XASANOVA Lola Emil`evnaning

doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: tibbiyot fanlari nomzodi.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Tib449

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qari va keksa yoshdagi ayollarda tarqalgan parodontitning kechishi, patogenetik davolash va oldini olish», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).

Ilmiy  maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoniMel`kumyan Timur Vladimirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, 16.07.2013.Tib.17.01

Rasmiy opponentlar: t.f.d., prof. Baek Il Kim, t.f.d., dots. G.I.Lukina, t.f.d., dots. S.S.Gulyamov

Yetakchi tashkilot: Bryussel` erkin Universiteti (Bel`giya)

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

Pedagogik ish tajribasiga qo‘yilgan talabning bajarilgani: 1990 yildan I Toshkent Davlat tibbiyot instituti Terapevtik stomatologiya kafedrasi assistenti, 2004 yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi Terapevtik stomatologiya kafedrasi dotsenti, 2014 yildan Toshkent Davlat stomatologiya instituti Gospital terapevtik stomatologiyasi kafedrasi dotsenti.

    II. Nashr ishlari.

Ilmiy daraja talabgori tomonidan nashr ishlariga qo‘yilgan talablar to‘liq bajarilgan, jumladan:

a) O‘zbekiston Respublikasi OAKning doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalari nashr qilish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan 5 ta milliy ilmiy jurnalda 20 ta ilmiy maqola, 2 ta xorijiy ilmiy jurnalda 2 ta ilmiy maqola nashr qilingan;

b) dissertatsiya mavzusi bo‘yicha 4 ta ma’ruza tezisi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallarida e’lon qilingan (jumladan: 2014, Moskva; 2010, Ukraina).

   III. Tadqiqotning maqsadi: keksa va qari yoshdagi ayollarda birlamchi va ikkilamchi osteoporoz bilan birga kechuvchi tarqalgan parodontitni kechish xususiyatlarii o‘rganish va patogenetik davolash va profilaktika usullarini ishlab chiqish.

    IV. Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi:

O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi keksa va qari yoshdagi ayollar yashash sharoitlarini e’tiborga olgan holda birlamchi va ikkilamchi osteoporoz negizidagi kechuvchi TP ning klinik kechish xususiyatlari, kasallikni uchrash darajasi aniqlangan;

ayollar yoshi, homiladorliklar soni, postmenopauza davrini boshlanishi va og‘irlik darajasi, menopauza davridagi suyak sinishlari sonini e’tiborga olib, TP kechish og‘irligi, olingan tishlar soni, TP bilan kasallangan  organizmida yuz beruvchi jarayonlar o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklar aniqlangan;

osteoporoz negizida kechuvchi TP bilan og‘rigan ayollarda parodont to‘qimasining rentgenodensitometrik va klinik holati baholangan;

birlamchi va ikkilamchi osteoporoz mavjud ayollarda parodontitni kechishi qiyosiy baholangan;

osteoporoz fonidagi TP mavjud bemorda osteopenik buzilishlarni suyak remodellanishi biokimyoviy markerlari baholangan;

keksa va qari yoshdagi ayollarda osteotrop terapiyani qo‘llash orqali davolash samarasini oshiruvchi, osteoporozni oldini oluvchi va parodontitni uzoq muddatli remissiyasiga olib keluvchi TP ni davolash sxemasi ishlab chiqilgan.

    V. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari:

«Osteoporoz negizidagi parodont kasalliklarini davolash va oldini olishda kal`siy preparatlarini qo‘llash» va «Keksa va qari yoshda tarqalgan parodontitni rentgenologik va densitometrik tashxislash usullari» mavzusida uslubiy qo‘llanma sog‘liqni  saqlash amaliyotiga, jumladan 1-sonli stomatologik poliklinika Davlat unitar korxonasi xamda O‘zbekiston Respublika 1-sonli tibbiy-sanitariya birlashmasi Markaziy poliklinikasi amaliyotiga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash  vazirligining 29.08.2014 yildagi  18-sonli xulosasi). Yuqorida qayd etilgan tavsiyalarni parodontitni davolashda qo‘llanilishi natijasida remissiya davrini 30 foizga uzaytirdi, davolash samaradorligi esa 16 foizga oshdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish