Xalmirzaev Dilmurad Kamilovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kuchsiz o‘suvchi payvandtaglarda ko‘chat etishtirish asosida olcha va olxo‘rining jadallashtirilgan bog‘larini barpo etishni agrotexnologik asoslari”, 06.01.07- Mevachilik va uzumchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Qx277
Ilmiy maslahatchi: Islamov Soxib Yaxshibekovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04
Rasmiy opponentlar: Fayziev Jamoliddin Nosirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xo‘jamshukurov Nortoji Abdixoliqovich, biologiya fanlari doktori, professor; Namozov Ixtiyor Chorievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Kuchsiz o‘suvchi payvandtaglarda ko‘chat etishtirish asosida olcha va olxo‘rining jadallashtirilgan bog‘larini barpo etishning agrotexnologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
olchaning qurg‘oqchilik (suv tanqisligi 24,3-24,7%) va sovuqqa (-20-25℃) chidamli P-3 va P-7, olxo‘rining OD 2-3 va OPA 15-2 (suv tanqisligi 18,1-19,5%) payvandtaglari tanlangan;
kuchsiz o‘suvchi payvandtaglarda olcha va olxo‘ri ko‘chatlarini etishtirishda payvandust kurtaklarning yuqori tutuvchanligi (88,0-89,6%) va eng ko‘p ko‘chat chiqishini (46619-47613 dona/ga) ta’minlovchi payvand qilish muddati (30 iyul – 10 avgust) aniqlangan;
olxo‘ri va olcha daraxtlarining eng yaxshi o‘sib, rivojlanishi va yuqori hosildorligini ta’minlovchi ekish sxemasi (4,0x3,0 m) ilmiy asoslangan;
olcha va olxo‘ri daraxtlari assimilyatsiya yuzasini rivojlanishi va fotosintez mahsuldorligining shakl berish usuliga korrelyatsion bog‘liqligi asoslangan (R2=0,89-1,0);
olcha daraxtlariga 5 skelet shoxli (19,8 t/ga) va olxo‘ri daraxtlariga yarusli (39,9 t/ga) shakl berilganda eng yuqori hosildorlik va mevasining sifatli bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. kuchsiz o‘suvchi payvandtaglarda ko‘chat etishtirish asosida olcha va oxo‘ri bog‘larini barpo etishni jadallashtirishning agrotexnologik asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa er egalari uchun «Intensiv olcha va olxo‘ri bog‘larida daraxtlarning shox-shabbasiga shakl berish» nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 3 noyabrdagi 07/21-21-07/466-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa er egalari uchun olcha va olxo‘ridan yuqori hosil etishtirishda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
olcha va olxo‘ri ko‘chatlarini o‘sish kuchi turli bo‘lgan payvandtaglarda kurtak payvand qilish yo‘li bilan etishtirish ishlanmasi Toshkent viloyati Oxangaron tumani Yangi hayot MFY "ILXOM" fermer xo‘jaligida 1 gektar, Yangixayot MFY “Kamron Imron Kelajak” fermer xo‘jaligida 2 gektar va Oxangaron tumani Do‘stlik MFY Maxsuma Matlyuba Maftuna" fermer xo‘jaligida 1 gektar, jami 4 gektar maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 3 noyabrdagi 07/21-21-07/466-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektariga 269000,0 ming so‘mgacha sof foyda olingan;
intensiv olcha va olxo‘ri bog‘laridagi daraxtlarga shakl berish ishlanmasi Oxangaron tumani Yangi hayot MFY "ILXOM" fermer xo‘jaligida 9,1 gektar, Yangixayot MFY “Kamron Imron Kelajak” fermer xo‘jaligida 5 gektar, jami 14,1 gektar maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 3 noyabrdagi 07/21-21-07/466-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektariga 52000,0 ming so’mgacha sof foyda olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish