Karimov Islom Azim o’g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Sun’iy inshootlar fazoviy rombsimon kontakt osmasini takomillashtirish, 05.08.05 – Temir yo’llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: №
Ilmiy rahbar: Amirov Sulton Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Gayibov Tulkin Shernazarovich, texnika fanlari doktori, professor; Radjibaev Davron Oktambaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi energetika muommolar instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Temir yo’l sun’iy inshootlari uchun past konstruktiv balandlikka, kichik gabarit o’lchamlariga, yuqori ishonchlilikka ega va montaj qilish hamda texnik xizmat ko’rsatish sodda bo’lgan fazoviy rombsimon kontakt osmalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ushlab turuvchi troslar joylashuvini o’zgartirish va kontakt simlaridagi romblar sonini qisqatirish hisobiga past konstruktiv balandlikka, kichik gabarit o’lchamlariga, yuqori ishonchlilikka ega va montaj qilish hamda texnik xizmat ko’rsatish sodda bo’lgan yangi fazoviy rombsimon kontakt osmalari ishlab chiqilgan;
fazoviy rombsimon kontakt osmalarining tortilish kuchlari ta’sirida egiluvchan fiksator holatini inobatga olgan holda matematik modellari ishlab chiqilgan;
fazoviy rombsimon kontakt osmalarining turli ekspluatatsion xususiyatlarini inobatga olgan holda parametrlarini ularning almashlash sxemalari asosida hisoblash metodikasi ishlab chiqilgan;
fazoviy rombsimon kontakt osmalarini statik va
dinamik tavsiflarini tadqiq etish jarayonini soddalashtirish imkoniyatini beruvchi hisoblash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sun’iy inshootlar fazoviy rombsimon kontakt osmasini ishlab chiqish bo’yicha olingan natijalar asosida:
sun’iy inshootlarda kontakt tarmog‘i qurilmasi uchun O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasidan ixtiroga patent olingan (№IAP 07489; 2023 y.). Natijada, temir yo’l sun’iy inshootlari uchun past konstruktiv balandlikka, kichik gabarit o’lchamlariga, yuqori ishonchlilikka ega va montaj qilish hamda texnik xizmat ko’rsatish sodda bo’lgan fazoviy rombsimon kontakt osmasining qurilmasi yaratilgan;
yangi fazoviy rombsimon kontakt osmasi “O’zbekiston temir yo’llari” AJ “Qo’qon” elektr ta’minoti masofasi “Temiryo’lobod” tuman kontakt tarmog‘iga qarashli “Qamchiq” tunnelida qo’llanilgan (“O’zbekiston temir yo’llari” AJ ning 2023 yil 10 oktyabrdagi 01/3174-23 – son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi fazoviy romsimon kontakt osmasidan gabariti cheklangan va, ayniqsa, uzun tunnellarda foydalanish elektr harakat tarkiblarini sifatli va uzlyuksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish