Ro‘ziev Alisher Ibroimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Iqtisodiyotni rivojlanishida xizmatlar sohasining ta’sirini statistik baholash (Toshkent viloyati misolida)”
08.00.06 – Ekonometrika va statistika
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2937
Ilmiy rahbar: Xujakulov Xaitmurat Djavlievich iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: M.A.Umarova iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; X.S.Muxiddinov iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: hududlarda xizmatlar sohasi faoliyatini statistik tadqiq qilish, ekonometrik modellarini tuzish hamda istiqbollarini prognozlash bo‘yicha ilmiy amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
alohida olingan xizmat ko‘rsatish sohalari faoliyatini statistik baholashda indikativ omillarni kompleks qo‘llagan holda hududlar kesimida sohani rivojlantirishning integral ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqilgan;
hududlarda xizmat ko‘rsatish sohasini iqtisodiy rivojlanish holati, darajasi va tendensiyalari hamda tarkibiy o‘zgarishlari hisobga olinib, iqtisodiy indekslar tizimini qo‘llash hisobiga xizmat ko‘rsatish sohasi samaradorligi ko‘p omilli statistik usullarda baholangan;
xalqaro iqtisodiy faoliyat turlari tasniflagichi tamoyillarini qo‘llagan holda xizmat ko‘rsatish sohalarini dinamik rivojlantirishni hisobga olib, sohani hudud iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotiga ta’siri statistik baholangan;
xizmat ko‘rsatish sohasida statistik axborotlarning shaffofligi, tezkorligi va to‘liqligini ta’minlash maqsadida statistik kuzatuv shakllarining qo‘shimcha ko‘rsatkichlar va indikatorlar bilan kengaytirish hamda tanlanma kuzatuv usullarini qo‘llash asosida hududlar kesimida sohaning axborotlar bazasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bajarilgan tadqiqotlar asosida quyidagilar amaliyotga joriy qilindi:
alohida olingan xizmat ko‘rsatish sohalari faoliyatini statistik baholashda indikativ omillarni kompleks qo‘llagan holda hududlar kesimida sohani rivojlantirishning integral ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqish (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining 2023 yil 05 oktyabdagi №01/1-01-15/2-189-sonli ma’lumotnomasi). Natijada hududlar kesimida xizmat ko‘rsatish sohasini iqtisodiy faoliyatini baholovchi statistik ko‘rsatkichlar tizimi aniqlangan;
hududlarda xizmat ko‘rsatish sohasini iqtisodiy rivojlanish holati, darajasi va tendensiyalari hamda tarkibiy o‘zgarishlari hisobga olinib, iqtisodiy indekslar tizimini qo‘llash hisobiga xizmat ko‘rsatish sohasi samaradorligi ko‘p omilli statistik usullarda baholangan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining 2023 yil 05 oktyabdagi №01/1-01-15/2-189-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilik orqali Toshkent viloyatida XKS iqtisodiy faoliyati ko‘p omilli tahlil qilinib, ilmiy xulosalar chiqarilgan;
xalqaro iqtisodiy faoliyat turlari tasniflagichi tamoyillarini qo‘llagan holda xizmat ko‘rsatish sohalarini dinamik rivojlantirishni hisobga olib, sohani hudud iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotiga ta’siri statistik baholangan (Toshkent viloyati statistika boshqarmasining 2023 yil 07 iyundagi № 01/1-11-10/2-399-sonli ma’lumotnomasi). Unga ko‘ra hududda savdo xizmatlari, transport xizmatlari, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar hamda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlarni hududda rivojlantirish taklifi berilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasida statistik axborotlarning shaffofligi, tezkorligi va to‘liqligini ta’minlash maqsadida statistik kuzatuv shakllarining qo‘shimcha ko‘rsatkichlar va indikatorlar bilan kengaytirish hamda tanlanma kuzatuv usullarini qo‘llash asosida hududlar kesimida sohaning axborotlar bazasi takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2023 yil 10 oktyabrdagi №01/1-04-14/2-63-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilik orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasida yuritiladigan «Shaxsiy avtomototransport egalarining tashish faoliyati to‘g‘risida so‘rovnoma»si shaklini takomillashtirish taklifi amaliyotga joriy etilgan.