Karabaev Dilshod Timurovichning  
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Sochiluvchan moddalarni pnevmosaralash jarayonini kompyuterda modellashtirish va optimallashtirish ilmiy asoslarini rivojlantirish», 02.00.16 - Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.DSc/T424.
Ilmiy maslahatchi: Artikov Asqar Artikovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti  huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Alisher Shonazarovich, texnika fanlari doktori, professor; Nosirova Shoira Normuradovna, texnika fanlari doktori, professor; Hudoyberdiev Abdusalom Abdurasulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tizimli fikrlash va kompyuterda modellashtirish asosida sochiluvchan materiallarni mavxum qaynash va siklonlash qurilmasidagi pnevmosaralash jarayonni hisoblash usullarini ishlab chiqish bilan yuqori sifatli saralashning nazariy-amaliy asoslarini rivojlantirish, qurilmalarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sochiluvchan materiallarni mavhum qaynash qatlamida, markazdan qochma kuch maydoni ta’sirida pnevmosaralashning ierarxik pog‘onalarida kompyuter modellashtirish usuli asoslangan;
ilk bora apparat ichidagi zarrachaning tezligi, aylanish soni va burchagi, bosib o‘tgan yo‘li jarayonning kirish parametlari - o‘lchamlari, sochiluvchan mahsulot sarfi, undagi mayda zarrachalar kattaligi, zichligi va konsentratsiyasiga bog‘liqlik isbotlangan;
hisoblashlarda zarrachalarning chiqishini laminar sharoit deb, Stoks tenglamasi bilan bajarilayotgan bo‘lsa, markazdan qochma kuch maydoni ta’sirida pnevmosaralash apparatida turbulent rejimligi va zarrachalar saralanishi tezlanuvchan harakatda amalga oshishi aniqlangan;
belgilangan sharoitlarda zarrachalar harakati 2 sekundgacha tezlashishi, zarrachalarning katta qismi 0,2 soniyada apparatning ichki devorlarigacha etishi, unda zarrachaning aylanish soni 0,66 ga, bosib o‘tgan yo‘li 0,25 m ekanligi aniqlangan.
paxta shrotidan oqsilli un ajratib olish misolida uch ierarxik pog‘onali optimallashtirish amalga oshirilgan va pnevmosaralash jarayonini ko‘p pog‘onali maqbullashtirish usuli asoslangan;
rangli va qimmatbaho metall rudalari texnogen chiqindilari uchun mavhum qaynash apparatlari va siklonli apparatlardan iborat samarali pnevmosaralash qurilmasida 95% gacha foydali hom ashyo hosil bo‘lishi isbotlangan;
tizimli fikrlash va kompyuterda modellashtirish asosida sochiluvchan materiallarni mavxum qaynash va siklonlash qurilmasidagi pnevmosaralash jarayonni takomillashtirilgan.   
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tizimli fikrlash va kompyuterda modellashtirish asosida sochiluvchan materiallarni mavxum qaynash va siklonlash qurilmasidagi pnevmosaralashning nazariy-amaliy asoslarini rivojlantirish, qurilmalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy  natijalar asosida:
sochiluvchan moddalarni fraksiyalarga ajratuvchi qurilma va uni boshqarish dasturi «XIMAVTOMATIKA» MChJ QKda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi «Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi»ning 2023 yil 25 martdagi 71.11/3-143-son ma’lumotnomasi). Natijada, markazdan qochma kuch maydonida sochiluvchan materiallarni fraksiyalashda kritik diametrni va cho‘kish tezligini hisoblash dasturi ishlab chiqarish imkonini bergan;
sochiluvchan moddalarni zichligi bo‘yicha fraksiyalarga ajratuvchi yarim siklonli qurilma «Surxon oziq-ovqat sanoati» AJda maliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi «Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi»ning 2023 yil 25 martdagi 71.11/3-143-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta kunjarasidan tarkibida zararli gossipol kam bo‘lgan oqsilli paxta uni ishlab chiqarish imkonini bergan;
ish maydonidagi zarrachalarni chang-gaz oqimidan saralovchi siklonli qurilma «Surxon oziq-ovqat sanoati» AJda maliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi «Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi»ning 2023 yil 25 martdagi 71.11/3-143-son ma’lumotnomasi). Natijada, yog‘-moy sanoatida tarkibida moy bilan sezilarli miqdorda oqsil (37-52 %), fosfatsit (0,4-1,8 %), fitin (0,3-0,7 %) va boshqa komponentlari bo‘lgan moyli materiallardan kompleks foydalanish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish