Muratov Nuritdin Djabbarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Cho‘kindi tog‘ jinslari majmuasidagi konlarni razvedka qilishda burg‘ilashning yangi texnologiyasi», 04.00.15 – Geologiya qidiruv ishlari texnologiyasi va texnikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/T587.
Ilmiy maslahatchi: Soy Vladimir Den`evich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Mineral resurslar instituti” DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti” DM huzuridagi DSc.24/30.12.2019.GM.40.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Djuraev Rustam Umarxonovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Xalilov Akmal Abdujalilovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Zairov Sherzod Sharipovich, texnika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: cho‘kindi tog‘ jinslari majmuasidagi konlarni razvedka qilishda burg‘ilashning yangi texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qalinligi 500-600 metr bo‘lgan mezozoy-kaynozoy qatlamlari ostidan 350-1200 metr chuqurlikdagi poleozoy bo‘ylab burg‘ilashda SSK komplekslari va harakatlanuvchan aylantirgichga ega gidrofisirlangan burg‘ilash uskunalarini qo‘llash imkoniyati asoslangan;
kernning diametri 50 mm bo‘lishligi radiometrik va boshqa laboratoriya tadqiqotlarini olib borishga va geologik axborot olishga salbiy ta’sir qilmasligi isbotlangan;
HQNM modifikatsiyali kolonkali to‘plam quvurlararo bo‘shlig‘i va burg‘ilash kallagining kesuvchi qismining optimal o‘lchamlari, kernqabulqilgich quvurida sochiluvchan, bog‘lanmagan jinslardan kern hosil bo‘lish jarayonidadagi gidrodinamik qarshiliklarni pasaytiruvchi qadoqlash moslamasi yaratildi;
yopishqoq tog‘ jinslaridan olingan kernni kernqabulqilgich quvurdan siqib chiqaruvchi qurulma ishlab chiqilgan;
SSK snaryadini ko‘tarmasdan quduq tubini yalpi burg‘ilab ketish uchun TPDC N110/47,6 zinali burg‘ilash boshmog‘i, BIT PDS-45,5 dolotoli ichki quvur ishlab chiqilgan va matematik hisob-kitoblar asosida ularning nazariy resurslari 900 metrdan oshiqroq bo‘lishligi aniqlangan;
uran konlarini burg‘ilashda hosil bo‘ladigan yuvuvchi suyuqlik tarkibidagi shlamni shlam nasosi va titratgich elak yordamida intensiv tozalash texnik vositalarini samarali qo‘llash imkoniyati yaratildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yangi burg‘ilash texnologiyasi tadqiqotining ilmiy natijalari asosida va cho‘kindi tog‘ jinslarini burg‘ilash uchun ishlab chiqarilgan texnik vositalarni ishlab chiqarishga joriy qilish orqali:
HQNM modifikatsiyali kolonka to‘plam va yuqori o‘tish resursiga ega bo‘lgan PDC keskichli zinali tashqi burg‘ilash kallagi, ichki burg‘ilash quvuri va uning dolotosi «Regionalgeologiya» DUKning geologiya qidiruv amaliyotiga joriy qilindi (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 24 maydagi 08-1402-son ma’lumotnomasi). Natijada «Tomditov» va «Aristantov» maydonlarida quduqlarni burg‘ilashning samaradorligi oshirildi;
o‘ziyurar URB-25 rusumdagi rotorli burg‘ilash uskunasini texnologik asboblar bilan butlab «Regionalgeologiya» DUKning geologiya qidiruv amaliyotiga joriy qilindi (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 24 maydagi 08-1402-son ma’lumotnomasi). Natijada og‘ir yuk tashuvchi texnikalarga bo‘lgan ehtiyojning to‘liq bartaraf etilishiga, burg‘ilash uskunasining joydan-joyga ko‘chirish va yuvuvchi qorishma tashish bilan bog‘liq xarajatlarni 2 barobarga kamaytirilishiga erishildi;
quvurlarni tushirish-ko‘tarish operatsiyasini quduq burg‘ilash jarayonida minimallashtiruvchi, shuningdek, shlamni jadal tozalash uskunalarini «Regionalgeologiya» DUKning geologiya qidiruv amaliyotiga joriy qilindi (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 24 maydagi 08-1402-son ma’lumotnomasi). Natijada halokatli vaziyatlarning keskin kamayishiga va burg‘ilash ishlarining unumdorligini 1,5 barobarga oshirilishiga erishildi;
modifikatsiyalashtirilgan kolonkali to‘plamning «burg‘ilash kallagi -tog‘ jinsi» kontaktida shakllanayotgan kern namunasiga gidrodinamik ta’sirini tubdan bartaraf etuvchi ichki kernqabulqilgich quvurning konstruksiyasi hamda yuvuvchi suyuqlik tarkibidagi shlamni jadal tozalash (vibrosito) uskunasi va shlam naosi «URANIUM DRILLMINE TECHNOLOGY» MChJning geologiya qidiruv amaliyotiga joriy qilindi (2023 yil 23 maydagi 23-05/2023-1-ONS-FRA-son ma’lumotnomasi). Natijada cho‘kindi tog‘ jinslari majmuasida geologik ma’lumot olish sifatini 95-100 foizga etkazilishiga erishildi;
cho‘kindi tog‘ jinslari majmuasida konlarni razvedka qilishning yangi burg‘ilash texnologiyasi «URANIUM DRILLMINE TECHNOLOGY» MChJning geologiya qidiruv amaliyotiga joriy qilindi (2023 yil 23 maydagi 23-05/2023-1-ONS-FRA-son ma’lumotnomasi). Natijada tugatish (likvidatsiya) va rekul`tivatsiya ishlari davrida atrof-muhit va ekologiyaga nojo‘ya ta’sirni kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish