Alimova Nargizaxon Odilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda ipakchilikning ahvoli va transformatsiya jarayoni (1865–1991 yillar)», 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tar171.
Ilmiy rahbar: Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Hayitov Shodmon Axmadovich, tarix fanlari doktori, professor; Ismoilova Jannat Hamidovna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1865–1991 yillar davomida, ya’ni Rossiya imperiyasi hukmronligi va sovet hokimiyati yillarida ipakchilik sohasidagi ahvol, transformatsiya jarayonlarini mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida mahalliy tadbirkorlarning ipak qurti urug‘i turlarini yaxshilash, ipak mahsulotlar sifatini oshirish va ipak savdosidagi ishtiroki ochib berilgan;
aksariyat xomashyo Rossiya imperiyasining markaziy guberniyalariga tashib ketilgani sharoitida Turkistondan ipak va ipak mahsulotlarining xorijiy firmalar tomonidan olib chiqib ketilishidan moddiy manfaatdor bo‘lgan mustamlaka hukumati ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilmagani natijada mahsulotlar savdosida Sharq mamlakatlari kabi G‘arb davlatlarining imkoniyati oshganligi aniqlangan;
sovet hokimiyati yillarida pilla etishtirish va qayta ishlash sanoatida daromad ortib borishining asosiy mezoni etib miqdoriy ko‘rsatkichlar belgilanishi oqibatida mahsulotning sifat darajasi pasayib ketgani asoslab berilgan;
ipakchilik sohasi ishchi-xodimlarining mehnat muhofazasi etarli darajada yo‘lga qo‘yilmagani oqibatida kasb kasalliklari bilan xastalanish darajasi ortib borgani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda ipakchilik sohasidagi ahvol va transformatsiya jarayonlari (1865–1991 yillar) mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Farg‘ona vodiysi ipakchiligi, ichki va tashqi savdosi, mahalliy hunarmandlar faoliyatiga oid ilmiy xulosalardan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati muzeyining “XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Farg‘ona vodiysi” bo‘limi ekspozisiyalarini to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 12 martdagi 01-11-08-1667-son ma’lumotnomasi). To‘plangan hujjat va materiallarning muzeylar ekspozisiyalarida namoyish qilinishi fuqarolarning vatanimiz tarixi va milliy an’analarimizning davomiyligi bo‘yicha tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan;
Sovet hokimiyati yillarida O‘zbekistonda ipakchilik sohasi ishchi-xodimlarining yashash sharoiti va mehnat muhofazasi muammolariga oid ilmiy natijalaridan OT-F1-133 raqamli “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” (4 jildlik) fundamental loyihasida (2017-2020 yillar) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 19 apreldagi 3/1255-1006-son ma’lumotnomasi). Ushbu kitob O‘zbekiston tarixi bo‘yicha yaratilayotgan ilmiy fundamental tadqiqot hisoblanib, berilgan ma’lumotlar orqali tegishli paragraf ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda ipakchilikning ahvoli va transformatsiya jarayonlariga oid tadqiqot natijalaridan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining ipakchilik tarixiga doir materiallari bazasini yangi ma’lumotlar bilan boyitish, statistik tahlil, tizim korxonalarida milliy va an’anaviy asosda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2018 yil 30 martdagi ShA-02-18/523-son ma’lumotnomasi). Ushbu tadqiqot natijasida taqdim qilingan materiallar ipakchilik tizimi milliy an’analarimiz va zamonaviy talablarning asosida uyg‘un rivojlanishiga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda ipakchilikning ahvoli va transformatsiya jarayoniga oid tadqiqotlar tahlili bo‘yicha ilmiy xulosalar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Farg‘ona viloyat teleradiokanalida 2018 yil 5 yanvar` kuni namoyish qilingan “Interv`yu” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Farg‘ona viloyat teleradiokanalining 2018 yil 27 fevraldagi №12-01/19-sonli ma’lumotnomasi). Unda teletomoshabinlarga ipakchilik tarixi va bugungi kuniga doir ma’lumotlar ta’sirli etkazilib, vatanparvarlik, milliy an’analarimizga hurmat tuyg‘ularining shakllanishiga xizmat qilgan.