Xaliyarov Jasur Xidirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktab fizika kursini o‘qitishda zamonaviy energiya manbalariga oid kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan B2022.4.PhD/Ped4208.
Ilmiy rahbar: Abdiev Umirbek Begmatovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Yusuf G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xujanov Erkin Berdievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarida fizikadan zamonaviy energiya manbalariga oid kompetensiyalarni shakllantirishning metodik tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda zamonaviy energiya manbalariga oid tushunchalarni shakllantirish bosqichlari dars mashg‘ulotlari mazmuniga fan-ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasi tamoyilining pedagogik elementlarini (ko‘rgazmalilik, onglilik, tizimlilik) singdirish asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablarida fizika o‘qitishda zamonaviy energiya manbalariga oid kompetensiyalarni shakllantirishning strategik modeli mos kompetensiyalarni tanlash, shakllantirish, didaktik vositalarni ishlab chiqish, shakllangan fanga oid kompetensiyalarni baholash bosqichlari komponentlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablarida fizika o‘qitishda zamonaviy energiya manbalariga oid bilimlar STEAM yondashuvi asosida tayanch hamda fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv mazmuniga turli tipdagi masalalar, tajribalar, tadqiqot-loyiha ishlarini singdirish asosida rivojlantirilgan;
umumta’lim maktablarida fizika o‘qitishda zamonaviy energiya manbalariga oid kompetensiyalarni shakllantirishning metodik ta’minoti amaliy mashg‘ulotlar mazmuniga zamonaviy energiya manbalari (gidroenergetika, to‘lqin energetikasi, shamol energetikasi, quyosh fotoenergetikasi, bioenergetika, vodorod energetikasi)ga oid masalalar (matnli, eksperimental, grafik va hisoblashga doir)ni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablarida fizika o‘qitishda zamonaviy energiya manbalariga oid kompetensiyalarni shakllantirish metodikasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
umumta’lim maktablarida fizika o‘qitishda zamonaviy energiya manbalariga oid bilimlar STEAM yondashuvi asosida tayanch hamda fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv mazmuniga turli tipdagi masalalar, tajribalar, tadqiqot-loyiha ishlarini singdirish asosida rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar “Umumiy fizikadan masalalar to‘plami” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i, ro‘yxatga olish raqami 302-1258). Natijada, ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar maktab fizika ta’limida o‘quvchilarning quyosh fotoenergetikasi va boshqa zamonaviy energiya manbalarining fizik parametrlarini tajriba va masalalar echish orqali o‘rganishi, mustaqil fikrlashini yanada kengaytirish, fizik-texnik bilimlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularning kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish imkonini bergan;
o‘quvchilarda zamonaviy energiya manbalariga oid tushunchalarni shakllantirish bosqichlari dars mashg‘ulotlari mazmuniga fan-ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasi tamoyilining pedagogik elementlarini (ko‘rgazmalilik, onglilik, tizimlilik) singdirish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumanidagi 17-, 24-son, To‘rtko‘l tumanidagi 26-, 48-son maktablarida o‘quv jarayoniga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 26 apreldagi 01-1451-son ma’lumotnomasi). Jumladan, fizika darslarida zamonaviy energiya manbalariga oid bilimlarini innovatsion ta’lim texnologiyalari vositasida o‘quvchilarga etkazish hamda ularda energiya manbalariga oid kompetensiyalarning shakllanish imkonini bergan;
umumta’lim maktablarida fizika o‘qitishda zamonaviy energiya manbalariga oid kompetensiyalarni shakllantirishning metodik ta’minoti amaliy mashg‘ulotlar mazmuniga zamonaviy energiya manbalari (gidroenergetika, to‘lqin energetikasi, shamol energetikasi, quyosh fotoenergetikasi, bioenergetika, vodorod energetikasi)ga oid masalalar (matnli, eksperimental, grafik va hisoblashga doir)ni kiritish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Fizikada zamonaviy energiya manbalariga doir masalalar va ularning echimlari” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Termiz davlat universiteti rektorining 2022 yil 21 noyabrdagi 233-U sonli buyrug‘i, ro‘yxatga olish raqami 223-U-008). Natijada, o‘quvchilarda fizika fanini o‘qitishda zamonaviy energiya manbalariga oid kompetensiyalarni shakllantirishning metodik ta’minotini takomillashtirish imkonini bergan.