qo‘llash sarf xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tizimli sklerodermiyaning turli kechish variantlarida faol yallig‘lanish sinamalarining qon zardobidagi sitokinlar bilan o‘zaro bog‘liqligi immun yallig‘lanishni, kasallik faolligini baholash orqali erta tashxislash tavsiya etilgan. Natijada bemorlarning shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 126 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirgan (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 53 000 so‘m dori vositalari sarflanadi).
Xulosa: tizimli sklerodermiyaning turli kechish variantlarida faol yallig‘lanish sinamalarining qon zardobidagi sitokinlar bilan o‘zaro bog‘liqligini erta tashxislash kasallikni davolash chora tadbirlarini muvofiqlashtirishga imkon berdi. Natijada bemorning shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etildi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “Tizimli sklerodermiya turli kechish variantlarida qon zardobidagi sitokinlarning klinik ahamiyati” mavzusida ilmiy yangiligini boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 15 dekabrdagi 03/5365 sonli xati yuborildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: kasallikning diffuz shaklida antinuklear antitana va topoizomeraza 70 ga qarshi antitananing 1,5-2 barobarga limitirlangan shakliga nisbatan balandligi, aksincha antisentromer antitana ko‘rsatkichlarining limitirlangan shaklida 2 barobar ortishi erta tashxisiy mezonlar sifatida asoslangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi revmatologiya bo‘limi bo‘yicha 28.01.2023 yildagi 17-I-sonli buyruq hamda Surxondaryo viloyati Sherobod tuman ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi revmatologiya bo‘limi bo‘yicha 30.01.2023 yildagi 124-T-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tizimli sklerodermiyaning turli kechish variantlarida qon zardobidagi autoantitanalarni aniqlanishi erta tashxislash va prognozlash sifatini yaxshilagan, ushbu kasallik bilan bog‘liq asoratlar kamayishiga olib keldi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bu mablag‘ning tejalishi, statsionarda davolanish muddatining 2 kunga qisqarishi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan xarajatlarni kamayishi bilan asoslandi. Har bir nafar bemorda statsionar davo kunlari qisqarishi hisobidan 2 kunda 654 000 ming so‘mgacha iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Taklif qilingan qon zardobidagi autoantitanalarni aniqlash usuli 245 000 so‘m bo‘lsa, har bir bemordan kunlik 409 000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga erishildi.
Xulosa: tizimli sklerodermiyaning turli kechish variantlarida qon zardobidagi autoantitanalarni aniqlash usulini tatbiq etish orqali kasallik asoratlarini rivojlanishini, ularni oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqilib tadqiqotga jalb qilingan bir bemor hisobidan 409 000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga erishildi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Tizimli sklerodermiya turli kechish variantlarida qon zardobidagi sitokinlarning klinik ahamiyati” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 15 dekabrdagi 03/5365 sonli xati yuborildi.
uchinchi ilmiy yangilik: tizimli sklerodermiyaning diffuz shaklida 50% dan ortiq bemorlarda qo‘l yirik va o‘rta arteriyalarida kollateral tip, limitirlangan shaklida esa asosan magistral tipdagi qon oqimi kuzatilishi asoslangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi revmatologiya bo‘limi bo‘yicha 28.01.2023 yildagi 17-I-sonli buyruq hamda Surxondaryo viloyati Sherobod tuman ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi revmatologiya bo‘limi bo‘yicha 30.01.2023 yildagi 124-T-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qo‘l arteriyalari dopplerografiyasi orqali tomirlarda qon oqimini aniqlash orqali tomirlarda kollateral oqimni erta tashxislashga, kasallik kechishini va noxush asoratlarni kamayishiga olib keldi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: rivojlangan asoratlarni davolash va reabilitatsiya qilish uchun sarflanadigan mablag‘ning hamda uning natijasida statsionarda davolanish muddatining 2 kungacha qisqarishi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslandi. Har bir nafar bemorda statsionar davo kunlari qisqarishi hisobidan 2 kunda 654 000 ming so‘mgacha iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Taklif qilingan qo‘l arteriyalarini tekshirish usuli 150 000 so‘m bo‘lsa, har bir bemordan kunlik 504 000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga erishildi.
Xulosa: Taklif qilingan tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda qo‘l arteriyasini doppler tekshiruvi usulini tatbiq etish natijasida bemorlardagi tomirlarda qon oqimi o‘zgarishi barvaqt aniqlangan, kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar oldi olingan hamda bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, tadqiqotga jalb qilingan bir bemor hisobidan 504 000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga erishildi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Tizimli sklerodermiya turli kechish variantlarida qon zardobidagi sitokinlarning klinik ahamiyati” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 15 dekabrdagi 03/5365 sonli xati yuborildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tizimli sklerodermiyaning turli klinik variantlarida interleykinlar (xususan, interleykin-4) kasallikning fibroz jarayonini rivojlanishida prognostik markyor sifatida qo‘llanilishi aniqlangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi revmatologiya bo‘limi bo‘yicha 28.01.2023 yildagi 17-I-sonli buyruq hamda Surxondaryo viloyati Sherobod tuman ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi revmatologiya bo‘limi bo‘yicha 30.01.2023 yildagi 124-T-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:
taklif qilingan yallig‘lanishga qarshi sitokini bo‘lgan interleykin-4 miqdorini aniqlash, tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda ichki a’zolar fibrozini erta tashxislash va prognozlash sifatini yaxshilagan, bu esa nogironlikning oldini olib bemorlar hayot sifatini yaxshilashga imkon beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:
1) tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda ichki a’zolarning fibrozlanish xavfi yuqoriligini ko‘rsatuvchi belgilar rivojlanganda interleykin-4 miqdorini erta tashxislash va profilaktika qilish natijasida kasallik davomiyligining kamayishi yo‘li bilan statsionar davolanish kunlarini kamaytirish hisobiga iqtisod qilingan.
2) tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda ichki a’zolarning fibrozlanish xavfi yuqoriligini ko‘rsatuvchi belgilarni tekshirish, fibrozni erta tashxislash va profilaktika qilish iqtisodiy samaradorligining amaliyotga tatbiq qilinishida tejamkorlik samaradorligi har bir bemor uchun shifoxona sharoitida davolanishi bir kunlik xarajati: 234 000 so‘m bo‘lsa, 2 o‘rin kuni qisqarishi hisobiga 468 000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi.
Xulosa: taklif qilingan yallig‘lanishga qarshi sitokin bo‘lgan interleykin-4 miqdorini aniqlash, tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda ichki a’zolar fibrozini erta tashxislash va prognozlash chora tadbirlarini muvofiqlashtirishga imkon berdi. Buning natijasida sarf-xarajat kamayib, iqtisodiy samaradorligi har bir bemor uchun 468 000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga erishildi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Tizimli sklerodermiya turli kechish variantlarida qon zardobidagi sitokinlarning klinik ahamiyati” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 15 dekabrdagi 03/5365 sonli xati yuborildi.