Igitov Farrux Baxtiyarovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Polikondensatsion turdagi termo-kimyoviy barqaror ionitlar olish, tadqiq qilish va qo‘llash usullarini ishlab chiqish», 11.00.05–Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/K104.

Ilmiy rahbar: Turobjonov Sadriddin Maxamaddinovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.28.03.2018.K/T.04.02.

Rasmiy opponentlar: Siddiqov Abdujalil Siddiqovich, kimyo fanlari doktori, professor; Muxamedov Muxtor Ganievich, kimyo fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: toshko‘mir smolasidan olingan antratsen va gidroliz sanoati ikkilamchi mahsuloti – furfurol asosida yangi polikondensatsion turdagi termo-, kimyoviy-, radiatsion barqaror ion-almashinuvchi polimerlarni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor mahalliy toshko‘mir smolasidan  antratsen olish texnologiyasi yaratilgan;

ionogen gruppalarni kiritish uchun antratsen va furfurolni polikondensatsiyalash yo‘li bilan yangi polimer matrisasi yaratilgan;

antratsen va furfurolni polikondensatsiyasi reaksiyaga, boshlang‘ich moddalar, temperaturaga bog‘liqligi aniqlangan;

sul`firlash va fosforillash reaksiyalarining texnologik rejimi ishlab chiqilgan;

olingan sul`fo- va fosforli nordon kationitlarni mexanik mustahkamlik natriy, kal`siy, magniy va boshqa ionlarga sorbsion xossalari aniqlangan;

tarkibida mis bo‘lgan sanoat oqava suvlaridan dinamik sharoitlarda fosforli nordon kationit bilan mis ionlarini sorbsiyalash va kationitni regeneratsiya qilish texnologiyasi takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Sanoat oqava suvlarini tozalash yangi ion-almashinuvchi polimerlarni sintez qilish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:

«Sul`fokationit olish usuli»ga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05242). Natijada regulyar strukturali sul`fokationit yuqori mexanik mustaxkamlik va termo-kimyoviy barqarorlikka ega kationit olish imkoniyati yaratilgan;

«Fosforli nordon kationit olish usuli»ga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 20160379). Natijada mahalliy chiqindilar asosida fosforli nordon kationit olish imkoniyati yaratilgan;

olingan yangi kationitlar «Olmaliq TMK» AJda sanoat oqava suvlarini nodir metallardan tozalashda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq TMK» AJning 2018 yil 22 maydagi OP-03747-son ma’lumotnomasi). Natijada oqava suvlaridan molibdenni (Mo) me’yor talablari darajasida ajratib olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish