Baev Xabibulla Ismoilovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda bozor sharoitida aholini ijtimoiy himoyalashni moliyalashtirish metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2022.4.DSc/Iqt422
Ilmiy maslahatchi: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Alimardonov Ilxom Muzrabshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nizomiddin Xamroevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Turaev Shavkat Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda bozor sharoitida aholini ijtimoiy himoyalashni moliyalashtirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra aholini “ijtimoiy himoyalash” kategoriyasini xalqaro me’yorlar doirasida yoritish hamda ijtimoiy himoyalashning tarkibiy tuzilmasini ishlab chiqish asosida mamlakat aholisini ijtimoiy himoyalash jarayonini moliyalashtirish metodologiyasi takomillashtirilgan;
mamlakat aholisini kambag‘al qatlami uchun davlat tomonidan ijtimoiy himoyalash dasturlarini moliyalashtirish metodologiyasi kambag‘allikni kamaytirish va qashshoqlikni tugatish bo‘yicha bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga kredit berish taklifi ishlab chiqilishi asosida takomillashtirilgan;
mamlakat aholisining kambag‘al qatlami hisoblangan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir martalik moddiy yordam berilishi bo‘yicha taklif ishlab chiqish asosida aholining kambag‘al qatlamiga moddiy yordam ko‘rsatish metodologiyasi takomillashtirilgan;
mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hokim yordamchilari institutini tatbiq etish taklifi asoslangan;
tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ga kiritilgan fuqarolarni tadbirkorlikka yo‘naltirishning metodologiyasi mazkur daftarlarga kiritilgan fuqarolar dehqonchilik bilan shug‘ullanishlari uchun yangi o‘zlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan er maydonlarida 0,1 gektardan 1 gektargacha er uchastkalarini ochiq elektron tanlov asosida ijaraga berish, ajratilgan er maydonlarini sug‘orish tizimi (artezian quduqlar, tomchilatib sug‘orish tizimi va boshqalar) va elektr energiyasi bilan ta’minlash, berilgan erlarni o‘zlashtirish uchun (er haydash, urug‘, ko‘chat xarid qilish va boshqalar) subsidiya ajratish asosida takomillashtirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda bozor sharoitida aholini ijtimoiy himoyalashni moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra aholini “ijtimoiy himoyalash” kategoriyasini xalqaro me’yorlar doirasida yoritish hamda ijtimoiy himoyalashning tarkibiy tuzilmasini ishlab chiqish asosida mamlakat aholisini ijtimoiy himoyalash jarayonini moliyalashtirish metodologiyasini takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallaridan oliy ta'limning 5341300 - Sug‘urta ishi bakalvriat ta'lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Sug‘urta ishi” nomli darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2007-yil 28-avgustdagi 177-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalarida ijtimoiy himoyalash tushunchasining mazmun-mohiyatini chuqurroq anglash hamda ijtimoiy himoyalashning tarkibiy tuzilmasini ishlab chiqish asosida mamlakat aholisini ijtimoiy himoyalash jarayonini moliyalashtirish to‘g‘risida kengroq nazariy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkoni yaratilgan;
mamlakat aholisini kambag‘al qatlami uchun davlat tomonidan ijtimoiy himoyalash dasturlarini moliyalashtirish metodologiyasi kambag‘allikni kamaytirish va qashshoqlikni tugatish bo‘yicha bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga kredit berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 8-avgustdagi 01/00-04/28-7105-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 2022 yilda 2021 yilga nisbatan O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 17 foizdan 14 foizga tushgan;
mamlakat aholisining “Temir daftar”ga kiritilgan oilalariga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir martalik moddiy yordam berilishi bo‘yicha taklif ishlab chiqish asosida aholining kambag‘al qatlamiga moddiy yordam ko‘rsatish metodologiyasi takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 8-avgustdagi 01/00-04/28-7105-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif amaliyotga joriy qilinishi oqibatida yoshga doir, nogironlik pensiyasi va nafaqasini oluvchilarga, bolalikdan nogironlik nafaqasini hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini va nafaqasini oluvchi har bir oila a’zosiga hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishlash nafaqasini oluvchilarga: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 300 ming so‘mdan; Toshkent shahrida 400 ming so‘mdan; “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan sifatida moddiy yordam oluvchi oilalarga hamda kam ta’minlangan sifatida bolalar nafaqasini oluvchi oilalarning har bir 18 yoshga to‘lmagan bolasiga 200 ming so‘mdan davlat byudjetidan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilmoqda;
mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hokim yordamchilari institutini tatbiq etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 8-avgustdagi 01/00-04/28-7105-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif amaliyotga joriy qilinishi oqibatida 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasida hokim yordamchilari tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 10 trillion so‘mlik kreditlar ajratildi; aholining bandligini ta’minlash, ularning o‘zini o‘zi band qilishi, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun 1218 milliard so‘mlik kreditlar ajaratilgan;
tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ga kiritilgan fuqarolarni tadbirkorlikka yo‘naltirishning metodologiyasi mazkur daftarlarga kiritilgan fuqarolar dehqonchilik bilan shug‘ullanishlari uchun yangi o‘zlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan er maydonlarida 0,1 gektardan 1 gektargacha er uchastkalarini ochiq elektron tanlov asosida ijaraga berish, ajratilgan er maydonlarini sug‘orish tizimi (artezian quduqlar, tomchilatib sug‘orish tizimi va boshqalar) va elektr energiyasi bilan ta’minlash, berilgan erlarni o‘zlashtirish uchun (er haydash, urug‘, ko‘chat xarid qilish va boshqalar) subsidiya ajratish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 8-avgustdagi 01/00-04/28-7105-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif amaliyotga joriy qilinishi oqibatida engil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdorida; sug‘orish vositalari xarid qilish uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorida; urug‘liklar va ko‘chatlar sotib olish uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha miqdorida; ishsiz fuqarolar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari va tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga ularning bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorida subsidiyalar ajratish belgilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish