Nazarbekova Dilobar Kosimbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Quduq kesimini har taraflama o‘rganish natijasida burg‘ilash tezligini jadalashtirish usullarini ishlab chiqish», 04.00.11-Quduqlarni burg‘ilash va o‘zlashtirish texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2PhD/T268.
Ilmiy rahbar: Akilov Jaxon Akilovich, fizika-matematika fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, O‘zbekiston neft-gaz sanoati ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti, Toshkent davlat texnika universiteti va I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft` va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.27.06.2017.GM/T.41.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Akbarxo‘ja Komilovich, texnika fanlari doktori, professor; Nurmatov Usan Daurovich, texnika fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «O‘zburg‘ineftegaz» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: quduqtubidagi tog‘ jinslarini maydalashda yuvish suyuqligi oqimining bosim ta’siri va quduq kesimi asosida burg‘ilash tezligini jadallashtirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘r, paleogen va neogen davri qatlamlaridagi tog‘ jinslarining mexanik xususiyatlarini bashorat qilish usuli ishlab chiqilgan;
regressiv tahlil asosida tog‘ jinslarining mexanik xususiyatlari orasida o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan;
Ko‘kdumaloq konidagi quduqlarni burg‘ilash mexanik tezligining burg‘ilash rejim parametrlariga korrelyasion (qiyosiy) bog‘lanishi aniqlangan;
tog‘ jinslarini suyuqlik oqimi yordamida parchalashning gidromexanik modeli ishlab chiqilib, quduq tubini optimal tozalash sxemasi takomillashtirilgan;
Buxoro-Xiva neft` va gaz hududlari kaynozoy erasi kesimida ajratilgan jinslar bazasida dolotolarni ratsional tiplarini qo‘llash metodikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Burg‘ilash tezligini burg‘ilanayotgan jinslar hususiyatlarini hisobga olgan holda jadallashtirish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
burg‘ilash tezligini jadallashtirish texnologiyasi burg‘ilanayotgan jinslar hususiyatlarini hisobga olgan holda Qaramoy, Mirkomilquduq, G‘arbiy Xaqqul maydonlarida va Qulbeshkak konida joriy etilgan («Oʻzbekneftgaz» AJning 2018 yil 12 fevraldagi 02-14/1-26-8576-son ma’lumotnomasi). Natijada quduqlarni burg‘ilash muddati burg‘ilash tezligini jadallashtirish hisobiga vaqtni kamaytirish imkonini bergan;
quduqlarni yuvishga oid gidravlik dasturi Alan va Sho‘rtan konlarida joriy etilgan («Oʻzbekneftgaz» AJning 2018 yil 12 fevraldagi 02-14/1-26-8576-son ma’lumotnomasi). Natijada quduq tubidagi emirilgan tog‘ jinslarini tozalash hamda yuvish suyuqligining quduq tubiga beradigan zarbasini optimallashtirish imkoni yaratilgan;
PDC markali dolotolarning emirilish darajasini aniqlash metodikasi Bo‘zbichgan va Shimoliy Oqnazar maydonlarida joriy etilgan(«Oʻzbekneftgaz» AJning 2018 yil 12 fevraldagi 02-14/1-26-8576-son ma’lumotnomasi). Natijada turli rusumdagi dolotalarning emirilish (ishdan chiqish) vaqtini aniqlash hamda ulardan foydalanish muddatini belgilash, burg‘ilash loyihalarini tuzishda ularni hisobga olish imkoniyati yaratilgan.