Nosirov Ilhom Abbosovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tabiiy resurslardan foydalanish sohasida ekologik menejmentning uslubiy asoslarini takomillashtirish», 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1DSc/Iqt31.
Ilmiy maslahatchi: Ivatov Irisbek, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, akademik; Tursunxodjaev Marat Lutfullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: globallashuv va iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tabiiy resurslardan foydalanish ekologik menejmentining nazariy, uslubiy hamda amaliy asoslarini takomillashtirish, uning rivojlanishi va samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
globallashuv va iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida “menejment”, “ekologik menejment” va “tabiiy resurslar ekologik menejmenti” tushunchalarining tavsiflari ishlab chiqilgan;
ekologik-iqtisodiy xavfsizligini va umuman tabiiy muvozanatni saqlab qolishdagi nazariy tushunchalar asoslab berilgan va takomillashtirilgan;
tabiiy resurslardan samarali foydalanishni boshqarishda uning iqtisodiy ustuvorlik tamoyillariga va huquqiy jihatdan tabiatni muhofaza qilishning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
tabiiy bioxilmaxillik institutsional ta’minotida tabiiy resurslardan samarali foydalanishning ekologik menejmentini ta’minlash maqsadida berilgan ilmiy takliflar qonun normalariga kiritilib, tabiiy resurslarni baholashning mezonlarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar asoslab berilgan;
er tabiiy resurslaridan foydalanishda ularning shakllanishi va hosildorligini saqlab qolish hamda ekologik zararsizlanmaslikni ta’minlashning ekologik menejment nuqtai nazaridan ekspert baholash modeli bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishda uni boshqarish usullarini tanlash, uning atrof-muhit bilan uyg‘unligini ta’minlash, shuningdek, suv tejamkorligini ta’minlaydigan investisiyalardan maqsadli foydalanishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nobarqarorlikni bartaraf etish uchun xizmat qiladigan ekologik menejment usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tabiiy resurslardan foydalanish sohasida ekologik menejmentning uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
globallashuv va iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida “menejment”, “ekologik menejment” va “tabiiy resurslar ekologik menejmenti” tushunchalarining tavsiflari ishlab chiqilgan, ekologik-iqtisodiy xavfsizlik va tabiiy muvozanatni saqlab qolishdagi nazariy tushunchalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 14 martdagi 107-sonli buyrug‘iga asosan (Ro‘yxatga olish raqami 107-009) 5230300-KBXTTE, 5230400-M, 5230500-BI yo‘nalishining talabalari uchun tavsiya etilgan. Natijada “Menejment” o‘quv qo‘llanmasining 2-3 boblaridagi mavzularni yoritish imkonini bergan;
tabiiy resurslardan samarali foydalanishni boshqarishda uning iqtisodiy ustuvorlik tamoyillariga va huquqiy muhofaza qilishning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar «Tabiiy resurslardan foydalanish sohasida ekologik menejmentning rivojlantirish mexanizmi» dasturida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentining 2017 yil 23 oktyabrdagi 14/1-653-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish respublikada tabiiy resurslardan foydalanish sohasida ekologik menejmentni amalga oshirishning samarali mexanizmini ishlab chiqish imkonini bergan;
tabiiy bioxilmaxillik institsional ta’minotida tabiiy resurslardan samarali foydalanishni ekologik menejmentini ta’minlash maqsadida berilgan ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘RQ-408-sonli qonunining 2-bobi 7, 8, 9, 10 va 11-moddalariga, O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘RQ-409-sonli qonunining 20 va 28-moddalariga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2016 yil 11 noyabrdagi 02/04-154 son va 2016 yil 11 noyabrdagi 02/04-155-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning qonun normalariga kiritilishi asosida tabiiy resurslardan foydalanish mezonlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
er va suv tabiiy resurslaridan foydalanishda ularning shakllanishi hamda hosildorligini saqlab qolish va ekologik zararsizlanmaslikni ta’minlashning ekologik menejment nuqtai nazaridan ekspert baholash modeli ishlab chiqilib, uning natijalari 2017–2022 yillarga mo‘ljallangan mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘lidagi uzluksiz ta’lim konsepsiyasiga kiritilgan (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2017 yil 4 yanvardagi ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan modelni ta’lim jarayonida qo‘llash asosida inson va atrof-muhit munosabatlaridagi uyg‘unlik, tabiiy resurslardan foydalanishdagi tejamkorlikka erishishga xizmat qilgan.