Mavlyanova Tamilla Baxrilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Dante Aligeri va Hofiz Shirozining ijodida do‘zah va jannatning poetik talqini (“Ilohiy komediya” va g‘azallar misolida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2570.
Ilmiy rahbar: Mo‘minov Fayzullo Abdullaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Zubaydullo Izomovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Olimov Sultonmurod Xoshimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.    
Dissertatsiya yo'nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ikki shoir lirikasida do‘zax va jannat toifalarining talqinini “Ilohiy komediya" va g‘azallarda aks ettirilishining mushtarak va o‘ziga xosligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sharq va G‘arb she’riyatida do‘zax va jannat haqidagi diniy-mifologik qarashlar badiiy aks ettirilishida muallif tafakkuri, voqelik diskursi, lisoniy elementlarning konstruktiv funksiyalari, adabiy ta’sir kabi poetik xususiyatlari aniqlangan;
Jahannam va jannat tasviri mualliflarning sub’ektiv tafakkuri, diniy qarashlari, mental inqirozni engish intensiyasi, dunyo poeziyasini talqin etishidagi dinning dogmatik qonuniyatlarini qisman idrok etish pozisiyasi orqali voqelanishi asoslangan;
shakliy-uslubiy yo‘nalish nuqtai nazaridan do‘zax va jannat toifalarining poetik talqini Dante Aligeri ijodida sof majoziy ma’noda, batafsil, halokatli muqarrarlik sifatida, Hofiz Sheroziy ijodida esa engil konturlar, insonning hayot davomida qilgan harakatlari natijasi sifatida namoyon bo‘lishi dalillangan;
ikkala shoir asarlarida tasavvuriy olamning dualistik xarakteri yakun topadigan er hayoti va boqiylik kasb etadigan makon-zamon kontinuumi tamoyillarining dunyo haqiqati, dunyoni poetik kashf etish g‘oyaviyligida aks etishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dante Aligeri va Hofiz Shirozining ijodida do‘zax va jannatning poetik talqinini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
Sharq va G‘arb she’riyatida do‘zax va jannat haqidagi diniy-mifologik qarashlar badiiy aks ettirilishida muallif tafakkuri, voqelik diskursi, lisoniy elementlarning konstruktiv funksiyalari, adabiy ta’sir kabi poetik xususiyatlariga oid nazariy xulosalardan Samarqand Davlat universitetida 2017-2021 yillarda bajarilgan OT-F1-138 "Temuriylar davrida yaratilgan "Xamsa"larning komparavistik tadqiqi" mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat universitetining 2022-yil 9-sentyabrdagi 10-3839-son ma’lumotnomasi). Natijada bir necha asrlar davomida butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlarning yuksak estetikasi va madaniyatining shakllanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatgan yuksak badiiy mahorat va she’riy ta’sirchanlikka ega shoirlar tomonidan do‘zax va jannat tasviri haqida xulosalarni asoslashga xizmat qilgan;
jahannam va jannat tasviri mualliflarning sub’ektiv tafakkuri, diniy qarashlari, mental inqirozni engish intensiyasi, dunyo poeziyasini talqin etishidagi dinning dogmatik kanonlarini qisman idrok etish pozisiyasiorqali voqelanishiga oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-GOO2 "Folklor va adabiy janrlarning nazariy masalalarini tadqiq qilish" mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 14-oktyabrdagi 17.01/169-son ma’lumotnomasi). Natijada Hofiz g‘azallarida Dante she’rlaridagi kabi aniq va ravshan bo‘lmagan “arosat” obraziga e’tiborni qaratilgani, shu jumladan, ikkala shoir uchun ham “arosat” toifasi o‘zgarmas she’riy va estetik dasturlar sifatida muhim ekanligi, ular orasidagi mazmuniy-uslubiy mushtaraklik holatlari aniqlanishining asoslanishiga erishilgan;
shakliy-uslubiy yo‘nalish nuqtai nazaridan do‘zax va jannat toifalarining poetik talkiniDante Aligeri ijodida sof majoziy ma’noda, batafsil,halokatli muqarrarlik sifatida, Hofiz Sheroziy ijodida esa engil konturlar, insonning hayot davomida qilgan harakatlari natijasi sifatidanamoyon bo‘lishiiga oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 16-sentyabrdagi 17.01/171-son ma’lumotnomasi). Natijalar, o‘z asarlari bilan poetik an’analarga sadoqati barobarida individual mahoratini to‘la namoyon eta olgan ijodkorlarning badiiy-estetik tajribalari haqidagi ilmiy xulosalar adabiyot va adabiyotshunoslik tarixini yoritish tamoyillarini belgilashda o‘z o‘rniga egaligini asoslashga xizmat qilgan;
    ikkala shoir asarlarida tasavvuriy olamning dualistik xarakteri yakun topadigan er hayoti va boqiylik kasb etadigan makon-zamon kontinuumi tamoyillarining dunyo haqiqati, dunyoni poetik kashf etish g‘oyaviyligida voqelanishibilan bog‘liq xulosa va natijalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida “Boqiy Meros” teledasturi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 24-avgustdagi 01-12/302a-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvni tayyorlashda ikkala shoirlarning asarlari, ijodiy merosi, xususan, Dante halokatli muqarrarlik sifatida va Hofiz insonning hayoti davomida qilgan harakatlari bilan bog‘liq qiziqarli tahliliy materiallar teletomoshabinlar e’tiboriga havola qilingan. Buning natijasida esa ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukamallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommaboplik xususiyati oshirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish