Irzaev Bahrom Shaymamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda musiqa madaniyatining rivojlanishi”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tar15.
Ilmiy rahbar: Hasanov Baxtiyor Vaxapovich, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Yulduz Alimjanovna, tarix fanlari doktori, professor; Hamidov Hojiakbar, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: mustaqillik yillari O‘zbekistonda musiqa madaniyatining rivojlanishi, milliy musiqiy meros, kasbiy musiqa, zamonaviy musiqa san’ati, musiqiy ta’lim masalalarini ochib berishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Turkiston», «Er yuzi», «Maorif va o‘qituvchi», «Alanga» va boshqa o‘zbek vaqtli matbuoti sahifalarida chop etilgan, ammo turli sabablarga ko‘ra tadqiqotchilar e’tiboridan chetda qolgan bir qator manbalar asosida XX asrning 20–30 - yillarida o‘zbek milliy ziyolilari, kompozitor va bastakorlari tomonidan milliy musiqa madaniyatining ko‘plab yorqin namunalari yaratilgani aniqlangan;
XX asrning 30–80 yillarida o‘zbek musiqa madaniyatiga mustabid tuzum mafkurasi nuqtai nazaridan bir yoqlama yondashish natijasida milliy musiqa sozlarini Evropa musiqa asboblari andozasi asosida rekonstruksiya qilish, milliy musiqa asarlarining eng yaxshi namunalarini qayta ishlash tajribasi amalga oshirilgani va bu hol o‘zbek musiqa madaniyatini tanazzul holatiga olib kelganligi isbotlangan;
o‘zbek zamonaviy musiqa san’atiga xorijiy musiqa ta’siri, shuningdek, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishlarining kirib kelayotgani milliy musiqa san’ati taraqqiyotiga, yosh avlodning estetik didi va milliy musiqiy qarashlarining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi asoslangan;
mamlakatda musiqiy ta’lim sohasida o‘tkazilgan islohotlarning tadrijiy natijalari baholangan hamda ta’lim sifatini oshirish, o‘quv adabiyotlari, kadrlar tarkibidagi nomutanosibliklar kabi mavjud muammolar yuzasidan xulosalar asoslangan;
madaniy tadbirlarni faol amalga oshirishda “xalq diplomatiyasi”ning yetakchi vositalaridan biri musiqa san’atidan keng va samarali foydalanilganligi asoslangan;
O‘zbekiston ijodiy ziyolilarining ilmiy tadqiqotlari, ijodiy faoliyati, san’atkorlarimizning xalqaro madaniy jarayonlardagi faol ishtirokini uyg‘unlikda o‘zbek musiqa madaniyatining rivojlanishida muhim omil bo‘lganligi ilmiy asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda musiqa madaniyatining rivojlanishi yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
mustabid tuzum davrida o‘zbek san’atkorlari baxshi, hofiz va bastakorlariga nisbatan amalga oshirilgan ta’qib va qatag‘onlar, ular tomonidan yaratilgan o‘zbek milliy musiqa madaniyatining yorqin namunalari, shuningdek, sovet deportatsiya siyosati oqibatida yuzaga kelgan ko‘p millatli O‘zbekistonda “xalq diplomatiyasi”ning yetakchi vositalaridan biri bo‘lgan musiqa san’atining rolini ko‘rsatuvchi ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 5 maydagi PQ-861-sonli “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq yaratilgan Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining “1940-50 yillardagi siyosiy qatag‘onlar” mavzuidagi loyihasi 8-bo‘limini qayta shakllantirishda foydalanilgan (Qatag‘on qurbonlari davlat muzeyining 2018 yil 13 fevraldagi 38-son ma’lumotnomasi). Qo‘llanilgan natijalar totalitar tuzum davrida ijodiy ziyolilarga nisbatan amalga oshirilgan qatag‘on siyosatining mohiyatini ochib bergan, ko‘p millatli mamlakat uchun ichki barqarorlikni ta’minlashda musiqa madaniyatining o‘rni boy faktik materiallar asosida ko‘rsatib berilgan;
mustabid tuzum sharoitida tazyiqqa olingan milliy musiqiy qadriyatlarning tiklanishi, xususan, “Alpomish” dostonining 1000 yilligi, YuNESKO tashkiloti bilan hamkorlikda muntazam o‘tkaziladigan “Boysun bahori” fol`klor bayrami, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali kabi tadbirlar, mamlakatda milliy estrada san’ati rivojlanishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Nihol” mukofotining ta’sis etilishi, shuningdek, mamlakatda musiqiy ta’lim sohasida o‘tkazilgan islohotlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 8 iyuldagi PQ-910-sonli “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Qarori doirasida amalga oshirilgan tadbirlarga oid materiallardan muzeyning “Mustaqillik yillarida tarixiy adolatning tiklanishi, qatag‘on qurbonlari xotirasining abadiylashtirilishi, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilgan tarixiy ishlar (1991 yildan keyingi davr)” nomli yangi ekspozisiyasini boyitishda keng foydalanilgan (Qatag‘on qurbonlari davlat muzeyining 2018 yil 13 fevraldagi 38-son ma’lumotnomasi). Qo‘llanilgan natijalar mamlakatda amalga oshirilgan islohotlarning ko‘lam va mohiyatini ochib berib, uni boy faktik materiallar, manba va ma’lumotlar bilan to‘ldirishga xizmat qilgan.