Nurmatov Sherzod Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Soliq imtiyozlaridan samarali foydalanishda nazoratni takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2445
Ilmiy rahbar: Isaev Faxriddin Ikromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bozorov Akmal Amonovich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi soliq imtiyozlaridan samarali foydalanishda nazoratni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida respublikaning barcha tuman va shaharlarini beshta toifaga ajratish va ularga tabaqalashtirilgan stavkalarda soliq to‘lash tartibini joriy etish taklifi asoslangan;
ilk marotaba foyda solig‘ini to‘lash tartibiga o‘tgan aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilarga belgilangan foyda soliq stavkasini 50 foizgacha pasaytirish huquqini berish taklif etilgan;
bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, shuningdek, tugallanmagan qurilish obektlariga hamda ushbu obektlar bilan band bo‘lgan er uchastkalariga nisbatan mol-mulk va er soliqlarining oshirilgan stavkalarini qo‘llash, soliq imtiyozlari va preferensiyalarning amal qilishini to‘xtatish tartibini bekor qilish asosida tadbirkorlik subektlarining soliq yukini kamaytirish va biznes yuritishni soddalashtirish taklifi asoslangan;
davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlariga nisbatan belgilanuvchi soliq turlari samaradorligi darajasidan kelib chiqqan holda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni bekor qilish asosida soliq imtiyozlari ma’muriyatchiligi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.Soliq imtiyozlaridan samarali foydalanishda nazoratni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida respublikaning barcha tuman va shaharlarini beshta toifaga ajratish va ularga tabaqalashtirilgan stavkalarda soliq to‘lash tartibini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 25-apreldagi 21-43173-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tuman va shahar toifasidan kelib chiqib, tadbirkorlik subektlariga soliq imtiyozlari, subsidiyalar va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar soliq solishning tabaqalashtirilgan tartibi joriy etilgan;
ilk marotaba foyda solig‘ini to‘lash tartibiga o‘tgan aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilarga belgilangan foyda soliq stavkasini 50 foizgacha pasaytirish huquqini berish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-son Qonuniga binoan Soliq kodeksining 337-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 25-apreldagi 21-43173-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq to‘lovchilarning umum belgilangan soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishini rag‘batlantirish, ularning soliq yukidan xavfsirashlarining oldini olishga xizmat qilgan;
bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, shuningdek, tugallanmagan qurilish obektlariga hamda ushbu obektlar bilan band bo‘lgan er uchastkalariga nisbatan mol-mulk va er soliqlarining oshirilgan stavkalarini qo‘llash, soliq imtiyozlari va preferensiyalarning amal qilishini to‘xtatish tartibini bekor qilish asosida tadbirkorlik subektlarining soliq yukini kamaytirish va biznes yuritishni soddalashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PF-162-son “Soliq ma’muriyatchiligini isloh qilish davrida biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 25-apreldagi 21-43173-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qulay shart-sharoitlar yaratish orqali tadbirkorlik subektlarining soliq yukini kamaytirish va biznes yuritishni soddalashtirishga erishilgan;
davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlariga nisbatan belgilanuvchi soliq turlari samaradorligi darajasidan kelib chiqqan holda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni bekor qilish asosida soliq imtiyozlari ma’muriyatchiligi takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-son Qonuniga binoan Soliq kodeksining 243-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 25-apreldagi 21-43173-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida byudjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, ma’muriy xarajatlarni kamaytirish va soliq tizimini soddalashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish