Asatulaev Akmal Farxatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smirlarda tuxumdonlarning kistozli va o‘smaga o‘xshash hosilalarini tashxislash va davolashni takomillashtirish” 14.00.35-Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2573.
Ilmiy raxbar: Shamsiev Azamat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Minaev Sergey Viktorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Negmadjanov Baxodur Boltaevich,  tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi diagnostika va jarrohlik davolash taktikasini optimallashtirish orqali o‘smirlarda tuxumdon kistasi va o‘smasimon hosilasini davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tuxumdon kistasi va o‘smasimon hosilasi bo‘lgan o‘smirlarda kasallikning chastotasi, shakllari va asoratlarning turi bemorlarning yoshiga qarab aniqlangan;
o‘smirlarda tuxumdon kistasi va o‘smasimon hosilasini o‘z vaqtida tashxislash va jarrohlik davolash taktikasini belgilash uchun qondagi leykotsitlarning spontan aglomeratsiyasi ko‘rsatkichi (LSAK) differensial diagnostik marker ekanligi aniklangan;
bemorlarning yoshiga, hosilaning hajmiga, asoratlarning xususiyatiga, xamda ul`rosonografiya va LSA ko‘rsatkichlariga qarab o‘smirlarda tuxumdon kistasi va o‘smasimon hosilasining turli shakllari uchun terapevtik va diagnostik chora tadbirlari takomillashtirilgan;
tuxumdon kistasi va o‘smasimon hosilasi bo‘lgan bemorlarni davolashning uzoq muddatli natijalarini taxlili asosida ishlab chiqilgan jarrohlik taktikasining 87,5% gacha yuqori samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023 yil 16 noyabr` 67-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor tuxumdon kistasi va o‘smasimon hosilasi bo‘lgan o‘smirlarda kasallikning chastotasi, shakllari va asoratlarning turi bemorlarning yoshiga qarab aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: kasallikning shakliga, bemorlarning yoshiga va asoratlar turiga qarab o‘smirlarda tuxumdonlarning kistozli va o‘smaga o‘xshash hosilalarini jarrohlik davolashning optimal taktikasi ishlab chiqilgan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyati tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 26.11.2022 yildagi 18/1-sonli buyruq, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo hamda Samarqand filiallari bo‘yicha 02.11.2022 yildagi 71/1- sonli va 05.12.2022 yildagi 32/1- sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. .Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘smirlarda tuxumdon patologiyalarini tashxislash va davolash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalardan foydalanish bemorlarning 95 foizida patologiyani o‘z vaqtida tashxislash, 74% birlamchi tibbiy-profilaktika muassasalarida tegishli tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini berdi, ambulatoriya sharoitida davolanishni joriy etishga yordam berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Erta tashxis qo‘yish va davolash taktikasini tanlash bo‘yicha taklif qilingan yondashuvlarimizni kundalik amaliyotga joriy etishning iqtisodiy samarasi asoratlarning rivojlanishini kamaytiradi va shu bilan davolash xarajatlarini tejaydi. Xulosa: Tuxumdonlarning kistozli va o‘simtaga o‘xshash shakllanishi bilan xavf guruhini aniqlashda o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va optimal davolash taktikasini tanlash imkonini beradi, bu esa bemorning kasalxonada  statsionar davolanish  muddatini qisqartiradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «O‘smirlarda tuxumdonlarning kistozli va o‘smaga o‘xshash hosilalarini tashxislash va davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand Davlat tibbiѐt universitetining 2023 yil 13 noyabrdagi 314-sonli xati yuborilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 11 noyabrdagi 8n-z/1273-son ma’lumotnomasi);
ikkinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: bemorlarning yoshiga, hosilaning hajmiga, asoratlarning xususiyatiga, xamda ul`rosonografiya va LSA ko‘rsatkichlariga qarab o‘smirlarda tuxumdon kistasi va o‘smasimon hosilasining turli shakllari uchun terapevtik va diagnostik chora tadbirlari takomillashtirilgan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Murakkab kistalar va tuxumdon kistalari 5 sm dan katta, shuningdek o‘simtaga o‘xshash hosilalar bilan og‘rigan bemorlarga eng maksimal darajada organlarni saqlaydigan operatsiya Laparoskopik usulda yoki pastki o‘rta kirish orqali ko‘rsatiladi. Diametri 5 sm gacha bo‘lgan asoratlanmagan kistalar uchun bolalar ginekologi tomonidan konservativ kuzatuv va davolash tavsiya etiladi. .Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyati tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 26.11.2022 yildagi 18/1-sonli buyruq, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo hamda Samarqand filiallari bo‘yicha 02.11.2022 yildagi 71/1- sonli va 05.12.2022 yildagi 32/1- sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘smirlarda tuxumdonlarning kistoz va o‘simtaga o‘xshash hosilasini o‘z vaqtida davolash bilan asoratlarni rivojlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bu organni saqlab qoluvchi operatsiyalarini bajarishga imkon beradi, ushbu kasallik bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi, shuningdek, o‘smir qizlarning reproduktiv salomatligini saqlashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘smirlarda tuxumdonlarning kastoz va o‘simtaga o‘xshash hosilalarini o‘z vaqtida tashxislash va davolash asoratlarning oldini  olishga imkon beradi, ya’ni: 1) bemorning shifoxonada qolish muddatini 2 kunga qisqartirib, shifoxonadagi yotoq kun miqdorini kamayadi 2) shifoxonada bo‘lish davrining qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 80 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: yangi davolash-profilaktik algoritmining qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 160000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 137 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «O‘smirlarda tuxumdonlarning kistozli va o‘smaga o‘xshash hosilalarini tashxislash va davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand Davlat tibbiѐt universitetining 2023 yil 13 noyabrdagi 314-sonli xati yuborilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 11 noyabrdagi 8n-z/1273-son ma’lumotnomasi);
uchinchi ilmiy yangilik ilmiy yangilikning mohiyati: o‘smirlarda tuxumdon kistasi va o‘smasimon hosilasini o‘z vaqtida tashxislash va jarrohlik davolash taktikasini belgilash uchun qondagi leykotsitlarning spontan aglomeratsiyasi ko‘rsatkichi (LSAK) differensial diagnostik marker ekanligi aniklangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: O‘smirlarda tuxumdon hosilasini erta aniqlash asoratlarning oldini oladi. Patologiyasi bo‘lgan bemorlarning ahvoli murakkab kurs fonida og‘irlashadi va shu asosda yaratilgan EHM dasturi (17693 yildagi 06/21/2022 DSU) xavf guruhlarini aniqlashga va agar aniqlansa, kasallikni asoratlar boshlanishidan oldin davolashga va shu bilan kelajakda reproduktiv funksiyani saqlashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyati tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 26.11.2022 yildagi 18/1-sonli buyruq, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo hamda Samarqand filiallari bo‘yicha 02.11.2022 yildagi 71/1- sonli va 05.12.2022 yildagi 32/1- sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘smirlarda tuxumdon hosilasining erta tashxisiga erishildi, bu asoratlar rivojlanishining oldini olish va reproduktiv funksiyani saqlashga imkon beradi. Taklif etilayotgan kompleks yondashuvdan uzoq muddatda bemorlarning 87 foizida o‘smirlarda tuxumdon kasalliklarini davolash va profilaktika sifati yaxshilandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bemorning shifoxonadagi davri uchun: 1) bemorning kasalxonada qolish muddatini 2 kunga qisqartirdi va kasalxonada yotadigan joylar sonini kamaytirdi; 2) kasalxonada bir necha kun qolish muddati qisqarishi tufayli dori-darmonlarga talab kamaydi (o‘rtacha Dori vositalariga kuniga 80 000 so‘m sarflanadi). Xulosa: yangi davolash-profilaktika algoritmining qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 160 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 137 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «O‘smirlarda tuxumdonlarning kistozli va o‘smaga o‘xshash hosilalarini tashxislash va davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand Davlat tibbiѐt universitetining 2023 yil 13 noyabrdagi 314-sonli xati yuborilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 11 noyabrdagi 8n-z/1273-son ma’lumotnomasi);
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: tuxumdon kistasi va o‘smasimon hosilasi bo‘lgan bemorlarni davolashning uzoq muddatli natijalarini taxlili asosida ishlab chiqilgan jarrohlik taktikasining 87,5% gacha yuqori samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Uzoq muddatda olib borilgan tadqiqotlar asosida biz asoratlarning turi, hajmi, tarqalishi va mavjudligiga qarab o‘smirlarda kistoz va o‘smaga o‘xshash tuxumdon hosilasini tashxislash va davolash taktikasi algoritmini ishlab chiqdik. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyati tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 26.11.2022 yildagi 18/1-sonli buyruq, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo hamda Samarqand filiallari bo‘yicha 02.11.2022 yildagi 71/1- sonli va 05.12.2022 yildagi 32/1- sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Olingan natijalarni sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etish o‘smirlarda kistoz va o‘smaga o‘xshash tuxumdon hosilasining murakkab kechishini kamaytirishga va shu bilan statsionar davolanish muddatini qisqartirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat  O‘smirlik davrida kistoz va o‘smaga o‘xshash tuxumdon hosilasining turli shakllarini boshdan kechirgan, uzoq muddatli davrda 20 yilgacha o‘rganilgan bemorlarning reproduktiv salomatlik holatini qiyosiy baholash ishlab chiqilgan terapevtik-diagnostika kompleksi va jarrohlik davolash taktikasining yuqori samaradorligini ko‘rsatdi. Hulosa: uzoq muddatli davolashda yaxshi natijalar soni nazorat guruhidagi 82,7% dan asosiy guruhda 87,5% gacha o‘sdi va qoniqarli natijalar soni mos ravishda 13,5% dan 12,5% gacha kamaydi. Qoniqarsiz natijalar nazorat guruhidagi 3,8% dan asosiy guruhdagi 0% gacha kamaydi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «O‘smirlarda tuxumdonlarning kistozli va o‘smaga o‘xshash hosilalarini tashxislash va davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand Davlat tibbiѐt universitetining 2023 yil 13 noyabrdagi 314-sonli xati yuborilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 11 noyabrdagi 8n-z/1273-son ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish